Ortiqcha imkoniyatlar. Bozorga erkin kirish va chiqish har bir Monopolistik raqobatlashgan bozordagi firmani talab egri chizig‘i va o‘rtacha xarajatlari egri chizig‘ining bir-biriga tegib turishiga olib keladi. 13.4-rasmning (A) rasmsida ishlab chiqilgan hajm bu nuqtada o‘rtacha umumiy xarajatlami minimallashtiriladigan hajmdan kichikligi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, Monopolistik raqobatlashgan sharoitda firmalar o‘zining o‘rtacha xarajatlar chizig‘ining pastga qarab og‘ayotgan qismida ishlab chiqaradi. Shu yo‘sinda Monopolistik raqobat mukammal raqobatdan keskin farq qiladi. (B) chiziqda ko‘rinib turibdiki, raqobatlashgan bozorga erkin kirish va chiqish firmani ortacha umumiy xarajatlarining minimal nuqtasida ishlab chiqaradi.
0‘rtacha umumiy xarajatlami minimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi korxonaning samaradorlik shkalasi deb ataladi.
Uzoq davrli muddatda mukammal raqobatlashgan korxonalar samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi. Monopolistk raqobatdosh korxonalar esa ko‘rsatkichdan past darajada ishlab chiqaradi. Korxonalami Monopolistik raqobat ostida ortiqcha hajmi bor deyishadi. Boshqacha qilib aytganda Monopolistik raqobatlashuvchi firma, mukammal raqobatdosh firmaga o‘xshamagan holda ishlab chiqarilgan
hajmni oshirishi va mahsulotni o‘rtacha xarajatini kamaytirshi mumkin. Korxona bu imkoniyatdan voz kechadi, chunki bu qo‘shimcha ishlab chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga to‘g‘ri keladi. Monopolistik raqobatchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga ko‘proq foydalidir.
Mukammal raqobat va Monopolistik raqobat o‘rtasidagi ikkinchi farq bu narx va chekli xarajat o‘rtasidagi nisbatdir. Raqobatlashadigan firma uchun, 13.4-rasmning (B) - rasmsida ko‘rsatilganidek, narx chekli xarajatlarga teng, Monopolistik raqobatda esa narx chekli xarajatlardan baland, chunki firma doim bozor hokimiyatiga ega bo‘ladi.
NoMlashgan foyda holati shuni bildiradiki, narx o‘rtacha xarajatga tenglashgan, lekin mutlaqo chekli xarajatlarga ega emas. Haqiqatdan ham uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistik raqobatdosh firmalar o‘zining 0‘rtacha xarajatlari egri chizig‘ining kamayayotgan qismida joylashadi, shunda chekli xarajatlar o‘rtacha xarajatlardan pastda boiadi. Shungay qilib, narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘lishi uchun, u chekli xarajatlardan yuqori bolishi kerak.
Tovar narxi va chekli xarajatlar o‘rtasidagi bunday nisbatlar mukammal raqobatchilar va Monopolistik raqobatchilar orasidagi asosiy farqdir. Tasavvur qiling siz menejerga quyidagi savolni berasiz: Siz, hozir eshik ochilib, mahsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi. Mukammal raqobatdosh firma menedjeri uni qo‘shimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi. Chunki tovaming narxi chekli xarajatlarga teng boiadi, qo‘shimcha sotilgan bir-birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha, Monopolistik raqobatdosh firma har doim yana bir xaridorga o‘ch boiadi. Chunki uning narxi chekli xarajatlardan oshadi va qo‘himcha miqdor sotilishi foydani ko‘paytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek, Monopolistik raqobatlashgan bozorlar sotuvchilari ko‘proq xaridorlami jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi.
Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi
Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yo‘q. Monopolistik raqobatdosh bozorlaming samarador emashgi manbaidan biri - chekli xarajatlaming oshishi bo‘lib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish xarajatlaridan tovami ustun qo‘yadigan iste’molchilar (lekin narxdan past) ulami sotih olishdan o‘zlarini tiyadilar. Shunday qilib, Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistik narx belgilashning tipik qaytarilmas yo‘qotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yo‘li yo‘q. Chekli xarajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi-firmalami davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, hokumat tomonidan bunday nazorat adminstrativ og‘irdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyalami tartibga keltirishda muammolami keltirib chiqaradi. Xususan - Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham no‘llashgan foyda oladi, narxni chegarali xarajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yo‘qotishga olib keladi. Biznesda ushhu firmalami saqlab qolish uchun hukumat ulaming yo‘qotishlarini qoplashi lozim, ya’ni soliqlami oshirishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, noan’anaviy usullar va oqimga qarab harakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopolistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtayi nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi - bozordagi firmalaming soni muammosi. Bu muammoni biz bozorga kirish bilan bogMiq bo‘lgan tashqi samara termmlarida ko‘rib chiqamiz. Har doim yangi firma bozorga kirishini
269
maqsadga muvofiqligini tahlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Ammo uning bozorga kirishida tashqi samaralar mavjud bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |