(masalan, National Health Service Supplies – sog’liqni saqlash milliy tizimi uchun
xarid xizmati).
Xaridni tashkil etish bo’yicha jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,tovarlar va
xizmatlarni yirik hajmda xarid etishning eng samarali shakli bu ochiq tanlovlar
(tender) o’tkazishdir.
Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat xaridini tashkil etish asosida
tender savdolari turadi. BMT va Xalqaro Savdo tashkiloti kabilar o’z a’zolariga
ushbu turda xaridni amalga oshirishni tavsiya etadilar. Xalqaro savdo bo’yicha
BMTning Komissiyasi (YuNSITRAL) davlat xaridini amalga oshirish bo’yicha
asos va namuna bo’lishi mumkin bo’lgan “Tovarlar va xizmatlar xaridi to’g’risida
namunaviy qonun”ni taklif etdi
44
. XST mamlakatlarda xaridni tashkil etish
bo’yicha talablar, a’zo mamlakatlar bilan ko’p tomonli shartnomalarda o’z aksini
topgan. EI mamlakatlarining xarid faoliyati EIning deriktivalari bilan tartibga
solinadi.
Evropa xarid tizimini boshqarish tamoyillari 1-chizmada aks ettirilgan. Mazkur
tamoyillar juda ko’pchilik mamlakatlarning qonunchiligi asoslarini tashkil etadi va
xalqaro hujjatlarda, jumladan, XSTning davlat xaridi bo’yicha ko’ptomonlama
shartnomalarida ham ushbu tamoyillarga amal qilish qattiq belgilab qo’yilgan.
Davlat xaridini tashkil etishda ishlatiladigan xaridning ochiq va yopiq bir
hamda ikki bosqichli tanlovlari, xaridning yagona manbasidan baholarni so’rash
usulidan tashqari, ba’zi mamlakatlarda keng qo’llaniladigan taklif so’rovnomasi va
raqobatli muzokaralar usullari ham mavjud. Taklif so’rovnomalari eng kamida
uchta mol etkazib beruvchiga jo’natiladi. Buyurtmachi (sotib oluvchi tashkilot)
takliflarni baholash mezonlarini, uning nisbiy mohiyati va baholashda qanday
qo’llanilishini belgilaydi. Ushbu mezonlar mol etkazib beruvchining boshqaruv va
texnik talablarga javob berishi bo’yicha, taqdim etilgan taklif orqali ko’zlangan
maqsadni amalga oshirish mumkinligi nuqtai nazaridan, shuningdek, taklif
etilayotgan baho, ekspluatatsiya, xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xarajatlarini
inobatga olgan holda tuziladi. Bunday hollarda so’rovnoma yuborish, muzokoralar
olib borish, yoki buyurtmachi, taqdim etilgan taklifni qayta ko’rib chiqishga ruxsat
berishi mumkin. Muzokoralar sir saqlanish sharti bilan olib boriladi va unda
ishtirok etish imkoniyati, takliflari rad etilmagan barcha talabgorlarga beriladi.
Shundan sung, buyurtmachi mol etkazib beruvchilar oxirgi takliflarini taqdim
etishi lozim bo’lgan muddatni belgilaydi va taqdim etilgan eng yaxshi taklif qabul
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: