263
24- jadval
AQSH firmalarida marketing tadqiqotlari doirasidagi faoliyatining alohida
turlari (foizda)
Tadqiqot turlari
Shu turdagi tadqiqotlarini
o‗tkazgan iste‘mol tovarlari
ishlab chiqaruvchi kom-
paniyalar ulushi (144 dan)
Shu turdagi tadqi-qotlarni
o‗tkazgan ishlab chiqarish
vositalari
ishlab
chi-
qaruvchi
kompaniyalari
ulushi (124)
Qisqa muddatli istiqbollash (1yildan
oshiq yilgacha)
96
94
Uzoq,
muddatli istiqbollash
(1 yildan oshiq)
96
94
Bozor potensialini aniqlash
99
99
Sotishni tahlil qilish
98
99
YAngi mahsulotni qabul qilish va
uni potensiali
89
73
Qadoqlashni o‗rganish
91
61
Sotish kanallarini o‗rganish
99
83
Sotish to‗lovlarini o‗rganish
83
73
Turli xil tovarlarning hara-katini
engillashtiruvchi tadbir-larni
o‗rganish
86
67
Baholarni tashkil qilishni tah-lil
qilish
91
90
Ekologiyani ta‘sirini tahlil qilish
37
35
Reklama
e‘lonlari
samarador-
ligining tahlil qilish
86
67
Avvalambor, yangi mahsulotlarni yaratib olmoq lozim. Keyin yangi tovarga
xaridorlarning munosabatini o‗rganish lozim. Ya‘ni, tovarning foydalanishi sifati
qanchalik darajada iste‘molchi talabiga javob berishi aniqlanadi. Bunday tekshirish
faqatgina o‗z mahsuloti ustidangina emas, shu bilan birga raqobatchi firma mahsuloti
yuzasidan ham amalga oshiriladi. Xaridorning mahsulot ta‘mi, xidi, rangi, o‗lchami,
fasoni, mustahkamligi, foydalanishdagi qulayligi va boshqa iste‘mol xususiyatlariga
bo‗lgan munosabati maxsus ishlab chiqilgan metodika asosida tahlil qilinadi. Bir vaqtning
o‗zida mahsulotning markasiga, nomiga va uning imidjiga bo‗lgan psixologik munosabat
tadqiq qilinadi va nihoyat, qadoqlash xususiyati, konstruksiyasi, tashqi ko‗rinishi bilan
kishini jalb qilishi, qayta foydalanish imkoniyatlari baholanadi.
Bularning
barchasi
hali
bozorga
chiqarilayotgan
tovarning
marketing
konsepsiyasini yaratish uchun etarli axborotni bermaydi.
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma‘lum bir qismidir, xolos.
Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish
264
mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo‗lgan mahsulotning mumkin bo‗lgan
sotish miqdori;
tovarning iste‘mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining o‗zgarishi
tendensiyasi;
yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o‗zini tutishi, daromad
darajasi bo‗yicha iste‘molchilar
guruhini aniqlash;
assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning
istagini aniqlash;
mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig‗imidagi ulushi (hududlar va
segmentlar bo‗yicha ham);
Ko‗rinib turibdiki, bozor to‗g‗risidagi ma‘lumotlar miqdori katta va turli
xarakterga ega. SHuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining
mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar
bozorni iloji boricha tezroq o‗zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki
raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo‗lishini oldini olish uchun qarshi choralar
ko‗radilar. SHuning ychyn tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari firma tomonidan
sir saqlanadi. Bozorni tadqiq qilish natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing
konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilinganidan so‗ng tovarni sinovli sotishni tashkil
qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‗rnini
aniqlovchi o‗ziga xos omillarning o‗zgarishidir.
Iste‘mol tovarlarini bozorga kiritishdagi marketing dasturining asosiy mo‗ljali,
aholining talabi, didi va xarid qobiliyati hisoblanadi. Mana shular asosida bozor
tadqiqotining asosiy unsurlari aniqlanadi. Iste‘molchilarning talabi to‗g‗risidagi
axborotlarni to‗plash usullari va manbalari rang-barangdir, qayta ishlash, uzatish va
saqlash ob‘ekti bo‗luvchi ma‘lumotlar - axborot bo‗lib hisoblanadi. Talabni o‗rganishda
barcha ma‘lumotlar ham axborot bo‗lib hisoblanmaydi. Faqatgina boshqarish darajasida
qarorlar qabul qilishda ishlatiladigan ma‘lumotlargina axborot hisoblanadi. Axborot
haqqoniy, to‗liq, uzluksiz, aniq va o‗z vaqtida bo‗lishi lozim. Xaqqoniylik talabiga javob
berish uchun to‗plangan axborot, jarayonlar rivojini to‗g‗ri aks ettirishni va aloqalarning
birlamchi va ichki mohiyatini ocha olishi kerak. Masalan, aholi talabini o‗zgarishini
xarakterlovchi katta tovar zaxiralari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hali axborot bo‗lib
hisoblanmaydi. Sotib olish miqdori, savdo korxonalarida u tovarga talabni hisobga olib
jamg‗arilganligini bilish zarur. Bundan tashqari axborot uzluksiz, o‗z vaqtida va etarli
miqdordagi ob‘ektlardan bo‗lishi kerak.
Axborotlarning foydalanishga ma‘qulligi qabul qilinayotgan qarorlar xarakteriga
bog‗liq. Masalan, ma‘lum tovarga talabning oshishi aniq. Savdo korxonasi bu tovarni
ko‗proq olishga qaror qilishi mumkin. Ammo, bundan oldin sotib olish miqdorini
qanchagacha oshishini aniqlash lozim. Bunda esa tovar zaxiralari aholi pul daromadlari va
xarajatlari balansi asosida ishlab chiqiladi.
Aholi to‗g‗risidagi asosiy ma‘lumotlar manbai maxsus aholining ro‗yxatta olish
materiallari hisoblanadi. Savdo statistikasi mamlakat, alohida hududlar, alohida shaharlar
va shahar tipidagi qo‗rg‗onlar, qishloq joylarda ta‘minlangan talab miqdori to‗g‗risida
davlat va kooperativ savdo tashkilotlarida alohida tovar guruhlari va umumiy tovarlarning
sotilishi zaxiralari to‗g‗risida ma‘lumotlarga ega bo‗ladi. Bu ko‗rsatkichlar asosida
mamlakat, alohida shahar va qishloq joylari uchun o‗rtacha bir kishiga to‗g‗ri keladigan
savdo oboroti hisoblanadi. Iste‘molchilar talabi to‗g‗risidagi axborotlar manbai - statistik
265
hisobotlar, oila byudjeti statistikasi ma‘lumotlari, talabni o‗rganish maqsadida savdo va
sanoat korxonalari tomonidan o‗tkazilgan maxsus kuzatishlar natijasi, savdo va sanoat
korxonalarining buxgalteriya va operativ ma‘lumotlari hisoblanadi. Aholi talabini
shakllantirish jarayonini o‗rganishda tovar ishlab chiqarishni, aholining daromadi,
aholining soni va tarkibi, jamg‗armalarni xarakterlovchi statistik hisobotlar talab qilinadi.
Talabni istiqbollashda sanoat statistikasi hisobotlaridan, xalq iste‘mol tovarlari ishlab
chiqarishning darajasi va sur‘ati natural ko‗rsatkichlari tanlanadi.
Daromadlarni xarakterlovchi eng muhim ko‗rsatkichlar jumlasiga quyidagilar:
aholi daromadi, shu jumladan, ishchi va xizmatchilarning ish haqlari, jamoa xo‗jaliklari
mehnatkashlari mehnat haqi, nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar, shaxsiy xo‗jaliklardan
olinadigan daromadlar, ishchi va xizmatchilarning oylik ish haqlari darajasi bo‗yicha
taqsimlanishi hisoblanadi.
Iste‘molchilar talabi to‗g‗risidagi axborotlarning muhim manbai savdodagi
buxgalteriya va operativ hisobining ma‘lumotlaridir (masalan, ulgurji savdo
ko‗rsatkichlari, ichki guruxli assortimentlar bo‗yicha tovarlarning kelib tushishi va
zaxiralarini o‗z ichiga oluvchi ulgurji bozordagi tovarlar harakatining miqdoriy va
summaviy hisobi). Is-te‘molchilar to‗g‗risidagi axborotlarning maxsus manbalaridan
biror-tasi to‗liq va ishonchli tushuncha bermaydi. SHuning uchun barcha ma‘-lumotlardan
kompleks foydalanish va maxsus kuzatish materiallari bilan to‗ldirilishi lozim. Maxsus
tuzatishlar o‗tkazish katta xarajatlar talab qilsada, hali ularning ishonchliligi yuqori emas.
SHuning uchun mutaxassislar axbo-rotlarni boshqa manbalardan olish mumkin bo‗lgan
hollardagina kuzatishlar olib boradilar. Talabni o‗rganishda asosiysi yig‗ilgan
ma‘lumotlar miq-dori emas, balki talab rivojlanishi tendensiyasini xarakterlovchi asosiy
ko‗rsatkichlarni qamrab olish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: