Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment



Download 97,12 Kb.
bet23/25
Sana26.02.2022
Hajmi97,12 Kb.
#465893
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
humoyun bmi-конвертирован

XULOSA


“SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tarkibida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bitiruv malakaviy ishni bajarish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:



  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan katta mablag‘ talab etmaydigan va resurslarning o‘sish tezligini kafolatlovchi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, iqtisodiyotdagi qayta tuzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf- harajatsiz echishga, ichki bozorni moliyaviy resurslar chegaralangan sharoitda ham iste’mol mollari bilan to‘ldirishga, jamiyatda o‘rta sinf mulkdorlar qatlamini shakllanishiga, turli ijtimoiy guruhlar daromadlari nomutanosibligini silliqlab turuvchi iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan aholi ulushini o‘stirishga, nisbatan kam mablag‘ sarflab, yangi ish o‘rinlarini qisqa vaqt ichida yaratishga, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishga, bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlashga, eng asosiysi esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishida rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda ta’kidlash lozimki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari muhim va asosiy manbadir.

  2. Bugungi kunda tarmoqni rivojlantirishda qator muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan furnituralar, aksessuarlar va xom - ashyolarning yetishmasligi; korxonalarning oborot mablag‘lari va moliyaviy resurslarining cheklanganligi, ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiyalash imkoniyatlarining cheklanganligi; marketing tadqiqotlarini amalga oshirish va yangi dizaynerlik natijalarini amaliyotga tadbiq etish darajasining yetarli emasligi, tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarining cheklanganligi kabi muammolardir.

  3. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida tarmog‘ida faoliyat yurituvchi

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishni tashkil etishning ilmiy asosi va mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarurdir. Bunda moliyalashtirishning quyidagi manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: taqsimlanmagan foyda; ichki xo‘jalik zaxiralari; bank tizimning va kredit mablag‘lari ixtisoslashtirilgan bankka oid bo‘lmagan kredit- moliya institutlari; davlat tomonidan markazlashtiriluvchi, investitsiya maqsadlari asosida ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro tashkilotlar va chet el investorlaridan kredit va zayomlar ko‘rinishida olingan mablag‘lar; qimmatli qog‘ozlar emissiyasidan olingan mablag‘lar.

  1. Amaldagi qonuniy - huquqiy vositalarni muvofiqlashtirib, davlat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish va soliq stavkalarini maqsadli pasaytirish orqali rag‘batlantirish mumkin.

  2. Bugungi kunda tarmoqdagi kichik biznes korxonalari faoliyatini rivojlantirishda qo‘yidagi muammolar: investitsion muhitni yaxshilash; eksport va import qilish jarayonini samarali tashkil etish; moliyalashtirish, soliqqa tortish mexanizmi; tayyor mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga to‘liq realizatsiyasini amalga oshirish muammosi mavjudligi aniqlandi.

Bitiruv malakaviy ishida olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari maqomini belgilashda kamida ikkita mezon, ya’ni, korxonada band bo‘lganlar soni va korxona yillik aylanma mablag‘lari hajmi yoki band bo‘lganlar soni va korxonaning mol-mulki qiymati ko‘rsatkichlari olinishi lozim. Bizningcha, kichik korxona maqomini berishda xodimlar soni ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida, soliq bo‘yicha imtiyozlar berilishida yagona mezon sifatida olinishi munozaralidir. Kichik korxonalarni aniqlashda mezon sifatida ularda faoliyat yuritayotgan ishchilar sonidan kelib chiqish, O‘zbekiston uchun dolzarb masalalardan bo‘lgan aholi bandligi masalasini holisona hal etishga monelik qilishi mumkin.

  2. Mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yangi tashkil etilgan

mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish tarzidagi soliq imtiyozini haqiqatda korxona faoliyati uchun ijobiy ta’sir etishiga erishish maqsadida, kechiktirilgan soliq summasini kechiktirilgan oylarda korxona olgan daromadlari hajmiga mutanosib ravishda to‘lash mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiqdir.

  1. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribalarida keng foydalanib kelinayotgan autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarni tashkil etish lozim.

  2. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ajratgan holda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Obyektiv omillarga subyektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kirsa, subyektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir: 1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar; 2-guruh - tashkiliy omillar; 3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar; 4-guruh - iqtisodiy omillardir.

  3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati rivojlanishini belgilovchi bozor muhiti omillarini alohida tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Bozor muhiti omillari bu – mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hohish va istaklaridan tashqarida obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan faol kuchlar bo‘lib, mahsulotlarga shakllanadigan bozordagi talab va taklif muvozanatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, shuningdek, korxonaning moliyaviy natijalari shakllanish jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ushbu omillar guruhi tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: bozordagi raqobatchilar; mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida ishtirok etuvchi vositachilar; korxonalarining bozordagi mijozlari; hukumat tomonidan qabul qilinadigan qaror va qonunlar.

  4. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishda mikromoliyalashtirish xizmatlaridan samarali

foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida ular faoliyatini nisbatan qisqa muddatlarda rivojlantirishga erishish mumkin.

  1. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish va to‘lovga layoqatlilik darajasini oshirish hamda «Inqirozga qarshi choralar» dasturida belgilangan asosiy vazifalardan biri bo‘lgan soliqlarni rag‘batlantiruvchi funksiyasini amaliyotda ishlashini ta’minlash va bu orqali esa korxonalarni investitsion faoliyatini kengaytirishga erishish uchun, bugungi kunda mol-mulk solig‘ini takomillashtirish orqali, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufida bo‘lgan mol-mulklardan samarali va oqilona foydalanish imkoniyatini yaratish mumkin.

  2. Faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini optimallashtirishda tizimli modellashtirishdan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda matematik modellashtirish axborotni qayta ishlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunda iqtisodiy matematik modellar tizimi quyidagi modellardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. Ya’ni: mahsulotlariga bo‘lgan talabni bashorat qilish; texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; tarmoqlari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini bashorat qilish; yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni optimallashtirish; investitsiyalar taqsimotini optimallashtirish; moddiy - texnika ta’minotini optimallashtirish; mehnat resurslari taqsimotini optimallashtirish; tarmoqlari uchun zarur vositalar ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashishini.

  3. Faoliyat yuritayotgan hamda mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes subyektlariga banklar tomonidan berilgan mikrokreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi o‘rtasidagi farqni davlat tomonidan subsidiyalash tizimini joriy qilish lozim. Buning natijasida esa tijorat banklarini kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan kredit riskini kamaytirishga hamda berilgan mikrokreditlarni qaytarish imkoniyati oshadi.

  4. Tarmoqni rivojlantirish hamda korxonalarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida, tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish borish lozim.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish maqsadida har bir tuman yoki mintaqalar doirasida tarmog‘ida faoliyat qiluvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamkorligida marketing tadqiqotlarini amalga oshiruvchi va sotish bilan shug‘ullanuvchi kooperativ uyushmasi tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunda maxsulot ishlab chiqaruvchilar hamda xaridorlar manfaatdor bo‘ladi. korxonalari ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishi uchun kafolatli bozorga ega bo‘lishadi shuningdek qayta ishlash korxonalari xomashyo etishmovchiligi muammosini hal etadi.

Download 97,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish