Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

7.2.
 
Byudjetlararo munosabatlarning shakllari 
O‗zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Byudjet kodeksi‖ning yigirmanchi 
bobi ―Byudjetlararo munosabatlar‖ deb nomlanadi va bu bobda quyidagilar o‗z akchini 
topgan:
Byudjetlarning darajalari o‗rtasida daromadlar va xarajatlarni o‗tkazish, 
daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat byudjetini ijro etish 
jarayonida Kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi byudjetlarning 
daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko‗paytirishga olib keladigan 
hollarda o‗zaro hisob-kitoblar bo‗yicha mablag‗larni ajratish yoki olib qo‗yish orqali 
majburiy tartibda amalga oshiriladi. 
Byudjetlararo 
transfertlarning 
shakllari. 
Byudjetlararo 
transfertlar 
subventsiyalar, o‗tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi va o‗zaro 
hisob-kitoblar bo‗yicha mablag‗lar shaklida amalga oshiriladi. 
Byudjetlararo transfertlarning hajmlari: 

joriy moliya yilida turli darajadagi byudjetlar daromadlari va xarajatlari 
o‗zgarishiga sabab bo‗luvchi qonun hujjatlari qabul qilinganda; 

tegishli barcha soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗liq tushishidan 
hamda byudjetdan ajratiladigan mablag‗larning o‗zlashtirilishidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
Yuqori turuvchi moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi byudjet quyi 
turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning bir shakli bo‗yicha majburiyatlari 
quyi turuvchi byudjetning yuqori turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning 
boshqa shakli bo‗yicha majburiyatlarini kamaytirish evaziga hisobga olinishi mumkin. 

1
A.Vaxobov, X.Jamolov. Soglasovanie mejbyudjetnix otnosheniy. «Moliya» / T.;2002 g. 




68 
Subventsiyalar. 
Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va 
Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni 
amalga oshirish uchun ajratiladi. 
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga 
beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar 
prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 
viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar 
byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi. 
Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi 
byudjetga qaytarilishi kerak.
O„tkazib beriladigan daromadlar. 
Tegishli ma‘muriy-hududiy birliklar hududida 
shakllantiriladigan va yuqorituruvchi byudjetga o‗tkaziladigan daromadlar ular qaysi 
ma‘muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‗lsa, o‗sha ma‘muriy-hududiy birlik 
byudjetiga o‗tkazib berilishi mumkin. 
O‗tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi: 

O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi 
byudjetlarga – asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining 
asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda; 

Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar 
byudjetlariga — Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga 
tushumlari o‗tkazib beriladigan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular 
tomonidan to‗lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‗mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o‗tkazib 
beriladigan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‗lanadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari 
tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq 
boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi. 
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o‗tkazib beriladigan 
daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim bo‗lgan 
daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. 
O‗tkazib beriladigan daromadlarni o‗tkazish ular bo‗yicha haqiqatda tushgan 
tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‗lmagan miqdorda 
amalga oshiriladi. 


69 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish