Sudxo’rlik krediti.
Kreditning o’ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng
tarqalgan kredit bo’lib hisoblanadi. Amalda sudxo’rlik krediti Markaziy bank
tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek,
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mablag’larni vaqtincha foydalanishga berish
yo’li bilan amalga oshiriladi. Sudxo’rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan
xarakterlanadi (120-180%). Milliy kredit tizimi infrastrukturasi rivojlanishi va
hamma turdagi potentsial qarz oluvchilarga kredit resurslardan foydalanish huquqini
ta’minlash natijasida sudxo’rlik krediti ssuda kapitali bozoridan yo’qoladi.
179
4-§. Kredit va uning bozor iqtisodiyotidagi roli
Kreditning roli uning mohiyati va funkiyalari orqali aniqlanadi.
Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag’batlantiruvchisi,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funktsiyalarining natijasi
sifatida aniqlashtirish mumkin.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab
chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyaviy resurslarga
bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom
etishini ta’minlaydi.
Pul mablag’lariga ehtiyoj ishlab chiqarishnining nafaqat mavsumiy,
shuningdek, boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda kreditni jalb etish
asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish
jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.
Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va
muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni
amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Yoozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni muammolari echilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni
ishlab chiqarishga jalb etishdagi roli ortib bormoqda.
Ilmiy-texnika taraqqiyotga ijobiy ta’sir etish jahon talablariga mos mahsulot
ishlab chiqarish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli
darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnologiyalarni kiritish
jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko’rinmoqda.
Yoozirgi kunda ko’pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar tufayli
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi
texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday
sharoitda korxonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi. Bundan
ko’rinib turibdiki, kreditni paydo bo’lish shart-sharoitlariga nafaqat unga bo’lgan
180
ehtiyoj, shuningdek, bo’sh pul mablag’larini mavjudligi, ularni vaqtinchalik
foydalanishga berish imkoniyatiga bog’liq.
Kredit
texnologik
jarayonlarni
takomillashtirish,
asbob-uskunlarni
modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashinalar bilan ta’minlash
asosida, minimal kapital xarajatlar hisobiga xalq xo’jaligiga kerak mahsulotni
hajmini oshirishda korxonalarni samarali yo’llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki
beruvchi vositadir.
Samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi va
kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini
yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirishga yordam
beradi.
Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini
oshirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligini qiymat shakllari o’sish su’ratlarini
bir-biriga munosabatini ifodalaydi va o’z navbatida, ishlab chiqarish fondlari
samaradorligi darajasini xarakterlaydi.
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi
kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligini va mehnatni fond bilan
qurollanish darajalari oshsin.
Kreditning muhim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini to’lashligini
ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab chiqarishni kengaytirish talab qiladigan
darajada pul ko’rinishida jamg’arish kerak.
Kreditni rolini to’g’ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan,
umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak.
Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va
proportsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasini
oshishini ta’minlaydi.
Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv
omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
181
Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning
rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iqtisod qilish yo’li bilan ta’sir
etadi.
Ammo, kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni
bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o’zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita
ishtirok etmaydi.
Kreditning roli uni xalq xo’jaligiga ta’sir etish mexanizmi va yo’nalishida
ifodalangan nazariy tushunchadir.
Kreditning iqtisodiyotni va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri uni
xo’jalik hisobini mustahkamlanishdagi rolini oshiradi.
Xo’jalik hisobida qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan
kredit shartnomasi tuza oladi.
Kreditning xo’jalik hisobiga ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi:
•
qarz maqsadli yo’nalishiga ega bo’ladi;
•
qarzni qaytarib berish va muayyan to’lov to’lash majburiyati qarz oluvchini
olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan
foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlik qobiliyatiga ega bo’lmagan
zahiralar va xarajatlarga kreditlar bermasliklari, kreditni muomala xarajatlarini
iqtisod qilishda keng qo’plashni hisobga olishlari zarur.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida kreditning roli ortib bormoqda.
Yoozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro
iqtisodiy munosabatlar doirasiga kirib bormoqda va bunda kredit ham muhim rol
o’ynamoqda.
Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorliklarni amalga oshirishda, xususan,
qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini taminlashda muhim rol
o’ynaydi.
Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning roli yanada muhimroq
bo’lib ko’rinadi.
182
Buni respublikamizning kredit tizimiga taalluqli qonunlar, qarorlar, me’yoriy
hujjatlar orqali ko’rish mumkin.
Respublikamizning
«Korxonalar
to’g’risidagi
qonun»ida,
«Fermer
xo’jaliklariga kredit berish va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari», «Banklar va
bank faoliyati to’g’risida» gi, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to’g’risida»gi qonuni va boshqa shunga oid qonunlar davlatimiz olib borayotgan pul-
kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo’lib xizmat
qilmoqda.
183
Do'stlaringiz bilan baham: |