Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova


Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-



Download 35,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/388
Sana22.07.2022
Hajmi35,35 Mb.
#836241
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   388
Bog'liq
Рахимов М Й Каландарова Н Н Молиявий тахлил 2019

12.8. Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha
boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Iqtisodiyot real sektor korxonalarining kapitallashuv darajasini 
yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy 
nochor korxonalami moliyaviy sog'lomlashtirish, ulami boshqaruvining 
takomillashtirish iqtisodiy islohotlaming muhim yo'nalishlaridan biri 
hisoblanadi.
Xo'jalik 
subyektlarini 
moliyaviy 
sog'lomlashtirish, 
ulaming 
moliyaviy 
holatini yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar 
ko'rishni talab etadi. Buning muhim yechimiga kelishda ichki 
imkoniyatlami ishga solish doimo ham kutgan natijalarni bermasligi va 
bu jarayon uzoq davom etishini hisobga oladigan bo'lsak asosiy manba
sifatida tashqi manbalarga tayanishga, ularni ishga soiishning puxta
%
o'ylangan strategiyasi va taktik rejasini belgilashni, loyihalarni chuqur 
tahliliy asoslashni talab etmoqda. Shu bilan birgalikda, ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash 
yoki 
texnik 
texnologik 
qayta
660


rivojlantirish afsuski barchada bir xilda kechadigan, yechim topadigan 
jarayon emas.
Korxonalami moliyaviy sogiomlashtirish ishlarida Davlat raqobat 
Qo‘mitasi tomonidan joylardagi mahalliy hokimliklar, tijorat banklari 
bilan birgalikda kam quvvat bilan ishlayotgan korxonalami ish hajmini 
o‘stirish, bo‘sh turgan obyektlar negizida yangi faoliyat turlarini y o ig a
qo‘yish shaklida amalga oshirish va bu borada amalga oshirilayotgan 
ishlar samaradorligiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Quvvatlardan 
foydalanish darajasini oshirish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni 
belgilashda ham shunday y o i tutish lozimki, bunda birinchi navbatda 
yangi, innovatsion, raqobatdosh mahsulotlami yaratishga va ulami 
keyinchalik xorijga sotish ishlarini y o ig a qo‘yishni maqsad qilgan, 
tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilgan iqtisodni y o ig a qo‘yishga 
muhim ahamiyat berish zarur.
Amalga 
oshirilayotgan 
moliyalashtirishlar 
avvalo, 
tijorat 
banklarining resurslari hissasiga to4g 4ri keladi. Shu sababli ham 
loyihalar samaradorligini baholash va uni oqlanishini baholash 
yuzasidan qator banklar qoshida maxsus guruhlar ish faoliyati y o ig a
qo‘yilgan.
«NBU Investment», «NBU Invest Group», «Asaka Investments», 
«Agroinvest Recovery» va «PSB Industrial Investments» guruhlari 
shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy nochor korxonalar negizida yangidan 
tashkil etilgan korxonalar ro4yxatdan o ig a n kundan boshlab 3 yilgacha 
qo‘shilgan qiymat soligi, mol-mulk so lig i, er soligi, daromad so lig i 
ya yagona soliqdan ozod etilganligi, ushbu soliq imtiyozlarining yangi 
mulkdorlarga ham 3 yilgacha amal qilinishi tartiblari belgilangan.
Shuningdek, ular 2019 yil 1 apreliga qadar ishlab chiqarishni 
modemizatsiyalash va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, 
material 
va 
butlovchi 
qismlar 
bojxona 
toiovlaridan (bojxona 
rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashqari) ozod qilindi.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda har yili 5-10 foiz korxona iqtisodiy 
nochor deb tan olinib, ulaming ish faoliyati to4xtatiladi. Lekin
661


1
O'zbekiston amaliyoti bu daraja nihoyatda kam. Bankrot deb tan olingan 
korxonalar soni jami korxonalar sonining 1 foizini ham tashkil etmaydi. 
Shunday ekan bu bilan nega bunchalik chuqur qayg'urishimiz zarur. Bu 
yechimi juda sodda. Agar bitta korxona iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 
yopiladigan bo'lsa, undan faqat shu korxona mulkdorlarigina emas, 
balki butun jamoa va butun jamiyat ziyon ko'radi. O'zi, shunday ham 
ish bilan bandlik va mahsulot ishlab chiqarish hajmini o'sishi muammo 
bo‘lib turgan bir pay tda yangilar qatorini hisobdan chiqarilgan eskilar 
bilan to'ldirishdan hech kimga naf bermaydi. Shu sababli birinchi 
navbatda iqtisodiy tanglikka tushgan korxonalami birinchi navbatda 
qo'llab quvvatlash chora-tadbirlarini ko'rish lozim.
Iqtisodiy, moliyaviy tanglikni yuzaga keltirayotgan sabablami aniq 
o'rganib chiqsak, 
ulaming muhimlarini belgilasak, korxonalarni 
moliyaviy sog'lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko'rish mumkin.
To'lovga qodir bo'lmagan xo'jalik yurituvchi subyektlarning 
bankrotlik 
mexanizmini 
shakllantirish 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning muhim shartidir. Ushbu mexanizm yordamida ayrim 
samarasiz 
faoliyatlami 
to'xtatish, 
noqobil 
xo'jalik 
yurituvchi 
subyektlarni tugatish, ijtimoiy jihatdan muhim va daromad keltiradigan 
korxonalami saqlab qolish, mulkchilik munosabatlari barqarorligini 
ta ’minlash, ish bilan bandlikni kafolatlash singari hayotiy muhim 
tadbirlar amalga oshiriladi.
Bankrotlik taomilini qo'llashdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad 
muayyan korxonani inqirozdan moddiy va moliyaviy sog'lomlashtirish 
yo'liga o'tkazish va bu jarayonni imkon qadar tez va mukammal amalga 
oshirish ekanligini yuqorida eslatdik. Ammo alohida muhim hisoblangan 
boshqa bir dolzarb masala ham borki, aslida bankrotlikning joriy 
etilishiga aynan shu holat sababchi va undan kelib chiquvchi vazifa 
dastavval ana shu salbiy vaziyatni bartaraf qilishdan iborat. Gap 
qarzdorlikni tugatish, kreditorlar talabini qondirish haqida ketmoqda.
Moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha taklif etilayotgan chora- 
tadbirlar ijobiy natijalar bermaydigan korxonalami «nolga teng qiymat» 
bo'yicha xususiy tadbirkorlarga sotilishi zarur.
662


0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda PF- 
5022-sonli “Iqtisodiy korxonalami qo4llab-quvvatlash mexanizmlarini 
yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk 
obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni 
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g trisida”gi Farmon qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan tijorat banklari ular tomonidan avval taqdim 
qilingan kreditlaming qaytarilmasligi natijasida mulk sifatida qabul 
qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida bank va uning boshqaruv 
korxonalarining ishtirok ulushi 100 foizgacha bo‘lgan yangi korxonalar 
tashkil etish huquqi berildi.
2017 yilning 1 iyulidan boshlab bankrot korxonalarni tijorat 
banklariga sotish tanlov savdolarida amalga oshirilishi, bunda tijorat 
banklari o‘rtasida kim oshdi savdolari o'tkazilmasligi belgilangandi.
Banklar iqtisodiy nochor, zarar ko'rib ishlayotgan va past rentabelli 
korxonalami moliyaviy sog4lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning 
amalga oshirilishi va ular bo‘yicha xulosalami xukumat komissiyasiga 
kiritishi lozim.
Xukumat komissiyasining asosiy vazifalari hamda vakolatlariga 
quyidagilar kiradi:
- iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli 
korxonalami moliyaviy sog‘lomlashtirish bo'yicha kompleks chora- 
tadbirlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- bankrot korxonalaming mulklari hamda avval taqdim qilingan 
kreditlaming qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul 
qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan 
investitsiya loyihalarining “yo‘l xaritalari” va tarmoq jadvallarini
tasdiqlash;
- konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan 
bankrot korxonalar ro‘yxatini aniqlash;
tijorat 
banklari 
tomonidan 
korxonani 
qayta 
tiklash, 
modemizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi 
bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni 
ta’minlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga
663


bankrot korxonalami sotish bo‘yicha tanlov savdolarining shartlari va 
natijalarini tasdiqlash;
- bankrot korxonalaming investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan 
holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish bo‘yicha tanlov 
savdolarini o4kazish va qaror qabul qilish;
- qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari 
tomonidan bajarilishi, korxonalami moliyaviy sogiomlashtirish va 
avval taqdim qilingan kreditlaming qaytarilmasligi natijasida tijorat 
banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida 
yangi ishlab chiqarishlaming tashkil etilishi hamda ulami keyinchalik 
yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib 
chiqish;
- tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va 
investitsiya kiritish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada 
nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni o'rnatilgan 
tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish;
- tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda 
investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish 
faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarini 
bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini 
o‘matilgan tartibda bekor qilish to‘g ‘risida qaror qabul qilish.

Download 35,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish