Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet113/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Ko'p sotuvchilar: ko‘plab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar uchun raqobatlashadi.

-Mahsulot turliligi: har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda eng kamida farq qiladigan mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib narx belgilashda, har bir korxona pastga qiyalagan talab chizig1 iga duch keladi.

-Erkin kirish va chiqish: Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi mumkin. Shunga binoan, korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad nolga yetganda o‘zgaradi.

Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozomi uzun ro‘yxatini ochadi: kitoblar, musiqalar, kinolar, kompyuter o‘yinlarlari, restoranlar, pianino darslari, pishiriqlar, mebel va h.k5.



  1. Raqobatlashgan monopol bozori.

Monopolistik raqobat bozori o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan mukammal raqobatlashgan bozorga o‘xshaydi. Bu yerda ham harakat qiluvchi firmalar ko‘p, yangi firmalami bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalaming undan chiqib ketishi cheklanmagan. Lekin bu mukammal raqobatlashgan bozordan farq qiladi. Farq shundan iboratki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot differensiallashgan, ya’ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovami har bir firma o‘ziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalaming mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi obro‘yi bilan farq qilishi mumkin. Tovaming differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovami standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Har bir firma o‘zining tovar markasini ishlab chiqarish bo‘yicha monopol hisoblanadi va u bozorda ma’lum darajada monopol hokimiyatga ega boiadi. Firmaning monopol hokimiyati uning mahsulotining boshqa firmalar mahsulotidan qanchalik farq qilishga bog‘liq. Masalan, tish yuvish pastalari monopol raqobat bozorida sotiladigan «Kolgeyt», «Pepsodend» va «Lesnoy balzam» pastalari bir- biridan qadoqlanishi, bezagi, davolash xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Monopol raqobat hozorga misol sifatida tish yuvish pastasi, kir yuvish paroshogi, xar-xil chanqov bosdi ichimliklari bozorlarini, kiyim-kechak bozorini keltirish mumkin.

Monopolistik raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalaming ko‘pligi ulami o‘zaro maxfiy ravishda kelishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni bo‘yrriga olgan holda o‘zi harakat qiladi va o‘zining narx siyosatini belgilashda boshqa firmalaming harakatini e’tiborga olmaydi. Boshqa raqobatlashuvchi firmalar qanday harakat qiladi qanday narx siyosatini amalga oshiradi. Bu kabilami oldindan ko‘ra bilish amalda mumkm ham emas. Tovarlami differensiallashuvi nafaqat ulaming sifatidagi farqlarga, bezagiga bog‘liq, balki ulami sotishda ko‘rsatiladigan hizmatlarga ham bog‘liqdir. Iste’molchilami u yoki bu tovami tanlashiga tovami yaxshi qadoqlanishi, do‘konning o‘ng‘ay joylashuvi va ishlash rejimi, xaridorlarga yaxshi hizmat ko‘rsatilishi sabab bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilar kichik magazinlarga, sartaroshxonalarga, benzin quyuvchi shoxobchalarga ham to‘liq tegishlidir.

Raqobatlashgan monopol bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Birinchidan, firmalar differensiallashgan, bir-birini o‘mini bosish normasi yuqori bo‘lgan, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi. (Boshqacha aytganda bunday tovarlaming narxga ko‘ra elastikligi yuqori, lekin cheksiz emas).

Ikkinchidan, bozorga yangi firmalami o‘z markasi bilan kirishi va undan faoliyat ko‘rsatayotgan firmalami chiqishi cheklanmagan. Agar firmalaming mahsulotiga talab yetarli darajada bo‘lmay qolsa ular bozordan to‘siqsiz chiqishi mumkin. Raqobatlashgan monopol bozoming o‘ziga xos xususiyatini poyafzal va avtomobH bozorini taqqoslaganda ko‘rish mumkin. Poyafzal bozori raqobatlashgan monopol bo‘Isa yengil avtomobil bozori oligopolik bozor sifatida xarakterlanadi. Agar, poyafzal bozorida foyda yuqori bo‘lsa, boshqa firmalar yangi poyafzal ishlab chiqarish o‘z markasi bilan bozorga kirish uchun kerakli bo‘lgan mablag‘ni sarflashi ular uchun katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomobil bozoridagi avtomobillar ham differensiyallashgan (ya’ni uning turlari ko‘p). Lekin, bu bozorga yangi firmalaming kirib kelishiga masshtab samarasi katta qiyinchilik tug‘diradi. Nima uchun deganda samarali miqdordagi avtomobillami ishlab chiqarish uchun juda katta mablag‘ talab qilinadi.

Uchinchidan, bozorda nisbatan katta miqdordagi firmalar faoliyat ko‘rsatadi va ulammg har biri sotiladigan umumiy turdagi tovarga boigan bozor talabining ma’lum darajadagi ulushini qanoatlantiradi.

To‘rtinchidan, firmalar o‘z mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda raqiblarining aks harakatlarini e’tiborga olmaydilar. Masalan, biror sotuvchi o‘z mahsuloti narxini 20 % ga tushursa uning mahsulot sotish hajmi oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki ko‘p firma hisobidan sotiladi, lekin bu siyosatning boshqa bir raqib firmaning hozordagi ulushini keskin qisqartirib yuborishi ehtimoli nihoyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqobatchi firmalar birinchi firmaning narx siyosatiga nisbatan biror chora ko‘rmaydi va bu siyosat kuchli ta’sir qilmaydi.

Raqobatlashgan monopolistik bozoridagi talab chizig‘i elastikligi raqobatlashgan bozordagi talab chizig1 i elastikligidan pastroq, ammo sof monopoliyadagi talab chizig‘i elastikligidan yuqoriroq bo‘ladi. Raqobatlashgan monopolistik bozorda talab chizig1 ining elastiklik darajasi raqobatchilar soniga va mahsulotning turlari soniga bogiiq. Raqobatchilar va mahsulot turlari qancha ko‘p bo‘lsa, talab chizig‘ining elastiklik darajasi shuncha yuqori boiadi. Monopol raqobat bozorida ham mukammal raqobatlashgan bozor kabi firmalaming kirishi va chiqishi cheklanmagan. Monopol raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalaming iqtisodiy foyda olishi, raqobatlashuvchi tovar markalari bilan boshqa firmalami bozorga kirib kelishiga sabab bo‘ladi, natijada firmalaming iqtisodiy foydasi nolgacha pasayadi. Qisqa va uzoq muddatli oraliqlarda monopol raqobatlashgan firmada muvozanat narx va mahsulot hajmi qanday o‘matilishini ko‘rib chiqamiz.

Quyidagi 13.1-rasmda raqobatlashgan monopol firmaning qisqa muddatli muvozanat holati tasvirlangan. Firma mahsuloti boshqa firmalar mahsulotidan farq qilgani uchun uning talab chizig'i DR pastga yotiq yo‘nalgan. Bu yerda DR firma uchun talab chizig‘idir, bozor talab chizig'i bundan farq qiladi.







  1. rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda firmaning qisqa muddatli muvozanati

Firma foydasini maksimallashtiruvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmi chekli xarajat MC va chekli daromad MR chiziqlarining kesishgan nuqtasi orqali aniqlanadi va u QSR ga teng. Muvozanat narx PSR firmaning talab chizig‘i orqali topiladi. Muvozanat narx 0‘rtacha xarajatdan katta boigani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan to‘rtburchak orqali dasturlangan. Firmaning qisqa muddatli oraliqda oladigan iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqda

bozorga boshqa firmalami kirib kelishga undaydi va ular kirib kela boshlaydi. Boshqa tomondan firmaning o‘zi ham yanada ko‘proq foyda olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qiladi.

Shunday qilib bozorga yangi firmalami kirib kelishi va o‘z markalari ostida firma mahsulotiga o‘xshash yangi mahsulotlami ishlab chiqarishi va taklif qilishi natijasida bozorda taklif ortadi, tovar narxi pasayadi, mazkur firmaning bozordagi ulushi kamayib boradi. Uning talah chizig‘i pastga qarab siljiydi (2-rasm). (Agar, firmaning xarajatlari uzoq muddatii oraliqda o‘zgarsa AC va MC chiziqlari hamda chekli daromad MR chiziqlari ham pastga siljiydi).

Mahsulot sotish bo‘yicha raqobatlashuvchi firmalami ortib borishi bozorda o'rindosh tovarlar sonini ortishiga olib keladi. Bu o‘z navhatida har firma mahsulotiga bo‘lgan talabni o‘matilgan narxga ko‘ra elastikroq bo‘lishiga olib keladi. Yangi firmalami bozorga kirib kelishi iqtisodiy foyda olish mumkin bo‘I may qolguniga qadar davom etadi







  1. rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda R-firmaning uzoq muddatii muvozanati

Shunday qilib har bir monopolist firma tovaming narxi shu darajagacha tushadiki, oqibatda hech qaysi sotuvchi iqtisodiy foyda ololmaydi. Demak, raqobatlashgan monopol bozordagi uzoq muddatii

262

muvozanat holat mukammal raqobatlashgan bozordagi muvozanat holatga o‘xshash bo‘lib bu yerda ham hech qaysi firma normal foydadan ortiq foyda ololmaydi.

  1. rasmda ko‘risb mumkinki firmaning uzoq muddatli talab chizig‘i DLR uning o‘rtacha xarajati chizig‘i LAC ga tegib o‘tadi. Bu yerda ishlab chiqarish hajmi QLR va tovar narx RLR boiganda hamda iqtisodiy foyda nolga teng bo‘lganda (nima uchun deganda PLR = LAC) erishiladi. Shu bilan birga firma monopol hokimiyatni ma’lum darajada saqlab qoladi. Firma mahsuloti noyob xususiyati hilan boshqa firmalaming mahsulotidan farq qilganligi uchun uning uzoq muddatli talab chizig1 i pastga yotiq bo‘ladi. Agar bozordagi tovarlar standartlashgan (bir xil sifat va xususiyatga ega) boiganda firmalaming mahsulotiga boMgan talab chizig‘i gorizontal ko'rinishda bo‘ladi. U holda biz uzoq muddatli mukammal raqobatlashgan bozor muvozanati holatiga erishgan bo'lar edik, ya’ni tovar narxi ( P=min AC) minimal o'rtacha xarajat bilan belgilanar edi. Demak monopol raqobatlashgan bozorda firmalar o‘zlarining optimal quvvatidan kam quvvatda ishlaydi, bunga asosiy sabab tovarlami differensiallashuvidir. Sbu sababli monopol raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmalar rezerv quwat bilan ishlaydi. Rezerv quvvat quyidagicha aniqlanadi: aQ=(Q*R-QLR)

Misol Firma atir sovun ishlab chiqaradi va raqobatlashgan monopol bozorda barakat qiladi. Uning mahsulotiga talab funksiyasi quyidagicha berilgan:

Q=200-P

Xarajat funksiyasi esa,


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish