Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

I guruh 
– Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‗lovlar (stipendiyalar va 
boshqalar); 
II guruh 
– Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar); 
III guruh 
– Kapital qo‗yilmalar; 
IV guruh 
– Boshqa xarajatlar. 
Xarajatlarni moliyalashtirish (to‗lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar 
ro‗yxati va smetasiga kiritiladigan o‗zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil 
uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining 
xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo‗yicha 
taqsimlangan yillik ro‗yxatiga binoan amalga oshiriladi. 
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to„lovlarga
quyidagi xarajat 
turlari kiradi: 

―Ish haqi‖; 

―Ta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirish 
Direktor fondi mablag‗lari‖ (umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarda); 

Stipendiyalar. 
Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular 
mehnatiga haq to‗lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo‗llaniladi. YaTS 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‗rnatiladi. U 22 ta 
razraddan va har bir razrad uchun o‗rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan 
iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o‗rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga 
asoslanadi va byudjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun 
qo‗llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to‗lashning tarmoq setkasi 
qo‗llaniladi. Masalan, oliy ta‘lim muassasalari, xalq ta‘limi muassasalari, sog‗liqni 
saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib 
chiqqan holda haq to‗lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan. 
II guruh – “Ish haqiga ustamalar” 
(Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona 
ijtimoiy to‗lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi 
fondi summasiga nisbatan o‗rnatilgan foizlarda hisoblanadi.
III guruh 
– ―
Kapital qo„yilmalar”
guruhi bo‗yicha xarajatlar Davlat 
investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‗yxatlarga muvofiq alohida tarzda 
rejalashtiriladi. 
Bu 
xarajatlar 
alohida 
byudjet 
tashkilotining 
smetasida 
rejalashtirilmaydi.
 
IV guruh – “Boshqa xarajatlar”
tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga 
mos xarajat kodlari kiradi: 

―Xizmat safar xarajatlari‖; 

―Kommunal xizmatlarni to‗lash xarajatlari‖; 

―Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari‖; 


172 

―Joriy ta‘mirlash xarajatlari‖; 

―Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to‗lash 
xarajatlari‖; 

―Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlarni va oziq-
ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari‖; 

―Boshqa joriy xarajatlar‖. 
IV guruh moddalari bo‗yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob 
qilishning eng umumiy bo‗lgan 
o„ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 

amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi; 

natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi; 

hisoblagichlarning ko‗rsatkichlari bo‗yicha o‗tgan yildagi haqiqiy 
xarajatlar inobatga olinadi; 

har bir birlik uchun o‗rnatilgan xarajat me‘yorlariga rioya etiladi; 

energo-yoqilg‗i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi. 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o‗zgarishlar, 
―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi Qonunning qabul qilinishi va 
byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o‗zgarishi 
munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007 yil 19 iyul 148-son Vazirlar 
Mahkamasining Qarori bilan qator o‗zgartirishlar kiritilishi, 2007-son ―Davlat 
byudjetining g‗azna ijrosi Qoidalari‖ning qabul qilinishi, 2157-son ―O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va 
shtatlar jadvalini tuzish, ko‗rib chiqish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi 
to‗g‗risida Nizom‖ning kuchga kirishi, 2013 yilda O‗zbekiston Respublikasi 
Byudjet Kodeksining qabul qilinishi bilan byudjet tashkilotlari xarajatlarini 
rejalashtirish va to‗lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o‗zgardi. Ushbu 
hujjatlarga muvofiq, g‗azna ijrosiga o‗tgan byudjet tashkilotlarining xarajatlari 
Moliya vazirligining G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari tomonidan 
yagona g‗azna hisob raqamidan, shuningdek smetada ko‗rsatilgan xarajatlar 
guruhlarining har bir moddasi bo‗yicha g‗aznachilik hisob raqamidan amalga 
oshiriladi. Bu tadbirlar byudjet tashkilotlari xarajatlarini to‗g‗ri va oqilona 
rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag‗larni iqtisod 
qilish, byudjetdan tashqari mablag‗larni jalb qilishga yangicha talablarni 
qo‗ymoqdaki, ushbu talablar byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkilotlarida 
moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish jarayonlarini 
chuqurroq o‗rganishni talab etadi.

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish