Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari
“SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tarkibidagi faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish orqali ular faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash imkoniyati yuzaga keladi. Eng avvalo, tarmoqda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda obyektiv va subyektiv omillarga ajratgan holda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Obyektiv omillarga subyektlarning xatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Odatda, obyektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat
darajasidan tashqarida bo‘ladi.
Subyektiv omillar, obyektiv omillardan farqli o‘laroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora- tadbirlarni qo‘llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, korxonalar faoliyatlarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi subyektiv omillarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko‘ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bizning fikrimizcha, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko‘plab subyektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo‘ladi: 1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar; 2-guruh - tashkiliy omillar; 3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar; 4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy-ruhiy omillar guruhi o‘z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyati, yuzaga keladigan vaziyatga tez moslasha olish imkoniyatlari kiradi.
Tashkiliy omillar guruhi o‘z ichiga xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasida o‘z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to‘siqlarni bartaraf etish, uni o‘zgartirish yoki yanada takomillashtirish imkoniyatlari kiradi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o‘z ichiga korxona faoliyatini bevosita tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy qonunchilik bazasining mukammalligi, tez-tez o‘zgartirilmasligi, barcha tadbirkor uchun bir xilda tushunarli bo‘lishi, qonunchilikda ziddiyatlarning mavjud emasligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy kafolatlarning mavjudligilar kiradi.
Iqtisodiy omillar guruhi o‘z ichiga xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini turli imtiyoz va preferentsiyalar yordamida davlat tomonidan rag‘batlantirilishi, ular faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmining ishlab chiqilganligi, iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitining shakllanganligi, monopoliyaga qarshi davlat dasturlarining amalda ishlash holati, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda xizmat qiluvchi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanganligi kabi omillar kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmaslik
subyektiv omillardan biri hisoblanadi. Umumiy xatolar va kamchiliklar ichidan ish boshlovchi tadbirkorlarning, kichik firma rahbarlarining, yetuk yoshdagi korxona menejerlarining o‘ziga xos xatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ish boshlovchi tadbirkorlarni va yetuk firmalarning menejmentlarini xato va kamchiliklarini turkumlash shuni ko‘rsatadiki, biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkallikchilikni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, quyidagi holatlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishi; iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari narxlarining keskin oshishi, transport xizmati tariflarining ko‘tarilishi, bojxona to‘siqlari, eksport - import bojlarining joriy etilishi oqibatida mahsulot narxining oshib ketishi natijasida mahsulotlar raqobatdoshligining pasayishi; iste’mol tovarlarining narxlari aholi pul daromadlariga nisbatan tezroq o‘sishi natijasida talabning pasayishi; aylanma mablag‘larni noishlab chiqarish xarajatlariga jalb etilishi sababli, korxona moliyaviy natijasining yomonlashuvi; tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar orasida iqtisodiy bilimga ega bo‘lmagan shaxslarning mavjudligi va boshqalar.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatadiki, kichik tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini rivojlantirishda keltirilgan barcha omillar ichida iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki davlat tomonidan mazkur subyektlar faoliyatini soliqqa tortish va ular faoliyatini moliyalashtirish mexanizmi orqali ularning kelajak istiqbolini belgilab berishi mumkin. Bizningcha, aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish va ular zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga erishish orqali, kelgusida ular faoliyatini rivojlantirishga, o‘z faoliyatlarini kengaytirishlariga erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan yondoshgan holda bugungi kunda tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini va ularga berilgan imtiyoz va preferentsiyalarni tahlil etgan holda ular faoliyani rivojlantirishdagi ta’sir doirasiga
baho beramiz.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”15.
1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni va 1995 yil 21 dekabrdagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash davlat Dasturi 1999 yilda qabul qilindi. Davlat dasturining bosh maqsadi mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarida bozor sharoitiga mos ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanishlariga qiziqish uyg‘otishdan iborat edi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik maqomi faqatgina unda band bo‘lganlar soniga qarab belgilanib, 2003 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-1987-sonli Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi PF-3305-son Farmoniga binoan amaldagi qonun xujjatlariga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu farmonga asosan subyektni mikrofirma yoki kichik korxona sirasiga kiritish imkonini beradigan yuridik shaxs xodimlarining miqdoriy sonini belgilash; xalq xo‘jaligi sohasining ayrim tarmoqlari (sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, savdo va h.k.) bo‘yicha eng yuqori sonining miqdoriy ko‘rsatkichlarini ajratish; yuridik shaxsni kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kiritish maqsadida hisobga qo‘yiladigan shaxslar tarkibini belgilash masalalari tartibga solindi. 2004 yil 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradigan bo‘ldi.
Ya’ni: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlarida band
15 O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar,Qarorlar,Farmonlar to‘plamlari. T.: O‘zbekiston.2007y.
bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. Quyidagi tarmoqlarning o‘rtacha yillik xodimlari soni: yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. Bunda o‘rtacha yillik xodimlari sonini aniqlashda sho‘’ba korxonalari filiallar va vakolatxonalarda ishlovchi xodimlar soni ham inobatga olinadi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida turli shakllarda: kooperativ, yakka mehnat faoliyati, shaxsiy va xususiy tadbirkorlik, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari kabi shakllaridan tashqari, keyinchalik hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, hunarmandchilik, kosibchilik, zargarlik, temirchilik, sog‘liqni saqlash, turizm, servis kabi sohalarning rivojlanishi kuzatildi. Mustaqillik yillarida tadbirkorlik faoliyatini ilk huquqiy negizini yaratish maqsadida 1991yil
15 fevralda “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun, “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish”, “Kichik va o‘rta korxonalar, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida” hamda boshqa qator Qonun, Qaror va Farmonlar qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi. Mazkur huquqiy asoslarning yaratilishi 1990 yildan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar faoliyatini yildan yilga yaxshilanishiga, ular sonini ko‘payishiga, faoliyat jabhalarining kengaytirilishiga zamin yaratdi.
Bu davrlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mulkchilik”, “Korxonalar”, “Kooperatsiya”, “Tadbirkorlik”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari”, “Monopolistik faoliyatni cheklash”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi qator qonun va farmonlar qabul qilindiki, ularda aholining ongida bozor munosabatlarini shakllantirsh ruhiyatini, xususiy mulkchilikka ega bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish asosiy vazifa sifatida belgilandi. Amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida “O‘zbekistonda tadbirkorlar uyushmasini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini tashkil qilish”, “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armani tashkil qilish to‘g‘risida”gi qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Farmoni ular faoliyatini shakllantirishga xizmat qilib, ular faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga erishildi.16
Do'stlaringiz bilan baham: |