Toshkent moliya instituti "menejmet" kafedrasi "menejment"


Marketing tadqiqotlari o„tkazishning turlari



Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/750
Sana31.12.2021
Hajmi8,39 Mb.
#235710
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   750
Bog'liq
Menejment barcha fak. UMK 2020

 

3. Marketing tadqiqotlari o„tkazishning turlari  

va usullari 

Foydalaniladigan  axborotlar  tartibi,  uni  olish  usullari  hamda  o‗tkazish  usullari 

jihatidan marketing tadqiqotlarini bir necha turga bo‗lish mumkin. 

«Kabinet»  tadqiqotlari  ikkilamchi  ma‘lumotlar  to‗plash  maqsadida  rasmiy  bosma 

axborot  manbalari  asosida  amalga  oshiriladi.  Bunday  ishlar  mavjud  axborotni  tartibga 

solish,  keyingi  marketing  tadqiqotlariga  zarur  bo‗ladigan  ma‘lumotlar  doirasini 

anio‗lashda  foydalaniladi,  umumxo‗jalik  kon‘yukturasi  holati  va  ayrim  bozorlar 

taraqqiyot  yo‗nalishlari,  ayrim  mamlakatlardagi  iqtisodiyot  ahvoli,  o‗rganiladigan 

masalalar  bo‗yicha  statitistik  ma‘lumotlar  to‗g‗risida  umumiy  tasavvurlar  beradi.  Ichki 

firma  materiallari  hisobotlar  hukumat  muassasalari  materiallari  tashkilotlar  savdo 

uyushmalari  nashrlari,  jurnallari,  tashkilot  tadqi-qotlari  dokladlari  axborot  manbalari 

bo‗lib xizmat qiladi. «Kabinet» tadqiqotlari qimmatga tushmaydi va qiziqtirgan masalalar 

bo‗yicha qisqa muddatda javob olish imkonini beradi.  

«Dala» tadqiqotlari bozorni o‗z joyida o‗rganishdan iborat bo‗lib, eng murakkab va 

qimmatga  tushadigan,  ammo  to‗liq  axborot  olishning  eng  samarali  usuli  hisoblanadi. 

Birinchi  navbatda  bu  usulning  afzalligi  bevosita  bozorning  talablari,  savdo 

tartibo‗oidalari,  sotish  usullari,  narx  va  bosho‗a  shartlar  bilan  har  tomonlama  tanishish 

imkonini berishdadir. «Dala» tajribalarida boshlang‗ich axborotlar olinadi va ular tartibga 

solinadi,  bu  ma‘lumotlar  qimmatga  tushadi,  lekin  xaridorlarning  firma  mahsulotlariga 

bo‗lgan  talab  va  istaklarini  anio‗  rivojlantirishga  hamda  rahbariyat  tomonidan  bozorda 

narx,  tovarni  sotish,  reklama  va  boshqalar  bo‗yicha  faoliyat  olib  borish  yo‗nalishlarini 

ishlab chio‗ishda tadqiqot xulosalarini e‘tiborga olishga imkoniyat beradi.  




266 

 

«Sinama sotish» usullari bozor hao‗ida zarur ma‘lumotlar yo‗qligida, shuningdek, 



firmaning bozorni har tomonlama o‗rganishga vaqti bo‗lmaganda tadqiq etilayotgan bozor 

uchun  yangi  va  noyob  tovarlarni  sotishda  qo‗llaniladi.  Bunday  savdoda  firma  zarar 

ko‗rish xatariga  yo‗l  qo‗yadi, ammo bu usul muvaffaqqiyat qozonganda  yoki  yutqazgan 

taqdirda ham mahsulotning bozorga kirib kelishi va marketing qulay dasturini belgilashga 

katta ta‘sir ko‗rsatadigan o‗ziga xos omillarni o‗rganishga imkon beradi.  

Har  qanday  marketing  tadqiqotlarni  o‗tkazishda  ikki  asosiy  axborot  manbaidan-

dastlabki hamda ikkilamchi ma‘lumotlardan foydalaniladi. 

Dastlabki  ma‘lumotlarni  kuzatish  tajriba  va  tanlab  tekshirish  usullaridan  biri 

yordamida  yoki  ularni  uyg‗unlashtirgan  holda  to‗plash  mumkin.  Eng  oddiy  usul-

kuzatishdir,  ba‘zida  tadqiqotchi  o‗rganilayotgan  omil  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  jarayonlarni 

bevosita  kuzatib  boradi.  Masalan,  savdo  binolarini  oqilona  rejalashtirish  mao‗sadlarida 

do‗konda  xaridorlar  oqimini  kuzatish.    Tajriba  tadqiqotlar  jami  o‗zgaruvchanliklarni 

tashkil etuvchi bir xil o‗iymatli bir xil guruhlarni, hozir o‗rganilayotgan guruhni mustasno 

etganda qiyoslash yo‗li bilan o‗tkaziladi. 

Tanlab  kuzatishda  keng  omma  munosabatini  belgilaydigan  iste‘-molchilar 

guruhlarini («iste‘molchi paneli») o‗rganish natijasida  oli-nadigan axborotdan  juda keng 

foydalaniladi.  «Iste‘molchilar  paneli»  deganda  odatda  ko‗p  marta  tadqiqotlar  uchun 

maxsus  tanlab  olingan,  sinaladigan  kishilar  majmui  tushuniladi.  Bunday  tadqiqotlar 

muntazam davriylikda odatda bir predmet doirasida o‗tkaziladi. «Iste‘molchilar panelini» 

o‗rganishdan  asosiy  maqsad  xaridorlar  o‗ilgan  xaridlar  to‗g‗ri-sida  axborot  olishdir. 

SHunday qilib iste‘mol miqdori va tuzilmasini aniqlash, yangi mahsulotlarni sinash, turli 

davriy  nashrlarning  radio  va  televizion  eshittirish  va  ko‗rsatuvlarining  ommaviyligi, 

reklama  vosita-larini  qo‗llashning  samradorligi  va  boshqalarni  aniqlash  mumkin  bo‗ladi. 

«Iste‘molchilar paneli»ning bozorni tadqiq etishdagi eng muhim ijobiy tomonlaridan biri 

shundaki,  u  qanday  tovarlar  xarid  qilinayotganini  yozma,  og‗zaki  yoki  texnika  vositalari 

bilan  qayd  etish  bilan  chegaralanmaydi,  bal-ki  ayni  paytda  xarid  bilan  bog‗liq  holda 

iste‘molchining  uy  xo‗jaligi,  odatlari  haqida  ham  axborot  beradi.  Bu  esa  iste‘molni 

ijtimoiy-iqtiso-diy  struktura  nuqtasi  nazaridan,  shuningdek,  xaridorlarning  niyat  va 

istaklarini chuqurroq bilishga imkoniyat tug‗diradi.          

Ikkilamchi  manbalar-tadqiqotchi  qo‗l  ostidagi  hamisha  birinchi  nav-batda 

o‗rganilishi lozim bo‗lgan ma‘lumotlardir. Ularga quyidagi bosma nashrlar kiradi: 

 



davriy matbuot-gazetalar, jurnallar, axborotnomalar; 

 



maxsus 

nashrlar-monografiyalar, 

bozorlar 

sharxi, 


savdo 

palatalari 

va 

ishbilarmonlar uyushmalari, bank, firma, reklama agentliklari nashrlari; 



 

davlat  tashkilotlarining  tashqi  savdo  va  boshqa  masalalar  bo‗yicha  hukumat 



ko‗rsatmalari va qonunlari e‘lon qilinadigan to‗plamlari; 

 



statistik ma‘lumotlar; 

 



yirik brokerlik firma axborotlari; 

 



telegraf agentliklari axborotnomalari. 

Matbuot  axborotlaridan  foydalanish  ko‗p  hollarda  o‗rganilayotgan  bozor  haqida 

faqat  umumiy  tasavvur  beradi.  Aniq  qiziqtirgan  savollarga  javob  olish  uchun  hukumat 

muassasalari  savdo  palatalari,  firmaga  mansub  bo‗lgan  uyushma,  xususiy  axborot 

agentliklari va ilmiy tadqiqot firma-larining maxsus ma‘lumotnomalaridan foydalaniladi. 


Download 8,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   750




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish