298
-
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bilan Qoraqalpog‗iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o‗rtasida
maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda baholash;
-
davlat aktivlari shakllantirilishini, ulardan samarali va maqsadli
foydalanilishini tekshirish;
-
daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini byudjet tizimi
byudjetlariga qo‗shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo‗naltirilgan tahlil va
nazorat qilish;
-
O‗zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi,
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Davlat ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan qishloq xo‗jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamg‗armasi,
Qishloqlarni qishloq xo‗jalik texnikasi bilan ta‘minlashni davlat tomonidan
rag‗batlantirish jamg‗armasi va boshqa belgilangan tartibda tashkil etilgan
jamg‗armalarning mablag‗lari tushumi va daromadlarining shakllantirilishi,
ularning mablag‗laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va
nazorat qilish;
-
valyuta, eksport va import operatsiyalari o‗tkazishning qonuniyligini,
shuningdek byudjet tizimi byudjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar)
eksporti va
importidan majburiy to‗lovlar bo‗yicha mablag‗lar tushumini nazorat qilish;
-
mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o‗rni qayta to‗ldirilishi va ular bilan
amalga oshiriladigan operatsiyalar ustidan nazorat qilish;
-
ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo‗yicha hisobotlar va balans hisob-
kitoblarini tahlil qilish, mablag‗lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklariga
va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli va
samarali
ekanligini nazorat qilish;
-
davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o‗z vaqtida
xizmat ko‗rsatilishi ustidan nazorat qilish, O‗zbekiston Respublikasi nomidan yoki
uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag‗laridan samarali
foydalanish masalalari bo‗yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish;
-
davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog‗liq masalalarni tahlil qilish va
ular bo‗yicha nazoratni ta‘minlash;
-
byudjet tizimi byudjetlari mablag‗laridan maqsadli va samarali
foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu
jumladan g‗aznachilik bo‗linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil
qilish;
-
davlat mulki ulushi bo‗lgan korxonalarning moliya-xo‗jalik faoliyatini
dividendlar to‗g‗ri hisoblanishi va to‗lanishi yuzasidan tekshirish.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‗limlari o‗z
vakolatlari doirasida quyidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradilar:
-
quyi turuvchi moliya organlari tomonidan byudjet to‗g‗risidagi qonun
hujjatlari ijrosining ta‘minlanishi;
299
-
ijtimoiy nafaqalar va kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam
tayinlanishi hamda o‗z vaqtida to‗lanishi;
-
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilar tomonidan smeta-
shtat intizomiga rioya etilishining ta‘minlanishi;
-
aktsiz solig‗i to‗g‗ri hisoblanishi va o‗z vaqtida to‗lanishi;
-
aktsiz to‗lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aktsiz markalari bilan to‗liq
tamg‗alanishi va olingan aktsiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot
hajmiga muvofiqligi;
-
byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini
yuritish va moliyaviy
hisobotni tuzish, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari tomonidan
byudjet hisobotini tuzish to‗g‗riligi.
O‗z navbatida Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo‗yicha
vakolatlari, asosiy vazifalari va funksiyalari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan
―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‗g‗risidagi Nizom‖bilan tartibga
solinadi. Moliya vazirligi O‗zbekiston Respublikasi hukumatining vazifalari va
funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur
moliyaviy negiz yaratishni, respublika
byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini
ta‘minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va
tejab sarflashni ta‘minlaydi.
Moliya vazirligi respublika byudjeti ham daromadlar,
ham xarajatlar
bo‗yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga
safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‗limlari,
davlat sug‗urta
idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
yagona tizimini tashkil etadi. Moliya vazirligining tashkiliy tuzilishi quyidagi
rasmda aks ettirilgan (22.8-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: