Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 40
BOB TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKILIY- IQTISODIY TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI.............. 42
Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan 42 rivojlantirishning xorij tajribasi..... .......... .......... .......... ...............
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash mexanizmini takomillashtirish 45
Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish 52 strategiyalari………………………………………………………
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa 62
XULOSA ................................................................................... 64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI............. 69
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek,“ Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka
yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.
Jahon bankining ma’ruzasida O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2015 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshdi. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan ortig‘i – shunga e’tibor bering – mazkur tarmoqda mehnat qilayapti. 2016 yilda 990 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasini izchil rivojlantirish hisobidan 660 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.”1
“Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi”2. Shu boisdan ham tanlangan mavzu dolzarbdir.
1 I.A.Karimovning Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi, T., 2016yil, 17 yanvar.
2 I.A.Karimovning Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi, T., 2016yil, 17 yanvar.
Do'stlaringiz bilan baham: |