YUqorida keltirilgan ro‗yxat to‗liqlikka aslo da‘vo qilmaydi, faqat umumiy
ma‘noda tadqiqot faoliyati uchun chegaralarni bir qadar oydinlashtiradi, xolos. YUqorida
sanab o‗tilgan har bir guruh doirasida aniq tadqiqot tadbirlari bajariladi, ularning soni va
Marketing amaliyotida eng ko‗p tarqalgan ayrim tadqiqot turlarini ko‗rib o‗tamiz.
Talabni o‗rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste‘molchini tahlil
etish»-bozorlar holatini tadqiq etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy
2. Iste‘molchi talabi sabablarini o‗rganish;
3. Qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
Tahlil usullari bankka marketing tadqiqotlar o‗kazishning zamonaviy uslublarini,
mahsulot bo‗yicha hamda korxona bo‗yicha ishlab chiqilgan marketing dasturi, axborotni
tahlil etishning zamonaviy usullarini o‗z ichiga oladi. Ular tanlab olingan ma‘lumotlar
bilan ularning statistik jihatdan ishonchli bo‗lishi o‗rtasida o‗zaro bog‗lanishni, asosiy
o‗zgarishlarni aniqlash, bu o‗zgarishlarning kamayishi yoki ko‗payishi, mahsulot ishlab
262
chiqarish va uni sotishga ko‗rsatadigan ta‘sirini belgilash, shuningdek ulardan har birining
boshqarish tarkibidagi muhimlik darajasini oydinlashtirishga imkon beradi.
Andaza modellar banki - marketingning matematik modellari to‗plami bo‗lib,
shartli tarzda mavjud bo‗lgan tizim, jarayon yoki natija deb qabul qilinadigan o‗zaro
bog‗liq o‗zgaruvchan miqdorlar majmuidan iborat. Andaza modellar javob olishni
osonlashtiradi. Keyingi yigirma yil davomida chet el marketingida sohalari uzluksiz holda
yangilanib, to‗ldirib turiladigan juda ko‗p, xilma-xil modellar yaratildi. Andaza
modellardan foydalanish harakat strategiyasiga oid juda ko‗p echimlarni olish, tang
ahvoldan chiqish yo‗llarini topish, bozorni segmentlash, narx o‗sishi, yangi tovarlarning
sotilishini bashorat qilish, reklama kompleksini tuzish kabi imkoniyatlarni beradi.
Yordamchi tizimlar - marketing tadqiqotlari va marketing tahlili - yagona
marketing axboroti tizimining eng murakkab tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa
iqtisodiyotimiz sharoitida ularni tashkil etish nuqtai nazaridan bu fikrni dadilroq aytmoq
lozim. Respublikamizdagi korxonalar xo‗jalik faoliyati tajribasi shuni ko‗rsatadiki,
ularning birontasida ham to‗liq shakllangan marketing tadqiqotlari va tahlili kompleksi
yo‗q. Bozorni o‗rganish reklamaning ayrim tarkibiy qismlari hali xaridorga ma‘lum
bo‗lmagan yangi mahsulot ishlab chiqarishga. tayyorgarlik ko‗rilayotgan joylarda paydo
bo‗lmoqda. Ochiq oydin ko‗rinmaydigan marketing tadqiqotlari ishlab chiqarish, savdo
xodimlari, konstruktorlar, loyihachilar tomonidan mustaqil tarzda boshlandi. Tijorat -
axborot markazlari, marketing, konsalting xizmatlari soni o‗sib bormoqda. Ular
tayyorlagan materiallar qimmatligi hamda sifatining talabga javob bermasligi bilan ajralib
turadi. Ammo hozir bizning iqtisodiyotimiz uchun mustaqil axborot xiz-matlarini
rivojlantirish, ularning faoliyatini tartibga solish, sog‗lom raqobatni yo‗lga qo‗yish eng
muhim masalalardan biridir. Respublikada axborot xizmatlari uyushmasini tashkil etish
har qanday tashkilot ishining malaka va mahorat darajasini kafolatlashi mumkin.
Marketing tadqiqotlarini o‗tkazishga chet el firma va kompaniyalari katta
mablag‗lar sarflaydi. Masalan, AQSHda yillik sotish hajmi 25 mln. dollar bo‗lgan
kompaniyalar o‗z marketing byudjetlarining 3.5 foizga yaqinini marketing tadqiqotlariga
sarflaydi. Iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish vositalari
etkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko‗proq, mablag‗ sarflaydilar. Buni
quyi-dagi jadvalda (24-jadval) ham ko‗rishimiz mumkin.
Jadvalda keltirilgan ma‘lumotlar hozirgi kunda ham o‗z kuchini yo‗qotgani yo‗q.
Bozor bir qarashda oddiy bir tizimini tashkil etsa-da, haqiqatda esa bunday emas. CHunki
uning barcha unsurlari doim harakatda bo‗ladi. Shuning uchun bozorda yuz berayotgan
barcha o‗zgarishlar, unda vujudga kelgan mutanosibliklarni o‗rganmasdan turib bozorda
ish yuritish mumkin emas.
Kompaniya yoki firma (korxona) bozorni o‗zlashtirishdan oldin, albat-ta,
kompleks tadqiqotlar o‗tkazadi va unga katta mablag‗ sarflaydi. Kerakli izlanishlarni
o‗tkazmasdan tavakkal qilish yaramaydi. Bozor raqobati sharoitida tijorat tavakkalchiligi
juda yuqori va qimmatlidir. Korxona marketing xizmati bo‗limlarida tovar yoki xizmatni
bozorga kiritish, unga bo‗lgan talab va iste‘mol darajasi, ishlab chiqarish va sotish
sharoitlari to‗g‗risida juda katta miqdordagi axborot to‗planadi va tahlil qilinadi.
Marketing xizmati tomonidan qanchalik katta miqdordagi murakkab axborotlarni
to‗plash, kayta ishlash va tahlil qilish lozimligini tushunish uchun, mahsulot iste‘mol
xususiyatlarini tadqiq qilish texnologiyasi miso-lini ko‗rib chiqish etarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: