3. Savdoni tadqiq etish:
ayrim tumanlar bo‗yicha sotilgan mahsulot hajmidagi farqlarni aniqlash. Savdo
tumanlari chegaralarini belgilash va uni qayta ko‗rib chiqish, yangi hududlardagi
yashirin imkoniyatlarni tahlil qilish;
savdo xodimlari ishi samradorligini tahlil etish, tayyor savdo vakilining mijozlar
huzuriga qatnashini rejalashtirish, savdo xodimlarining firma obro‗yi va uning
raqiblari to‗g‗risidagi fikrlarini o‗rganish;
savdo va ko‗rgazma o‗tkazish usullarini tahlil etish va baholash;
taqsimot tarmog‗i yo‗llari, tovarlar harakati usullarini tadqiq etish;
chakana savdo tarmoqlaridagi tovarlar zaxiralarini ro‗yxatdan o‗tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |