Toshkent moliya instituti "menejmet" kafedrasi "menejment"


-rasm. Marketing faoliyatining nazorati



Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/750
Sana31.12.2021
Hajmi8,39 Mb.
#235710
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   750
Bog'liq
Menejment barcha fak. UMK 2020

41-rasm. Marketing faoliyatining nazorati 

Marketingning  nazorati  va  taftishining  asosiy  vazifasi  korxonalar, 

assotsiatsiyalarning 

ishlab 


chiqarish, 

sotish 


va 

ilmiy-texnik 

faoliyati 

samaradorligini oshirishdan iboratdir. 

Qoidaga ko‘ra, marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

-sotishni amalga oshirish va uni imkoniyatlari ustidan nazorat; 

-foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili

-strategik nazorat va marketingning taftishi. 

Sotish  faoliyatini  nazorat  qilish  haqiqiy  sotish  va  ular  tendensiyalarini 

rejalashtirilgan  ko‘rsatkichlari  bilan  taqqoslashda  hisobga  olish  yo‘li  bilan  amalga 

oshiriladi. 

Foydalilikni  nazorat  qilish  va  marketing  xarajatlarini  tahlil  qilish  alohida 

tovarlar,  ularning  assortiment  guruhlari,  bozor  segmentlari,  xududlari,  savdo 

kanallari,  reklama  vositalari,  savdo  xodimlari  va  boshqalar  bo‘yicha  amalga 

oshiriladi.  Marketingning  strategik  nazorati  va  tahlili  korxona  ishlab  chiqarish, 

sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini 

aniqlash  maqsadida  asosiy  vazifalar,  strategiyalar,  marketing  tezkor  tadbirlari  va 

marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi. 

Marketingning  taftishi,  qoidaga  ko‘ra,  o‘z  ichiga  marketingning  makro  va 

mikro  muhiti,  marketing  xazmatlarini  faoliyat  yuritish  samaradorligining  tahlilini, 

hamda  marketing  siyosati:  tovar,  narx,  reklama,  xodimlarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Nazoratni  tashkil  qilish  korxonaning  kattaligi,  xodimlarning  malakasi,  nazorat 

vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Siltijitish  Miksi  va  Byudjetini  Aniqlash.Biz  bu  yerda  aniq  iste‘molchilarga 

reja  va  jo‘natma  xabarlarni  ko‘rib  chiqamiz.  Ammo  kompaniya  qanday  qilib 

siljitish  dasturlari  uchun  ajratilishi  lozim  bo‘lgan  jami  budjet  miqdorini  aniqlashi 

mumkin?  Bu  byudjet  vositalarini  siljitish  miksi  elementlarini  yaratishga  qancha 

miqdorda sarflash kerak? Bu jarayongacha qanday aralashmalar yig‘iladi marketing 

Marketing faoliyatining nazorati 

asosiy maqsadlari 

maqsadlarga erishish darajasini belgilash 

yaxshilanish imkoniyatini aniqlash 

korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit 

o‘zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash 

mahsulotlarni  sotish  ustidan  nazorat  qilish,  sotish  imkoniyatlarini  tahlil  qilish, 

tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil 

qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.

 

 




257 

 

aloqasida? Biz hozir busavollarni qarab chiqamiz. 



Umumiy  Budjet  Miqdorini  Aniqlash.Eng  asosiy  marketing  qarorlaridan  biri 

siljitish  dasturlariga  qancha  mablag‘  sarflashda.  John  Wanamaker,  yirik 

gipermarketlar  egasi  bir  vaqtlar  shunday  degandi:  ―Men  reklamalarimning 

sarflanayotgan  mablag‘ning  yarmi  behuda  ketayotganligini  bilaman‖.  Turli 

kompaniyalar  siljitish  maqsadlari  uchun  turli  miqdorda  mablag‘  sarflaydilar. 

Amaliyotda  bu  miqdor  o‘rtacha  olganda  umumiy  savdo  hajmining  10-12%  ni 

tashkil yetadi. 

Kompaniya  qanday  qilib  o‘zining  promotion  budjetini  aniqlashi  kerak?  Bu 

yerda 4 ta odatiy metod bor. Bular quyidagilar: qurbi yetish metodi (the affordable 

method), sotish foizi metodi (the percentage-of-sales method), teng raqobat metodi 

(the  competitive-  parity  method)  hamda  maqsad  va  vazifa  metodi  (the  objective-

and-task method). 

Qurbi  Yetish  Metodi.Bu  metoddan  asosan  kichik  biznes  vakillari 

foydalanishadi,  chunki  ularda  katta  reklamalar  uchun  yetarli  mablag‘  mavjud 

bo‘lmaydi. Ular avval umumiy daromaddan boshlaydi, xarajatlarni va daromadlarni 

ayirib tashlaydi va keyin reklamalar uchun asosiy mablag‘ni qismlarga bo‘lishadi. 

Ammo  bu  metod  budjetni  to‘liq  joylashtira  olmaydi.  Chunki  u  siljitishni 

oxirigi  o‘ringa  qo‘yadi, natijada  reklama  yaxshi chiqmaydi.  Keyinchalik budjetga 

bog‘liq bir qancha muammolar paydo bo‘ladi.  

Sotish  Foizi  Metodi.Siljitish  maqsadlari  uchun  oldindan  prognozlashtirilgan 

foizlar  asosida  aniq  budjet  mablag‘i  ajratiladi  yoki  ular  qancha  pul  sarflanishini 

sotish narxini qismli foizlarga bo‘ladi. Bu metod har qism foydasi, sotish narxi va 

siljitishga sarf uchun foydalanishni boshqarishda yordam beradi.  

Yuqoridagi qulayliklarga qaramasdan, bu metodning bir necha kamchiliklari 

ham  mavjud,  ya‘ni  siljitishning  sababi  savdogarlar  uchun  uning  natijasiga 

qaraganda biroz xatoroq tuyiladi. Tadqiqotlar  natijasida siljitishga qilingan sarf va 

kuchli brend o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi ko‘rinadi. Bu bog‘liqlik tez-tez sabab 

va  natijaga  yoki  ularning  bo‘lmasligiga  o‘zgarib  turadi.  Kuchli    brendda  sotish 

natijasida byudjetga katta mablag‘lar tusha boshlaydi. 

Byudjet yilma yil ko‘payib boradigan tizim uni oldindan rejalashtirish qiyin. 

Demak bu metod aniq foizlarni o‘lchash uchun tavsiya etilmaydi. 

Teng raqobat metodi 

Bu metodning asosi raqobatchilarning sarmoyasi bilan o‘zining sarmoyasini 

tengligini  o‘lchashda  namoyon  bo‘ladi.  Ular  raqobatchilarining  har  bir  harakatini 

nazorat  qilib  turadi.  Bu  metodda  ikki  faktdan  foydalaniladi:  birinchisi, 

raqobatchilarning  byudjetini  sanoatning  kollektiv  donoligi  bilan  tasvirlash, 

ikkinchisi,  raqobatchilar  turli  xil  nizolarning  oldini  olish  uchun  qilingan  sarf-

xarajatlarga  yordamlashish.  Ammo  bu  faktlar  qonuniy  kuchga  ega  emas. 

Kompaniyalar  bir-biridan  turlicha  farq  qiladi  va  har  birining  o‘ziga  xos  siljitishga 

zarurati bor.  

Maqsad va Vazifa Metodi 

Eng mantiqiy budjet metodi maqsad va vazifa metodidir. Bu metodga ko‘ra, 

kompaniya  byudjetni  siljitish  orqali  nimalarga  erishmoqchi  bo‘lganidan  kelib 

chiqib  belgilaydi  va  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:  siljitish  dasturlarining  aniq 




258 

 

maqsadlarini  belgilsh  (1),  ushbu  maqsadlarning  kelib  chiqib  tegishli  vazifalar 



belgilash  (2)  va  bu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  ketishi  mumkin  bo‘lgan 

taxminiy  xarajatlarni  aniqlash.  Bu  mablag‘ning  umumiy  miqdorining  yig‘indisi 

siljitish budgetni taxminiy aniqlashga yordam beradi.  

Bu  metodning  afzalligi  dollarlar  sarfi  va  siljitish  natijasi  o‘rtasidagi 

bo‘gliqlikni  taxminiy  tushunchani  markazlashtirishga  olib  keladi.  Biroq  bu 

metoddan  foydalanish  biroz  mushkul,  chunki  belgilangan  maqsadlarga  erishish 

uchun  bajarilishi  lozim  bo‘lgan  aniq  vazifalarni  belgilab  olish  anchayin  qiyin 

bo‘lishi mumkin. Masalan, tasavvur qiling, ―Samsung‖ kompaniyasi o‘zining yangi 

videokamerasi siljitish bo‘yicha dastur amalga oshirmoqchi va unga ko‘ra, reklama 

qilish  boshlangach  dastlabki  6  oy  mobaynidagi  95%  iste‘molchilar  yangi 

videokamera  haqida  bilishlarini  xohlaydi.  Buning  uchun  ―Samsung‖  qanday 

maxsus  reklamadan  yoki  mediyadan  foydalanishi  kerak?  Bunga  qancha  mablag‘ 

sarflanadi?  Bunday  savollarga  javob  berish  mushkul  bo‘lsa-da,  ―Samsung‖ 

menejmenti bu savollarni albatta o‘rganib chiqishi lozim. 

Umumiy Siljitish Miksini Shakllantirish. 

Integratsilashgan 

marketing 

kommunikatsiyasi 

konsensiyaga  ko‘ra, 

kompaniya  siljitish  miksi  vositalarini  ehtiyotkorlik  bilan  qo‘llashi  kerak.  Ammo 

qaysi  siljitish  vositasidan  foydalnish  kerakligini  qanday  aniqlash  mumkin?  Turli 

kompaniyalar  turli  siljitish  vositalarini  qo‘llaydilar.  Masalan,  kosmetika  ishlab 

chiqaruvchi ―Mary Kay‖ kompaniyasi siljitish mablag‘ining asosiy qismini shaxsiy 

sotuv  va  bevosita  marketing  uchun  sarflaydi,  uning  raqobatchisi  ―CoverGirl‖  esa 

reklama  vositasini  ma‘qul  ko‘radi.  Quyida  kompaniyalar  nega  ayna  u  yoki  bu 

siljitish vositasini tanlayotganliklari o‘rganib chiqiladi. 

Har Bir Siljitish Vositasining Sharhi. Har bir vosita o‘ziga xos jihatlarga ega, 

shuningdek,  talab  etadigan  xarajatlar  miqdori  ham  turlicha.  Kompaniyalaridagi 

siljitish miksini to‘g‘ri shakllantirish uchun marketing mutaxassislari bu jihatlarni 

tushunishlari darkor. 

 

 


Download 8,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   750




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish