Toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti loyihalarni


rasm. Investitsiya loyihalarida sof foydaning shakllanish mexanizmi14



Download 146,64 Kb.
bet19/28
Sana03.06.2022
Hajmi146,64 Kb.
#631699
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
Karimqulov BMI uz cd153

rasm. Investitsiya loyihalarida sof foydaning shakllanish mexanizmi14







14 Yig'ma materiallar asosida muallif tomonidan shakllantirildi
Umuman olganda, investitsiya loyihalarini loyihaviy tahlil qilish tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va samaradorligini ta'minlashning bosh kafolati hisoblanadi.


    1. Tijorat banklarida investitsiyalarni loyihaviy tahlil qilish uslubiyoti


Har qanday investitsiya loyihasida uning loyihaviy tahlilini amalga oshirish loyihani ishlab chiqishdan boshlab to uni amalga oshirgunga qadar bo'lgan davrda olib boriladi. Bunda bajariladigan asosiy ish loyihalarni texnik- iqtisodiy asoslash ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlash va asoslashda ahamiyatga ega. Investitsiya loyihalarini loyihaviy tahlil qilishda loyihalarni kompleks texnik-iqtisodiy asoslash loyiha samaradorligi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishining muhim shartlaridan biridir.


Tijorat banklari investitsiya loyihaviy tahlil qilishda va ularni moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashda quyidagi formulalardan foylanadi:
Investitsiyalarni qoplash muddatini hisoblash usuli (PP), Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo'lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko'ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan.
Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
PP I0
CF ()



bu erda, I0 – boshlang'ich investitsiyalar: CFt () - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlashning sof joriy qiymat usuli asosida baholash (NPV), Sof joriy qiymat – investitsiyalash ob'ektidan foydalanish davrida oldindan qat'iy belgilangan va o'zgarmas foiz stavkasi (me'yori)da olinadigan daromadlar va qilinadigan xarajatlarning alohida
muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarining diskontlashtirilishi yo'li bilan olingan va ular o'rtasidagi farqni ifodalovchi qiymat.
Uni hisoblash formulasi quyidagicha:

NPV
CF1
CF2
...
CFt
I  n
CFt I



1 k 1
1 k 2
1 k t
0 t 1 1 k t 0

bu erda, NPV – sof joriy qiymat; k – diskontlash stavkasi; I0 – boshlang'ich investitsiya; CFt - t davr oxirida kelib tushgan pul oqimi.


Investitsiya rentabelligi RI - qilingan xar bir so'm investitsiyaga qanday darajada foyda olinganligini, yoki investor boyligi qanchaga ko'payganini ifodalaydigan ko'rsatkichdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagicha:

PI n
CFt / n It


tt

tt
11 k 11 k
I0 - dastlabki investitsiya summasi; CF - pul tushumlari; t – davr.

Shuni ham ta'kidlash joizki, investitsion loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash bir necha bosqichda amalga oshirilib, ular o'zaro bog'liq holda ketma- ketlikda amalga oshirilishi ham loyihaning sifatli ishlab chiqilishiga xizmat qiladi. Biz uning o'zaro bog'liqligini quyidagi chizma orqali ifodaladik.


Bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish bo'yicha uslubiyot yaratilgan bo'lib, ular hozirgi zamon talablariga javob beradi hamda xorijiy davlatlar tajribalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. O'z navbatida, investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash quyidagi bo'limlardan tashkil topgan: kirish; loyihadagi operatsiyalar; loyihaning afzalliklari va foydaliligi; loyiha ta'sischilari va homiylari; loyiha bo'yicha bitimlar qiymati; loyihaning moliyalashtirish rejasi; loyihadagi xom ashyo va boshqa xarajatlar; loyiha bo'yicha tovar va xizmatlar, sotish bozorlari; loyihaning tashkiliy masalalari; loyiha bo'yicha mulk va uskunalarni sug'urtalash; loyiha bo'yicha atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ma'lumotlar; loyiha bo'yicha qonun va qoidalar; loyiha bo'yicha texnologiya va uskuna; loyihani kreditlashda banklarning o'rni; loyiha bo'yicha kafolatlar; loyiha quvvati va uning yillar bo'yicha o'zlashtirilishi;

loyihadagi tayyor mahsulotning yillar bo'yicha sotilishi; loyiha bo'yicha xarajatlar; loyiha bo'yicha kredit to'lovlari va foizlarning yillar bo'yicha hisob- kitobi; loyiha bo'yicha daromadlar jadvali; loyiha bo'yicha joriy aktivlar va passivlarning, aylanma kapitalning hisob-kitobi; loyiha bo'yicha pul oqimi hisob-kitobi.











  1. rasm. Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash bosqichlari va ularning o’zaro bog’liqligi15





  1. Kirish qismida qarz oluvchi korxona to'g'risida ma'lumot, biznesdagi maqsadi, biznesining imkoniyatlari va ularni amalga oshirish strategiyasi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sotilishi kutilayotgan bozorlar holati, raqobatchilari, moliyaviy natijalari hamda talab qilinayotgan investitsiyalar summasi haqidagi ma'lumotlar mavjud bo'lishi va taqdim etilishi kerak. Shuningdek, korxona nomi, yuridik manzili, bank rekvizitlari, qarz oluvchining asosiy faoliyati hamda




15 Yig'ma materiallar asosida muallif tomonidan shakllantirildi
xorijiy hamkorlar to'g'risidagi ma'lumotlar batafsil ko'rsatilishi kerak.

  1. Bu bo'limda loyiha muhokamasi, uning faoliyat sohasi va mantiqiy ifodasi, amalga oshirish chora-tadbirlari, loyihaning yangiligi yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mo'ljallanganligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlari, quvvati, zaif jihatlari, ishlab chiqarishni kengaytirishdan ko'zlangan maqsad va boshqalar to'liq ko'rsatib o'tilishi kerak.

  2. Bu bo'lim qo'shimcha ishchi kuchini va ish o'rinlarini tashkil etish, ekologik vaziyatni yaxshilash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, energiya va yoqilg'ini tejashi, yangi texnologiyalarni qo'llash, zamonaviy boshqaruv tizimini tatbiq etish va nihoyat, loyihaning mahalliy ishlab chiqarish va iqtisodiyot uchun muhimligi jihatidan samaradorligini yoritish vazifalari tahlil qilinadi.

  3. Bunda qarz oluvchi korxonaning yuridik nomi, manzili, bank rekvizitlari, mulkchilik shakli, rahbarlari, xizmatchilari va ularning tajribasi, ta'sischilar va homiylar ish faoliyatining tajribalari to'g'risidagi ma'lumotlar, yillik tovar aylanmasi, aktsiyadorlik kapitali, moliyaviy imkoniyatlari, ko'zda tutilgan moliyaviy qo'yilmalar va risklar, xorijiy hamkorlarning loyihada ishtirok etishining mantiqiy asoslanganligi va ta'sischilarning so'nggi ikki yillik daromadlari va xarajatlari to'g'risidagi hisobot ma'lumotlari hamda auditorlik firmalari xulosalari keltirilishi lozim.

  4. Loyihani amalga oshirish qiymatining hisob-kitobi quyidagilarni qamrab oladi: baholash qiymati; er, uskuna, montaj ishlari, qurilish va h.k.lar qiymatiga xarajatlarning taqsimlanishi; milliy va xorijiy valyuta xarajatlarining taqsimlanishi va h.k. Bu bo'limda tomonlar o'rtasida tuzilgan bitimda uning qiymati, bitim qiymatining asosliligi, ya'ni xarajatlarning er, uskuna xodimlarni o'qitish, qurilish-montaj ishlari, talab qilingan aylanma kapital va boshlang'ich xarajatlarga bo'linishi hamda ularning bahosi, xarajatlarning milliy va xorijiy valyutada qiymati va tuzilishi, investitsiya xarajatlari kabilar mukammal tarzda aks ettirilgan bo'lishi zarur.

  5. Bu bo'limda loyiha ishtirokchilari va ularning moliyaviy qo'yilmalari

aks etiriladi. Kreditni olish manbalari, mahalliy va xorijiy qarzlar va o'z mablag'lari, loyiha likvidliligini ta'minlash uchun talab qilinuvchi muddat va shartlar, ya'ni qo'yilgan mablag'larning qoplanishi va kreditlarning qaytarilishi uchun qancha muddat va qanday shartlar talab qilinadi. Shuningdek, moliyalashtirish rejasida moliyalashtirishning tarkibiy tuzilishi to'g'risidagi boshlang'ich ma'lumotlar keltiriladi.

