EI davlat xaridini nafaqat davlat boshqaruv organlari faoliyatini joriy
ta’minoti, balki davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshiruvchi muhim qurol
sifatida qaraydi. Xususan, EIining “Ijtimoiy siyosatni yuritishda davlat xarididan
foydalanish to’g’risida” gi Kommyunikesida: “...davlat va jamoat ehtiyojlari uchun
mahsulotlarni etkazib berish shartnomalarini tuzishda ijtimoiy maqsadlarni
e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak” deyiladi.
Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish mavjud qounuchilik doirasida amalga
oshirilishi alohida qayd etilgan. Shuningdek, xaridni amalga oshirish jarayonida
ijtimoiy yondoshuvni ta’minlashda quyidagilar
muhimdir
41
:
ish sharoitlari talablarini o’z ichiga oluvchi shartnoma shartlarini ishlab
chiqish;
mol etkazib beruvchini to’g’ri tanlash;
qonunchilik bo’yicha ijtimoiy sohaga to’g’ri kelmaydigan mol etkazib
beruvchilarni mol etkazib beruvchilar ro’yxatidan chiqarish;
mol etkazib beruvchilarni tanlashda qo’shimcha ijtimoiy mezonlardan
foydalanish.
Yuqoridagi hujjat davlat buyurtmalarini joylashtirishda ekologik siyosatni
ham amalga oshirishni nazarda tutadi, ya’ni zaruriy texnik-texnologik
xususiyatlarni ishlab chiqish, xom-ashyo va materiallardan foydalanish, mos
ravishda mol etkazib beruvchilarni tanlash, ekologik talablarni inobatga olgan
holda eng yaxshi taklifni baholash uchun tavsifnomalar berish va hakazo.
EIga kiruvchi mamlakatlarda davlat xaridi hozirgacha milliy qonunchilik
asosida davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ammo, bunda
nafaqat xaridni tashkil etish bo’yicha milliy qonunchilik, balki Evropa
hamkorligining qonunchiligi va tavsiyalariga ham katta e’tibor qaratiladi.
EI davlatlarida davlat xaridini tashkil etish bo’yicha yagona umummilliy
qonun shakllantirilgan va uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
minimal xarajat qilish evaziga davlat ehtiyojlari uchun qilinadigan
xaridni optimallashtirish;
EI yagona bozori va milliy bozorlarda shartnomalar tuzishda
teng raqobat
muhitini ta’minlash;
ochiqlilik talablarining bajarilishini ta’minlash;
haqqoniy va ochiq biznesni amlga oshirishga ko’maklashish;
kichik biznes vakillarini davlat buyurtmalarini olishiga ko’maklashish.
EI darajasida davlat xaridini tartibga solishda, ijtimoiy va ekologik
barqarorlik printsipi bir tomondan, raqobatbardoshlik va erkin savdo mezonlari
ikkinchi tomondan qarama-qarshilikka duch kelmoqda. Mahsulotlarni etkazib
Do'stlaringiz bilan baham: