46
У.Бурханов. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf
Nazorat tizimi ikkita:
apellyatsiya (mustaqil tashkilot ko’rinishida) va
sud
(sud organi ko’rinishida)
instantsiyani o’zi ichiga oladi.
Davlat xaridini
joylashtirish bo’yicha qilingan qarorlarni sudda ko’rib chiqish imkoniyati, bu
sohadagi muvoffaqiyatli yangiliklardan hisoblanadi. Qonunchilikka binoan, bu
ikki instantsiya buyurtmachi ustidan shikoyatni tezlashtirilgan tarzda ko’rib
chiqadilar va investitsiya jarayonlarini sekinlashuviga jiddiy salbiy ta’sir etmaydi.
Germaniyada davlat xaridini tashkil etish markazlashmagan tarzda tashkil
etilgan. Federal, hududiy va milliy hokimiyat organlari, shuningdek, jamiyat
manfaatlari uchun faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillari, mavjud
qonunchilik asosida va o’z majburiyatlarini inobatga olgan holda buyurtmalarni
joylashtiradilar. Bu erda hamon, davlat buyurtmalarini joylashtirishning
ajratilgan tizimi amal qiladi: EIning mos keluvchi deriktivalari asosida yuqori va
pastki o’lchovlar (pul ko’rinishida) mavjud. Shuningdek, buyurtmachi faoliyati
ustidan tushgan shikoyatlarni ko’rib chiqishda turli xildagi tartibdan
foydalaniladi.
Davlat xaridi tizimni takomillashtirish ishlari Federal Iqtisodiyot vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat xaridi jarayoni ishtirokchilari o’rtasida
fikrlarning doimiy va mahsuldor almashinuvini yo’lga qo’yilgan bo’lib, mavjud
me’yoriy aktlarni tushunish, unga tuzatishlar kiritish va yangi takliflar ishlab
chiqish domiy tarzda malga oshiriladi.
Bundan tashqari, Germaniyada ekspertlar va olimlardan tashkil topgan
“Davlat buyurtmasi Forumi” jamoat tashkiloti faoliyat yuritadi va ushbu forum
doirasida doimiy fikrlar almashinuvi, mamlakat ichkarisida va tashqarisida davlat
xaridi sohasida yuzaga kelayotgan yangi ko’rinishlarga munosabat
shakllantriladi. Shuningdek, forum har yili davlat xaridi bo’yicha eng yaxshi ilmiy
ish uchun mukofot taqdim etadi.
Buyurtmachilarni qonunni “ijodiy” tarzda tushunishi va qonun doirasidan
tashqaridagi faoliyat bilan shug’ullanishlari, yoki ayrim potentsial pudratchilarni
buyurtmachi xodimlarini “sotib olishi” (korruptsiya) bilan g’irrom raqobat
usullaridan foydalanishi, Germaniyada juda kam uchraydigan holat.
Shu sababli, davlat tashkilotlarida davlat buyurtmasini joylashtirish bilan
shug’ullanish uchun mustaqil shaxslarni (ushbu shaxslarni ishdan bo’shatish
imkoniyati yo’qligidan) tayinlash amaliyoti mavjud. Bu shaxslarning faoliyati
yuqori turuvchi nazorat organi Hisob palatasi tomonidan nazorat qilinadi.
Shunday qilib, evropa davlat xaridi tizimini boshqarish ancha ilg’or tajribaga
ega, shuning bilan bir vaqtda, tizimda mavjud ayrim kamchilik qarshi kurashish va
muammolar echimini topish bo’yicha davlat hamda jamoat hamkorligi yo’lga
qo’yilmoqda. Evropa hududida ichki inegratsiya jarayonlarining kuchayib borishi
bilan, davlat xaridini boshqarish mexanizmlari tobora unifikatsiyalashib
bormoqda va bu evropa hududida ushbu tizimni tartibga soluvchi yagona qonunga
bo’lgan talabni yanada kuchaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |