LK = PM + KMI + DQ – MO‘DQ / JM
Likvidlilik koeffitsiyenti (LK) pul mablag‘lari (PM), qisqa muddatli investitsiyalar (QMI), debitorlik qarzlari (DQ) va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar (MO‘DQ) ayirmasining joriy mabjuriyatlarga (JM) nisbati sifatida hisoblanadi.
Korxonaning kreditga layoqatliligini likvidlilik koeffitsiyenti orqali baholash
№
|
Mezon (kriteriy)ning chegarasi
|
Ball
|
1
|
LK > 1,5
|
15
|
2
|
1,5 > LK > 1
|
10
|
3
|
1 > LK > 0,5
|
3
|
4
|
LK < 0,5
|
0
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning likvidlilik koeffitsiyentini tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Davr boshi
|
Davr oxiri
|
Farqi (+;-)
|
Pul mablag‘lari
|
171 917 383
|
468 669 767
|
296 752 384
|
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
|
117 495 315
|
160 480 738
|
42 985 423
|
Debitorlik majburiyatlari
|
503 338 335
|
1 566 042 404
|
1 062 704 069
|
Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlari
|
-
|
-
|
-
|
Joriy majburiyatlar
|
776 820 046
|
1 848 646 840
|
1 071 826 794
|
Likvidlilik koeffitsiyenti
|
1,020
|
1,187
|
0,167
|
Likvidlilik koeffitsiyenti davr boshiga 1,020ni davr oxiriga kelib 1,187ni tashkil qilgan. Mutlaq o‘zgarishi 0,167 ga teng bo‘lgan. Qoplash koeffitsiyentini davr boshiga ham, davr oxiriga ham 10 ball bilan baholash mumkin.
3. Mustaqillik koeffitsiyenti
Mustaqillik koeffitsiyenti (MK) xususiy kapitalni (XK) korxona balansi passivlari umumiy yakuniga (BJ) bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi va korxona mablag‘larining qarzga olinadigan manbalaridan mustaqilligini aks ettiradi:
MK = XK / BJ
Ushbu ko‘rsatkichning qiymati 30% dan kam bo‘lmasligi zarur. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi yuqoriligida va xo‘jalik subyekti faoliyatining xarakteriga bog‘liq holda ushbu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yiladigan darajasi birmuncha pastroq bo‘lishi mumkin.
Agar ushbu koeffitsiyent 15% dan past bo‘lsa, kredit tavakkali eng yuqori deb hisoblanadi.
Korxonaning kreditga layoqatliligini mustaqillik koeffitsiyenti orqali baholash
№
|
Mezon (kriteriy)ning chegarasi
|
Ball
|
1
|
MK > 60%
|
12
|
2
|
60% > MK > 30%
|
8
|
3
|
30% > MK > 15%
|
3
|
4
|
MK < 15%
|
0
|
-jadval
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning mustaqillik koeffitsiyentini tahlili
Mustaqillik koeffitsiyenti davr boshida 0,586ga, davr oxirida 0,417ga teng bo‘lgan. Mutlaq o‘zgarishi -0,169ga teng bo‘lgan. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyentini 8 ball bilan baholash mumkin.
Agar kreditni to‘lay olish qobiliyatining yuqoridagi uchta ko‘rsatkichi hisoblab chiqilgandan keyin natijalar yig‘indisi 9 balldan kamni tashkil etsa, bunday korxonaga kredit berilmaydi.
Agar ballar summasi 9 dan 19 ballgacha bo‘lsa, bunday korxona kreditni to‘lay olmaydigan hisoblanadi va faqat alohida hollardagina yuqori likvidli aktivlar bilan ta’minlangan holda kredit berilishi mumkin.
Hatto mustaqillik koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan hollarda ham korxona xususiy mablag‘larining anchagina qismi uzoq muddatli aktivlarga qo‘yilgan bo‘lishi va aylanma aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar va ishlab chiqarish xarajatlarini shakllantirishda yetarli darajada qatnasha olmasligi mumkin. Shuning uchun korxonaning kreditga layoqatliligini baholashda uning o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi (O‘AMM)ni ham ko‘rib chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |