Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Talab egri chiziqlarining o‘zgarishi



Download 1,19 Mb.
bet30/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Talab egri chiziqlarining o‘zgarishi Iqtisodchilar talab egri chiziqlarini ulammg elastikligiga qarab guruhlarga ajratishgan. Elastiklik 1 dan katta bo‘lsa, talab elastik hisoblanadi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan ko‘proq suriladi.

Elastiklik 1 dan kichik bo‘lganda, talab noelastik bo‘ladi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastiklik aniq 1 ga teng bo‘lsa, narx va miqdor bir nisbatda suriladi va bu talab birga teng elastiklik deyiladi.

  1. rasmda beshta holat ko‘rsatilgan. 0 elastikka ega bo‘lgan ekstremal holatda ((a) panelda), talab batamom noelastik va talab egri chizig‘i vertikal. Bu holatda, narxdan qat’iy nazar, talab bir xil bo‘ladi. Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizig‘i yassi bo‘lib boraveradi: ((b), (c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik bo‘ladi: ((e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir bo‘ladi va talab egri chizig‘i gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik o‘zgarish talab miqdorining keskin o‘zgarishiga olib keladi.

Umumiy daromad va talabning narx elastikligi

Bozordagi talab va taklif o‘zgarishlarini o‘rganayotganda, biz o‘rganishni xohlaydigan bir o‘zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to‘lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovaming narxi (P) ko‘paygan sotilgan tovar miqdori (Q). Buni biz grafikda ko‘rishimiz mumkin.

Talab egri chizig‘i ostidagi to‘rtburchakning balandligi P, eni esa Q. To‘rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng.

  1. rasmda P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$.

Talab egri chizig‘i bo‘ylab narx yoki miqdor ko‘chsa, umumiy daromad qanday o‘zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog‘liq. Agar talab noelastik boisa (3-rasm, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadnmg oshishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko‘tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab bo‘ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o‘sishga nisbatan kichikroq boTadi.

Agar talab elastik boisa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning ko‘tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab boiadi. Masalan, 3-rasmdagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan ko‘proq o‘zgargan.

Bu rasmdagi misollar ekstremal boiishiga qaramasda, ular bir necha umumiy qoidalami ifodalydi:

  • Talab noelastik boiganda (narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo‘nalishda harakatlanadi.

  • Talab elastik boiganda (narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.

  • Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng boisa, narx o‘zgarganda umumiy daromad o‘zgarishsiz qoladi.

rasm 2





Narx


Umamiy daromad Xaridorlar tomonidan to‘iangan barciia to'lovlar sotuvchilar uchun daromad hisoblanib, talab egri chizag‘i ostidagi chegaraga teng bo‘ladi, ya’ni PxQ. Bu yerda mahsulot narxi 4 $ va unga talab hajmi 100 tani tashkil etib, umumiy daromad 400 $ ni tashkil etadi.





Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish