Toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti loyihalarni



Download 146,64 Kb.
bet15/28
Sana03.06.2022
Hajmi146,64 Kb.
#631699
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
Karimqulov BMI uz cd153

Iqtisodiy taxlil. Loyixa O'zbekiston milliy iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishlariga va iqtisodiy xavfsizligiga javob berishi kerak. Shuning uchun iqtisodiy taxlil investitsiya loyixasini umumjamiyat manfaati nuqtai nazaridan o'rganadi. Iqtisodiy taxlil loyixalarga kengroq yondashib, daromad va xarajatlarni baxolashda moliyaviy taxlildan farq qiladi. Moliyaviy taxlilda foydali deb baxolangan loyixa o'zining salbiy ekologik yoki ijtimoiy oqibatlari tufayli iqtisodiy taxlilda foydasiz deb baxolanishi mumkin.
Loyixaning ekoligik jixatlari bilan bog'liq iqtisodiy xarajatlar xisobga olinganda ko'p xollarda u samarasiz bo'lib qolishi mumkin. Loyixaning ekologiyaga salbiy ta'sirini oldini olish uchun tozalash inshootlari qurishga to'g'ri keladi. Bu xolda investitsiya xarajatlari ko'payadi va loyixaning samaradorligi pasayadi. Natijada loyixa samarasiz deb xisoblanishi mumkin. Moliyaviy taxlil va iqtisodiy taxlil o'rtasidagi farqlarni quyidagicha keltirish mumkin:

  1. Moliyaviy taxlilda daromad va xarajatlarga nisbatan aloxida bozor baxolari qo'llaniladi.

Iqtisodiy taxlilda muqobil ijtimoiy qiymatlar (daromadlar va xarajatlarga nisbatan yashirin baxolar, ekologik daromad va xarajatlar, foydalinilmayotgan yoki to'la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish omillari) qo'llaniladi.

  1. Moliyaviy taxlilda kapital xarajatlar loyixa xizmat muddatiga taqsimlab chiqiladi (amortizatsiya).

Iqtisodiy taxlilda esa kapital xarajatlar foydalanish yilidagi bir marotabalik xarajat summasi sifatida xisobga olinadi.

  1. Moliyaviy taxlilda soliqlar va turli guruxlar o'rtasidagi boshqa bir tomonlama to'lovlar xisobga olinadi. Iqtisodiy taxlilda esa bu to'lovlar va soliqlar jamiyat ichidagi transfert to'lovlari bo'lgani uchun xisobga olinmaydilar.

  2. Moliyaviy taxlilda diskontning xususiy stavkasi qo'llaniladi.

Iqtisodiy taxlilda loyixalar bo'yicha daromadlar va xarajatlar oqimlarini daromad darajalariga ko'ra guruxlar bo'yicha o'rganiladi.
Umuman olganda, iqtisodiy taxlil loyixaning xomiylariga xam, boshqalarga xam ta'sirini o'rgangan xolda u jamiyat uchun qanchalik foydali ekanligini, uni amalga oshirish uchun jamiyat nuqtai nazaridan resurs ajratish qanchalik maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
Daromadlar va xarajatlarni iqtisodiy taxlil qilish resurslardan samaraliroq foydalanish maqsadida iqtisodiy tanlash muammosini qulay va tushunarli izoxlash usulidir. Xar bir mamlakat u yoki bu maxsulotni ko'p ishlab chiqara oladi. Lekin bir yo'la xamma maxsulotni ko'p ishlab chiqarib bo'lmaydi. Shu sababli resurslardan foydalanishning turli variantlaridan birini tanlashga to'g'ri keladi. Minimal xarajatlar bilan maksimal natijalarga erishishni ta'minlaydigan qilib investitsiyalashga erishgan mamlakatgina o'z resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlay oladi.
Iqtisodiy taxlil maqsadi loyixa bilan bog'liq barcha samaralarni ko'rib chiqish uchun umumiy asos yaratishdir. Bunga:

  1. Bozor bitimlaridan o'z aksini topadigan iqtisodiy o'zgaruvchilarni aniqlash;

  2. Loyixaning turli belgilarini baxolashga axoli munosabatini aniqlash uchun loyixaning foydali tomonlarini xarakterlovchi ko'rsatkichlarga pulda ifodalanmaydigan qiymatlarni kiritish;

  3. Loyixalarni bevosita o'lchanadigan boshqa xarajatlari xamda natijalarini taqqoslash imkonini beruvchi chizmalarni ishlab chiqish yo'li bilan erishiladi.

Bular asosida loyixadan olinadigan manfaat unga sarflangan xarajatdan oshish-oshmasligi to'g'risida murakkab qarorga kelinadi. Bunda manfaat (daromad) va xarajatlar yagona o'lchov birligida ifodalanadi.
Loyixani qabul qilish, loyixa bo'yicha iste'mol qilinadigan resurslardan foydalanish borasidagi muqobil variantlardan xech biri mamlakat oldida turgan vazifalar nuqtai nazaridan bundan yuqoriroq natija bermasligini anglatadi.

Download 146,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish