Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet212/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Ishlab chiqarish hajmi ко‘payishi yoki kamayishi bahoga bog'liq bo ‘Imagan omillar hisobiga ham ro ‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig'ini o'ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog'liq bo‘Imagan omillarning xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali jami taklif egri chizig ‘ining siljishiga sabab bo ‘ladi.

Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi, resurslar haholarining o‘zgarishi, firmalami soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar va boshqalar kiradi.

  1. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat

AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholaming muvozanatli

darajasini belgilaydi. Baholaming muvozanatli darajasi deganda baholaming shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir- biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ко‘rib chiqamiz (22.3-rasm). Dastlab muvozanat e nuqtasida o‘matilgan. Baholaming muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima

uchun Pe narxlaming muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholaming muvozanatli darajasi Pe emas, balki PI deb hisoblaymiz.





22.3-rasm. Yalpi takiif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat



Baholar darajasi PI bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y 1 miqdoridan oshirmaydi.

Iste’molchilar baholar darajasi PI bo‘lganda mahsulotlami Y 2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining PI dan Pe gacha ko‘tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re baholaming muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.

  1. rasmda yalpi talab egri chizigi yalpi takhf egri chizig‘i bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz.







  1. r
    R
    asm.
    Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi muvozanati

Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Yj deb hisoblaymiz. U holda AD

Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Yj deb hisoblasak, aksincha, AS

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ming keyns kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‘zgarmaydi.

Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o‘zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay qoladi.




22.5-rasm. Yalpi takiif o‘zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri.




Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko‘payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko‘rsatadi.

Yalpi takiif o‘zgarishinmg baholami va ishlab chiqarishni muvozanatli darajalariga ta’sirini 22.5-rasm misolida ko‘rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS 1 dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Yi dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro‘y beradi.

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan omillardan birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yeming bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi takiif egri chizigi AS]dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi PI dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Yl dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish holati ro‘y beradi.

Yalpi takiif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab - moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan maiumki, iqtisodiyot sogiom va barqaror amal qilishi

454

uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va hizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlaming baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”11.

Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va hizmatlar hajmi o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.

Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’mmlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi.

Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlami o‘stirish, soliqlami kamaytirish, bank kreditlarini arzonlashtirish, narxlami cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalami rag‘batlantirish, ishlab chiqamvcnilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilami qo‘llab- quvvatlash va h.k. choralar kiradi.

Nazarot savollari



  1. Yalpi talab-yalpi taklif modeli qanday vazifani bajaradi?

  2. Yalpi talab va uning komponentlariga ta’rif bering.

  3. Yalpi talab egri chizig‘i quyiga egllgan trayektoriyaga ega bo‘lishining sababi nimada?

" Б.Ю.Ходиев, А.Ш.Бекмуродов, У.В.Гофуров, Б.К.Тухлиев. Узбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жахон молиявий-иктисодий инкирози, Узбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йуллари ва чоралари» номли асарини урганиш буйича укув кулланма. - Т.; Иктисодиёт, 2009. , 14- б.

  1. Yalpi talabning narx omillariga izoh bering.

  2. Yalpi talahning narxdan boshqa omillariga va ulaming AD egri chizig‘iga ta’siriga izoh hering.

  3. Yalpi taklif egri chizig‘i shakll qaysi sabablarga ko‘ra murakkab ko‘rinishga ega?

  4. AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning shartlarini tushuntiring.

  5. Yalpi talab o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  6. Yalpi taklif o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  7. Yalpi taklif chizig‘idagi kesmalarga izoh bering.

  1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning graflklari va funksiyalari

Iste’mol bozorini bozor konyunkturasi talablari asosida to‘ldirish 0‘zbekiston makroiqtisodiy otining dolzarb masalalaridan biridir. Ma’lumki, 0‘zbekistonda iste’mol qilinadigan tayyor mahsulotlaming katta qismi sobiq ittifoqdosh respublikalardan hamda chet eilardan olinar edi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng ulardan tayyor mahsulotlar olish mushkuilasha boshladi. Qolaversa, tovar ayirboshlash ham jahon narxlarida, jahon standartlariga moslashtirib borilmoqda. Bu hoi bozor iqtisodiyoti ta’limotinmg makroko‘lamdagi iste’mol funksiyasini o‘rganishimizni taqozo qiladi. Iste’mol funksiyasming mohiyatini bilishimiz iste’mol bozorini boshqarishimizda asos boMadi.

Iste’mol bozori - aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va hizmatlami ayirboshlash makonidir. Iste’mol bozori turli-tuman savdo shoxobchalarini: davlat, iste’mol savdosi, dehqon bozori va chayqov bozorini o‘z ichiga oladi.

Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo‘lmaydi. Xaridorlar tarkibiga aholiga bepul hizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bog‘chasi, qariyalar uyi va boshqalar) ham kiradi. Ular ham keng iste’mol buyumlarinmg iste’molchilaridir. Iste’mol bozorida har xil hizmatlar (madaniy, tibbiy, texnikaviy) ham sotiladi. Iste’mol bozorinmg hajmi unda sotiladigan tovarlarning yalpi summasi (masalan, tovar oboroti) bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin narxlarda sotiladi.

Iste’mol bozori o‘zining holatiga qarab ikki xil boMadi: to‘yingan bozor va taqchil bozor yoki och bozor. To‘yingan bozorlarda iste’mol tovarlari talabga yetarli sifatda va miqdorda boMadi. Taqchil bozorda esa tovarlar surunkasiga iste’molni qondirmaydi, uning narxi yuqori boMadi. Tovarlar narxining yuqoriligi va taqchilligi natijasida

iste’molchini ijtimoiy himoyalash zarurati kelib chiqadi. Iqtisodchilar tomonidan “iste’mol savati” va uning qiymati aniqlanadi. “Iste’mol savati” - muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va hizmatlaming tirikchiligini ta’minlashga ma’lum darajada yetarli bo‘lgan miqdorini ko‘rsatadi. Narxlaming to‘xtovsiz o‘sib borayotgan hozirgi sharoitida aholining ko‘rgan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda “iste’mol savati” tarkibi aniqlanadi va uni qo‘llash takiif etiladi.

Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab yoki YalMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega boigan komponentdir. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillami, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ulaming jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakiliari jamg‘arish hajmi foiz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ulaming ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert toiovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI - disposable income, yoki Yd ) ko‘rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlaming funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.

Maiumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksmcha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bogiiqlik har xil daromadga ega boigan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega boiganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu

nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (4-jadval).

Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo‘lganda uy xo‘jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko‘p bo‘ladi. Ya’ni uy xo‘jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o‘tgan yillarda to‘plangan jamg‘armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish