1
Aholiga xizmat
ko’rsatuvchi
1
Jamg’arma g’aznalar
Tarmoq banklar
uy-joy qurish bo’yicha
jamg’arma banklar
Yirik banklar va ularning
bo’limlari
Mintaqaviy banklar
Xususiy banklar
Xorijiy bank bo’limlari
Maxsus banklar
Xususiy banklar
Ipoteka tarmoq
banklar
Ixtisoslashgan
investitsiya qimmatli
qog’ozlar bilan
operatsiya qiladigan
banklar va boshqalar
Davlat banklar
Ipoteka
ixtisoslashgan
qurilish jamg’arma
kassalar
Pochta-jamg’arma
banklar va boshqalar
Germaniyaning kredit tizimi boshida Bundesbank turadi. Uning asosiy bo’g’ini
yuqori universallashgan tijorat banklari hisoblanadi. Germaniya gros (yirik) banklari
tashqi savdoning 60% to’lovini o’tkazib beradi.
191
3-§. Banklarning funktsiyalari
Banklar
bajaradigan
funktsiyalar,
ularning
bajaradigan
vazifalariga
shug’ullanuvchilar (masalan, biz bu sohada Londonda bank ishini ilk bor
rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytishimiz mumkin) va savdogarlardan kelib
chiqqaniga qarab turli xil bo’lishi mumkin. Bu bobda biz banklarga taalluqli bo’lgan
umumiy funktsiyalar to’g’risida gapirib o’tmoqchimiz. Keyingi boblarda biz alohida-
alohida olingan holda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari to’g’risida
fikr yuritamiz.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak, banklar
quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
•
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va kapitalga aylantirish;
•
kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
•
to’lov jarayonlarida vositachilik qilish;
•
muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo’jaligidagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va ularni
kapitalga aylantirish - banklarning ilk funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu
funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy
shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum miqdorda daromadga ega
bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash qudratini tashkil
qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi.
Vaqtincha bo’sh pul mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq)
tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo’lsa,
bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
birinchidan, kreditga so’ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin
bo’lgan summa o’rtasida nomutanosiblik bo’lishi mumkin;
ikkinchidan, ortiqcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni
vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani
qoniqtirmasligi mumkin;
192
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to’g’ridan-to’g’ri kreditlashda
qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to’liq o’rgana olmasligi
mumkin. O’arz oluvchining to’lovga layoqatsiz bo’lishi kreditor korxonaning ham
moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi
mumkin.
Xalq xo’jaligidagi barcha bo’sh mablag’larning bank tomonidan yig’ilishi
natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarur
bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratiladi.
Undan tashqari, bank korxonalarning to’lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil
qilishi ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishining o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini
kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chiqarish
va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq
muddatga kapitalga bo’lgan ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab
banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga
oshirish uchun banklar mablag’larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar
berish ko’lamini kengaytirdi.
To’lovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirig’iga
asosan to’lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag’larni qabul
qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xarajatlarining
kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan
qiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orqali o’z hisob varaqasidan boshqa korxona
hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat
vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit
emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori
mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga
oshirishi mumkin.
193
Undan tashqari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar - banknotalar
chiqariladi.
Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar
o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
194
Do'stlaringiz bilan baham: |