  1. Ushbu bo'limda ishlab chiqarish uchun materiallar, resurslar, xom ashyo va ishchilarga ish haqi xarajatlari, energiya va suv, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa joriy harajatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bozorning joylashgan joyi, materiallar, resurslar va xom ashyo etkazib beruvchilar va ularning ishonchliligi, xom ashyo sifati, xom ashyo bilan ta'minlashda kutilayotgan risklar, xom ashyoni etkazib berish xarajatlari, xom ashyo baholari (xorijiy va milliy valyutada), marketing va boshqalar chuqur tahlil qilinadi.

  2. Bunda etkazib berilayotgan tovrlar yoki ko'rsatilayotgan xizmatlar, ularning jahon standartlariga muvofiq kelishi, raqobatbardoshligi atroflicha o'rganiladi. Korxonalarning tovarlari yoki xizmatlari uchun sotish bozorlari chuqur o'rganiladi. Marketing rejasi tuziladi va u quyidagilarni o'z ichiga oladi: tovarlarning sotilish sxemasi; narxni shakllantirish; reklamani tashkil etish va unga xarajatlar; kutilayotgan risklar;

Marketing rejasi – bu kutilayotgan sotish hajmiga erishi uchun tadbirlar va bozor iste'molchilarini qondirish yo'li bilan maksimal foyda olish rejasidir. Bunda korxona rivojlanishining marketing strategiyasi muhim sanaladi. Mazkur strategiyani ishlab chiqishda servis xizmati, sotish, tovar va garx siyosatlarini qamrab oluvchi marketing tadbirlarini ishlab chiqish yo'li bilan korxonalarning o'zgaruvchan yuozor sharoitlariga moslashish maqsadida tashqi muhit omillarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Va bunda mavjud risklarga alohida e'tibor qaratish zarur bo'ladi, chunki risk omili korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Risklarning, eng kamida, quyidagi turlarini hisobga olish lozim:

  • ishlab chiqarish riski;

  • tijorat riski;

  • moliyaviy risk;

  • fors-major holatlar bilan bog'liq risklar.

Risk ta'sirini pasaytirish usullari turlichadir, lekin bir muncha afzalroqlari bu sug'urtalash, rezerv fondini barpo qilish, riskni taqsimlashdir.

  1. Bunda, birinchi navbatda, korxona boshqaruv masalalari ko'rib chiqiladi. Bank loyihaning tashkiliy rejasi bilan tanishganda korxona boshqaruvi asosan kimlar tomonidan amalga oshirilishi to'g'risidagi tasavvurga ega bo'lishi lozim. Va bunda quyidagilr ko'rsatilishi kerak: korxonaning tashkiliy sxemasi; etuk mutaxassislar va ishchilarning mavjudligi, agar mavjud bo'lmasa o'qitish ishlari kim tomonidan va qanday tashkil etilishi; ishchilarning samarali va ishonchli ishlashi uchun qanday dastur zarur bo'lishi; xorijiy hamkor tomonidan qanday yordam va qachon zarur bo'lishi va h.k.

  2. Bunda sug'urta polislarining turi va qancha summaga sotib olishining rejalashtirilishi, shuningdek, texnik-iqtisodiy asoslashda loyiha bo'yicha barcha mulk va uskunalarni sug'urtalash bo'yicha tuzilgan shartnoma shartlari, muddati, shakli, summasi, sug'urtalovchi tashkilot va uning faoliyati, imidji (obro'si) to'g'risidagi ma'lumot, sug'urtalanayotgan mulk va uskunalarning to'liq tarkibiy elementlari va shu kabilar ko'rsatilish kerak.

  3. Loyihaning atrof-muhitga ta'siri, atrof-muhit to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi, loyiha bo'yicha atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishlarni kamaytirish uchun qo'llanilishi ko'zda tutilgan texnologik usullar, qarz oluvchining atrof-muhit bo'yicha umumiy siyosati, baxtsiz hodisalar va “fors-major” holatlarida atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarning kelib chiqish risklari kabilar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining loyiha bo'yicha ekspertiza xulosalari asosida hal etilgan bo'lishi kerak.

  4. Loyihani amalga oshirish va unga doir tegishli shartnomalarni tuzish va rasmiylashtirishda mavjud qonun-qoidalarga hamda tegishli yuqori tashkilot organlarining ruxsatnomalariga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish tartiblariga qat'iy amal qilinishi, agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan

shug'ullanadigan bo'lsa, u holda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligidan, agar qo'shma korxona bo'lsa, Moliya vazirligidan ro'yxatdan o'tganligi, agar korxona faoliyat turi maxsus litsenziyalarni talab etsa, unda tegishli litsenziyalarga egaligi kabilar ko'zda tutilgan bo'lishi kerak.

  1. Bu bo'limda rejalashtirilgan uskuna va texnologiyani olish manbasi, etkazib beruvchi tashkilot, ixtisoslashgan firma va ular to'g'risida qisqacha ma'lumot (manzili, rahbarlari, ish tajribasi, telefon raqamlari), etkazib berish shartlari va kafolatlari, uskuna va texnologiyaning ishonchliligi, uni etkazib beruvchi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar, ularning energiya va boshqa resurslarni iste'mol qilish darajasi, texnologik kommunikatsiyaning saviyasi, ishlab chiqarish sifati va jarayoni, texnologiya va uskunaning raqobatbardoshligi va ularning xalqaro standartlarga sifat jihatdan mos kelishi, qiymati, talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni va binosi, ularning tayyorliligi, texnologiya va uskunalarning mahalliy xom ashyolarga mos kelishi, shartnoma mavjudligi holatida tegishli vazirlikning ekspertizasi xulosalari, uskuna va texnologiyaning muqobil variantlari bilan taqqoslanganligi va afzalligi asoslanganligi, ularning texnik hujjatlari, kadrlarni o'qitish va “nou-xau”, qurilish-montaj ishlari qiymati, ehtiyot qismlar va tashish xarajatlari qiymati kabilar batafsil ko'rsatilishi lozim.

  2. Ushbu bo'limda loyihani moliyalashtiruvchi bankning roli, uning bir o'zi yoki boshqa kreditorlar bilan birgalikda qarz oluvchiga kreditni taqdim etishi, bank tomonidan o'rnatilgan shart-sharoitlar, talablar va qarz oluvchi bilan tuzgan kredit shartnomasi, kredit uchun taqdim etilgan garovlar yoki mulkning sug'urtalanganligi, maslahat xizmatlari, ustav kapitaliga kiritilayotgan investitsiyalar mukammal ma'lumotlar asosida tayyorlanishi kerak.

  3. Bu bo'limda kredit olishdagi kafolat turlari: mulk, uskuna, tovarlar, kafolat xati, sug'urtalangan kreditlar va shu kabilar ko'rsatilishi zarur.

  4. Bunda loyihaning quvvati va ishonchliligi, uning yillar bo'yicha o'zlashtirilish bosqichi va muddati, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sotuvchilar bilan birgalikda rejalashtirilganligi kabilar tahliliy asosda aks ettirilgan bo'lishi talab qilinadi.

  5. Bunda mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilishi, ularning baholari va olinadigan tushumlar (daromadlar), korxonada har yilning oxiriga qoldirilishi mo'ljallangan tayyor mahsulot zahiralari (kunlarda), sotiladigan mahsulot turlari va ularning yillar bo'yicha sotilish hajmi rejasi ishlab chiqilgan bo'lishi lozim.

  6. Bu bo'limda loyiha xarajatlar tarkibi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar manbaidan tashkil topgan holda ularning xom ashyo va materiallarga, ishchilar va ijtimoiy sug'urta va boshqa ajratmalarga amortizatsiya ajratmalari, umumishlab chiqarish xarajatlariga, zahiralarga, reklama va transport xarajatlariga hamda sotish xarajatlariga ajratilishi bilan yillar bo'yicha ketma-ketlikda va o'zaro aloqadorlikda ifodalanishi jadval ma'lumotlari asosida berilishi kerak.

  7. Loyihadagi hisob-kitob ishlaridan avval kreditlash shartlarini, ya'ni kredit taqdim etish muddatini, kreditning davriyligi - qaytarilish shartlari, foizlarning qaytarilish shartlari va foiz stavkalari o'zgarishini bilib olish kerak. Shu asosda loyihada asosiy qarzlar va ular bo'yicha foizlarning yillar bo'yicha davriy hisoblanish va to'lanish rejalari jadval ko'rinishida aks ettirilishi kerak.

  8. Bunda loyiha bo'yicha avvalgi hisob-kitob ma'lumotlari asosida daromadlarning yillar bo'yicha tashkil topish rejasi jadval ma'lumotlari orqali aks ettiriladi. Daromadlar umumiy holda hamda alohida mahsulot turlari bo'yicha ichki va tashqi bozorda sotilishi hisobiga hosil qilinishi nuqtai nazaridan ham milliy, ham xorijiy valyutada aks ettirilishi zarur. Bunda daromadlar sotishdan tushgan tushumdan umumiy xarajatlarni, foizlarni va soliqlarni to'lash ketma-ketligi va ularning natijasi sifatida olingan sof foyda ko'rinishida ifodalanishi zarur.

  9. Bunda 20-bo'limdagi ma'lumotlarning barchasi jadval ko'rinishida, yillar bo'yicha tuzilishi lozim. Bunda ularning alohida bandlari bo'yicha tegishli ma'lumotlar tushunarli tarzda aks ettirilishi, ya'ni kelib tushishi kutilayotgan tushumlar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot zahiralari, joriy aktivlar, kreditorlik qarzlari, joriy passivlar, sof ishchi kapitali va ularning o'zgarishi

o'zaro bog'liqlik asosida berilgan bo'lishi kerak.

  1. Loyiha bo'yicha pul oqimi hisob-kitobi yuqorida olingan ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Unda soliq va foizlarni to'lagungacha daromadlar va amortizatsiya ajratmalari, ishchi kapitalidagi o'zgarishlar, faoliyat bo'yicha pul oqimi, moliyalashtirish manbalari, kredit uchun asosiy qarz va u bo'yicha foiz to'lovlari, soliq to'lovlari, taqsimlanmagan foyda, investitsiyaga yo'naltirilgan mablag'lar, taqsimlash fondlari, dividendlar va sof pul oqimi ma'lumotlari tartib asosida, jadval ko'rinishida rejalashtirilgan yillar bo'yicha ishlab chiqilishi kerak.

Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash yuqorida ko'rsatilgan tartib va bo'limlar asosida amalga oshirilishi loyihaning yuqori sifat darajasini ta'minlashga xizmat qiladi va u qarz oluvchilarga ham, qarz beruvchilarga ham muayyan iqtisodiy samaraga erishishga imkon beradi. Lekin shunday hollar ham kuzatilishi mumkinki, qarz oluvchilarning loyiha texnik-iqtisodiy asoslashini tayyorlashdagi bilim va tajribalarining etishmasligi, maxsus investitsion- konsalting va injiniring kompaniyalari xizmati doirasining torligi sababli texnik- iqtisodiy asoslashning sifatsiz tayyorlanish hollari kuzatilishi mumkin. Undan tashqari, ayrim hollarda texnik-iqtisodiy asoslash bo'yicha hisob-kitoblarning bir tomonlama ishlab chiqilishi loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababdan investitsiya loyihalari bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlashda kredit muassasalari, loyiha tashabbuskorlari, konsalting va injiniring firmalarining o'zaro hamkorlik qilish tizimini takomilashtirish, texnik-iqtisodiy asoslashda loyiha ishtirokchilarining o'zaro kelishilgan manfaatlarini ta'minlashga erishish va uning hayotiyligini yuzaga chiqarish masalalarini hal etish, nafaqat, texnik-iqtisodiy asoslashlarning sifatida, shuningdek investitsiya loyihasining yuqori samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning unga qo'yilgan talablar asosida yuqori sifat bilan amalga oshirilishi loyihaning samaradorligini ta'minlash bilan birga uni amalga oshiruvchilar
manfaatlarining to'g'ri hisobga olinishini ta'minlaydi. Qandaydir investitsiya loyihasini investitsiyalash bo'yicha qaror qabul qilish investitsiya oldi tadqiqotlarini olib borishni taqozo etadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida kapital kiritishning samaradorligini tavsiflovchi, shuningdek, korxona quvvati, loyiha imkoniyatlarini ko'rsatish yuzasidan xulosalar qilinadi. Texnik-iqtisodiy asoslash loyihaning texnik va iqtisodiy jozibadorligini, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatini anqlashi lozim.

    1. Download 146,64 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish