Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


BOB. MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR



Download 1,19 Mb.
bet178/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

BOB. MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR

  1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy

ko‘rsatkich!ar

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolami aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.

Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

-Yalpi ichki mahsulot (YalM), Sof ichki mahsulot (SIM), Milliy daromad (MD), Shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufldagi daromad (ShTD), Iste’mol (S), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi va o‘sish sur’atlari;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;

  • mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YalMdagi ulushi va o‘sish suratlari;

  • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);

  • davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholari mdeksi, inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari;

  • ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;

  • aholining moddiy ne’matlar va hizmatlar iste’moli hajmi, ulaming jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YalM,

SIM, MD, ShD, ShTD, S, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.

Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ulami hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlami amalga oshirish imkonini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

  1. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari

Makroiqtisodiy statistika va tahlllda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi icliki mahsulot ko‘rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko‘rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faolllk darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o‘zaro farq qilishadi.

Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‘llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tan olindi.

Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda YalMga ishlab chiqarilishida qo‘llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug‘rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va hizmatlaming bozor baholari yig‘indisi deb ta’rif berib kelingan.

1993-yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga ko‘ra Yalpi ichki mahsulot (YalM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.

Yangicha talqiniga ko‘ra:

YalM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va hizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan iborat.

YalMning “ichki” deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.

Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar ( korxonalar, uy xo‘jaliklari) rezident hisoblanishadi”7.

Elchixonalar va harbiy bazalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mamlakatlaming iqtisodiy makoni bo‘lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YalMni hisoblashda iqtisodiy va jug‘rofiy hudud o‘rtasidagi farq deb qaraladi.

YalM uch xil usul bilan hioblanadi:

  1. ishlab chiqarish usuli;

  2. xarajatlar usuli;

  3. daromadlar usuli.

Har uchala usul bilan hisoblangan YalM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YalM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.

Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YalM yakuniy tovarlar va hizmatlami ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YalMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish yoki oraliq mahsulot qiymatini YalMga kiritib yuborishning oldini oladi.

Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko‘rsatilgan hizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu sababli YalMda ayrim mahsulotlami ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.

Yakuniy tovarlar va hizmatlar deganda ulaming ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.

Yakuniy tovarlar va hizmatlami ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va hizmatlar bahosi YalMga qo‘shilmaydi.

Qo‘shilgan qiymat tovar va hizmatlaming sotish bahosi bilan ulami ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va materiallami sotib olishga qilingan xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi.

Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YalM ko‘rsatkichining strukturasini va undagi siljishlami tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlaming mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o‘zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.

Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YalMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlami sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:

Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (S):

  1. uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;

  2. kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;

d) iste’mol hizmatlari to‘loviga.

Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):

  1. asbob-uskunalar, mashinalami yakuniy sotib olishga;

  2. korxonalar, mshootlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan;

d) tovar zaxiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zaxiralaming o‘zgarishi.

Tovar va hizmatlaming davlat xaridi (G).

Bu gumh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalaming pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari kiritilmaydi.

YalMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish