BOB. “MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH
“Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti
Makroiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir bo‘limirri ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda “makro” so‘zi “katta” degan ma’noni anglatadi (mos ravishda “mikro”
“kichik”), “iqtisodiyot” so‘zi esa - “xo‘jalik yuritish” ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot - bu iqtisodiyotdagi umumiy xatti-harakatlami yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) o‘rganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pog‘onaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ulaming ko‘rsatkichlarining уig‘indisi sifatida qaraladi.
Birinchi bor “makroiqtisodiyot” atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) o‘zining 1933-yildagi maqolasida qo‘llagan. Biroq mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakiti taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keyns)ning fundamental mehnatlaridan boshlangan. 1936-yilda Keyns makroiqtisodiy tahlil asoslarini yoritgan “Bandlik, foiz va pullaming umumiy nazariyasi” nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining ahamiyati shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud bo‘Igan iqtisodiy voqeliklami klassik yondashuv asosida o‘rganuvchi, ya’ni mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi “Keynscha inqilob” atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha yondashuv yuzaga keldi.
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo‘lsada, makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo boidi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elementlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim sifatida yondashisb dastlab F.Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV ning saroy vrachi F.Kene 1758-yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elementlarini qo‘lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, V.Leontev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936-yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ko‘ra mustaqil fan sifatida XX asming o‘rtalariga kelib shakllanib bo‘ldi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, unda milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilmadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi:
pozitiv makroiqtisodiyot;
normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalami va ulaming aloqadorliklarini o‘rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil ho‘limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‘zaro farqlab olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‘lib “belgilangan” iqtisodiy shart- sharoitlarda uy xo‘jaliklari va firmalar darajasidagi iqtisodiy qaroming qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo‘lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa, makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasidagi mehnat, pul, tovarlar va hizmatlar bozorlarining o‘zaro munosabatlari va o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi.
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan ko‘pgma ko‘rsatkichlar, jumladan iste’molchilaming daromadlari, jamg‘armalari, foiz stavkasining dinamikasini va uni belgilovchi omillami makroitisodiyot tadqiq qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslaming to'liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtayi nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi.
Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro bog'liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
milliy iqtisodiyot;
davlat tomonidan iqtisodiy siyosatni yuritish va iqtisodiyotni tartibga solisb;
jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.
1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida ko‘riladigan masalalar ro‘yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam heradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |