173
tashqari mablag‗larga ham ega bo‗lishi mumkin. Ushbu qarorga asosan, yuridik
shaxs maqomiga ega bo‗lgan byudjet tashkilotlari quyidagi
byudjetdan tashqari
mablag‗larni jalb qilish va o‗zining daromadlarini kengaytirish huquqiga ega:
faoliyat turi bo‗yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va
sotishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan
binolarni va
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik
(beg‗araz) yordami berilishidan olinadigan qo‗shimcha daromadlar.
Ushbu manbalardan qo‗shimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari
2000-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha
1
davlat byudjetiga
undiriladigan soliqlar, Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗imlar va
davlat maqsadli
jamg‗armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan (bu davr ichida ko‗rsatilgan
muddat hukumatning tegishli qarorlari bilan bir necha marotaba uzaytirilgan),
bo‗shab qolgan mablag‗lar byudjet tashkilotining moddiy-texnika va ijtimoiy
bazasini mustahkamlashga, shuningdek, ularning xodimlarini qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda moddiy rag‗batlantirishga maqsadli yo‗naltiriladi.
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‗lar
hisobidan Byudjet
tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasini shakllantiradilar. Ushbu jamg‗arma
quyidagi daromadlar va tushumlardan shakllantiriladi:
hisobot choragining so‗nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‗yicha
tejalgan mablag‗lar(kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan
mablag‗lar bundan mustasno);
faoliyat ixtisosligi bo‗yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
mablag‗larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan
mablag‗lar;
homiylikdan olingan mablag‗lar.
O‗z
navbatida, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari
quyidagi yo‗nalishlarda ishlatilishi mumkin:
avvalovaqtinchamehnatgalayoqatsizlikbo‗yichanafaqalarnivamavjudkreditor
likqarzlarnito‗lashga;
byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‗batlantirish tadbirlariga.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha to‗lanmagan
nafaqalar bo‗yicha muddati o‗tkazib yuborilgan kreditor qarzdorlik mavjud bo‗lsa,
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan tejab
qolingan byudjet mablag‗lari doirasida ushbu qarzlarni to‗lashga (ishlar, xizmatlar,
1
Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarorining (03.09.1999) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y.,
09/18/384/1266-son.
174
tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha jami xarajatlar o‗rni qoplangandan
so‗ng) sarflanadi. Agar kreditor qarzdorlik byudjet tashkilotining xarajatlari
vaqtincha yetarli miqdorda mablag‗ bilan ta‘minlanmaganligi
munosabati bilan
paydo bo‗lgan taqdirda, kreditor qarzdorlikning Byudjet tashkilotini rivojlantirish
jamg‗armasi hisobiga to‗langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar
limiti doirasida byudjetdan qoplanadi.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha to‗lanmagan
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‗lmasa yoxud ushbu qarzlar to‗langan
taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha jami
xarajatlarning o‗rni to‗ldirilgandan keyin Byudjet tashkilotini rivojlantirish
jamg‗armasining qolgan mablag‗lari (homiylik yordami, beg‗araz yordam miqdori
bundan mustasno):
tushgan barcha mablag‗larning kamida 75 foizi moddiy-texnika bazani
mustahkamlashga;
ko‗pi bilan 25 foizi byudjet tashkilotlari xodimlarini
ijtimoiy himoya qilish
va moddiy rag‗batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotiga ko‗rsatilgan
homiylik mablag‗larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus o‗zgacha hol
kelishilmagan
bo‗lsa,
byudjet
tashkilotining
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlashga sarflanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1275-
sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010-yildan boshlab vazirlik va
idoralarning, byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg‗armalari
mablag‗larini davlat byudjetining g‗azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish
amalga oshirilвш. Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‗lari
bo‗yicha
bank
hisobvaraqlari
yopilib,
G‗aznachilikda tegishli shaxsiy
hisobvaraqlar ochildi.
Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g‗azna ijrosi bilan qamrab
olingan byudjetdan tashqari mablag‗lari quyidagilardan iborat:
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi;
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasining ijtimoiy nafaqalarni to‗lash uchun mablag‗lari;
Tibbiyot
muassasalarini
moddiy
rag‗batlantirish
va
rivojlantirish
jamg‗armasi;
o‗tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan
tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda(musiqa va san‘at maktablari)bolalar
ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‗yicha hisob-
kitoblardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta‘minoti uchun ota-onalardan
tushumlar;
175
ta‘lim muassasalarida o‗qishdan tushadigan mablag‗lar;
vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan byudjetdan
tashqari jamg‗armalari;
umumta‘lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‗lovidan tushgan byudjetdan
tashqari mablag‗lar;
kapital qo‗yilma mablag‗lari bo‗yicha
depozitlar;
turg‗un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan
ovqatlanish uchun undiriladigan to‗lovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: