Toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti loyihalarni



Download 146,64 Kb.
bet23/28
Sana03.06.2022
Hajmi146,64 Kb.
#631699
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Karimqulov BMI uz cd153

Pul okimlari tuzilishi




Pul oqimlari kirimi

Pul oqimlari chikimi

Sof pul oqimi

Solik tulovidan keyingi foyda

Yillik amortizatsiya
ajratmasi

0

3,369328

3,369328

0

-

-

1

2102320

1676040

426,180

431,889

455741

2

2819020

1917368

901652

988446

455741

3

2866800

1843229

1023571

1102567

455741

4

2866800

1789804

1067996

1191270

455741

5

2866800

1740677

1126123

1285173

455741

6

2866800

1110897

1755903

1341017

409250

7

2866800

1181994

1684806

1399744

277750

8

2866800

1194116

1672684

1639664

14750

9

2866800

1216033

1650767

1639664

14750

10

2866800

1216033

1650767

1639664

14750

Dastlab biz loyiha bo'yicha sof joriy qiymatni aniqlaymiz. Sof joriy qiymat (NPV)-bu investitsion loyihaning realizatsiyasi natijasida kelib tushadigan pul mablaglarining diskontlashgan joriy qiymati bilan investitsion loyihaga kilingan harajatlarning diskontlashgan joriy qiymati o'rtasidagi farqga teng.


Sof joriy qiymat quyidagi formula orqali topiladi.

N= CF1 CF 2 CFn



  • Io

(I K )1 (I K )2 (I n)n



NPV
EC

(1 k)* n



Formuladan foydalanib «Mediservis» investitsiya loyihasi bo'yicha NPVni hisoblaymiz.

NPV=426280 +901652+1023571+1067996+1126123+ 1,13 (1,13)*2 (1,13)*3 (1,13)*4 (1,13)*5


+1755903+1684806+1672684+1650767+1650767= (1,13)*6 (1,13)*7 (1,13)*8 (1,13)*9 (1,13)*10


=377239+706070+709335+655011+611359+843373+



+716024+629302+549523+486235=6283471-3369328=2914143

O'z navbatida investitsiya loyihasi bo'yicha investitsiya rentabelligini hisoblaymiz.


Investitsiyalarning rentabelligi (PI) -bu kompaniyaning har bir so'm kilingan investitsiyasiga to'g'ri kelgan qiymat oshishiga aytiladi. Investitsiyaning rentabelligi quyidagi formula orqali hisoblanadi.
PI=E SF/(1+k)*t
Io
Formuladan foydalanib investitsiya rentabelligini aniqlaymiz. PI=6283471=1,86
3369328

Yuqoridagi investitsiyalarni baholashning pul tushumlarini diskontlashuviga asoslangan usul edi. Endi investitsiyalarning samaradorligini baholashning an'anaviy usullari bilan loyiha samaradorligini baholaymiz.


Ushbu usullarning biri bu loyihaning qoplash muddatini hisoblash usulidir. Bu usul orqali loyihaga kilingan investitsiyalar necha yilda o'zini qoplashi aniqlanadi. Qoplash muddatini ikki xil formula orqali hisoblash mumkin.

  1. PP I

CF
yoki (2)
PP I
F

Formuladan foydalanib «Mediservis» investitsiya loyihasining qoplash muddatini hisoblaymiz.



1)
(2)
PP 3369328  7,9йил
426280


PP 3369328  7,8йил
431889

Loyihani baholashning an'anaviy usullaridan biri investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini hisoblash usulidir. U quyidagi formula orqali aniqlanadi.


ROT=(A+F)*100=431889+455741*100=26.3 I 3369328

Yuqoridagi ko'rsatkichlardan kelib chikib shuni aytish mumkinki. loyihaning xayotiylik muddati ijobiy holatni ifodalaydi. Loyiha sof joriy qiymati 2914.2 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda. Investitsiya rentabelligi esa 1,86 dollarni tashkil etmoqda. Loyihaning qoplash muddati 7,9 yilni, investitsiya loyihasining buxgalteriya rentabelligi 26,3 foizni tashkil etmoqda.

III bob. Investitsiyalarni loyihaviy tahlil qilishni takomillashtirish yo’nalishlari





    1. Investitsiyalarni loyihaviy tahlil qilishning xorij tajribasi

So'nggi yillarda ko'pgina rivojlangan mamlakatlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirishni “YuNIDO” uslubiyotiga muvofiq standartlashtirmoqda. Rivojlangan mamlakatlar investitsiyalarga ko'maklashuvchi sanoat korxonalari, maslahat firmalari, banklar va tashkilotlar ham investitsion loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash va baholashda “YuNIDO” uslubiyotini qo'llamoqdalar. Bu bejis emas, albatta. Uning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda TIAni standartlashtirishga ko'maklashuvchi va investitsion takliflar sifatini oshirishdan iboratdir. Shundan so'ng “YuNIDO” tomonidan taklif qilingan TIAni tayerlashga bo'lgan yondashuvlar investitsiyalarni amalga oshirishga ko'maklashuvchi tashkilotlar, banklar, davlat vazirliklari va boshqa oliy ta'lim muassasalari, shuningdek, maslahat firmalari va investorlar tomonidan qabul qilindi.
Investitsiyalarning loyihaviy tahlilini amalga oshirish investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash jarayonida bajarilishi sababli loyihaviy tahlil tartibi va jarayonlari TIAni amalga oshirish, buning uchun barcha talab etilgan izlanish va baholashlarni bajarish, talab etiladigan hujjatlarni to'plash va ularni tahlil qilish asosida tegishli xulosalar chiqarish jarayonlariga to'la mos keladi hamda shunga muvofiq tarzda ta'minlanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, investitsion loyiha, eng avvalo, ma'lum bir maqsadni ko'zlagan holda ko'pchilikning manfaatlarini e'tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim. Hozirgi iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar, investitsion loyihani amalga oshirishda bir necha manfaatlarning o'zaro to'qnash kelishi jahon iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni O'zbekiston iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish barcha sohalardagi kabi investitsiyalarning loyihaviy tahlilida ham uslubiy o'zgarishlarga erishishni
taqozo etdi va uni muhim vazifa sifatida qo'ydi. Ushbu vazifani echishda mualliflar V.V.Berens, P.M.Xavraneklarning “Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy” asarida investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning “YuNIDO” uslubiyoti keng tadqiq etilgan bo'lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu uslubda u yoki bu loyihani moliyalashirishda qarorlar qabul qilish, shuningdek investitsiya oldi tadqiqotlari uchun mo'ljallangan kapital qo'yilmalarning samaradorligini baholashning jahon tajribasi mufassal yozilgan. Bularning barchasi bozor tahlilining jihatlariga, shuningdek TIAdagi savollarga, ya'ni xom ashyo bazasini baholash, qurilish maydonini tanlash, loyihalashtirish va texnologiyalarni tanlash, investitsion loyihalarni ichki mablag'lar evaziga, shuningdek tashqi moliyalash manbalari evaziga moliyalashtirishni ta'minlash, investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash jarayonlariga tegishlidir.
1978 yilda “YuNIDO” tomonidan “Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy” asari nashr qilindan keyingi yillarda unda yoritilgan uslubiy yondashuvlar uning 18 tilga tarjima qilinganligi va butun dunyoda qo'llanilayotganligi bilan isbotlanadi.
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, TIA - bu investitsiyalash va moliyalashtirish usullari to'g'risida qaror qabul qiluvchi salohiyatli investorlarni, loyiha quruvchilarini va moliyachilarni ma'lumotlar bilan ta'minlovchi vositadir. TIAni tayerlash va baholashda investitsiyalashning ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va ekologik jihatlarini, shuningdek, muqobil loyihalarni baholash, marketing, resurslar, texnologiya va ishlab chiqarish quvvatlarini qamrab olishi muhimdir.
“YuNIDO” tomonidan nashr qilingan TIA kontseptsiyasi barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilindi. Uning keng tan olinishi texnologiyalar etkazishni, qo'shma korxonalar barpo etishni va xalqaro moliyalashtirshni engillashtiradi.
“YuNIDO” uslubiyoti bozor sharoitlariga o'tish davri iqtisodiyoti uchun juda foydalidir. Ushbu uslubiyot nafaqat yangi investitsiyalar uchun, balki
korxonalarni modernizatsiyalash, kengaytirish va sog'lomlashtirish loyihalari uchun ham juda qo'l keladi. “YuNIDO” uslubiyotini joriy etish (qo'llash) investorlar, qo'shma korxonalar bo'yicha hamkorlar, maslahat firmalari, uskuna etkazib beruvchilar uchun ham foydali bo'lib, hamkorlarning bir-biri bilan o'zaro aloqalarini yaxshilaydi va investitsion takliflar sifatini oshirishga ko'maklashadi. Aytish mumkinki, “YuNIDO” uslubiyotining keng tarqalishi investitsion takliflar hamda TIA sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hozirda loyihalarni tayerlash va baholash uchun “YuNIDO”ning dasturli vositalari keng qo'llanilmoqda. Ular orasida KOMFAR dasturi alohida ahamiyatga ega. KOMFAR - bu loyiha tahlili uchun zarur bo'lgan turli xil iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlarni aniqlashda, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy tahlil uchun qo'lllaniladigan standartlashtirilgan imitatsion modeldir.
Investitsion loyihalarni TIAlarini ishlab chiqishning “YuNIDO” uslubiyoti quyidagi bo'limlardan iborat:

  1. Loyihaning qisqacha izohi.

  2. Loyihaning asosiy g'oyasi.

  3. Bozor tahlili va marketing kontseptsiyasi.

  4. Xom ashyo va uni etkazib beruvchilari.

  5. Loyihaning joylashish joyi, qurilish maydoni va atrof-muhitga ta'siri.

  6. Loyihalashtirish va texnologiyalar.

  7. Loyihaning tashkiliy masalalari va xarajatlar.

  8. Mehnat resurslari.

  9. Rejalashtirish va loyihani amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish.

  10. Moliyaviy tahlil va investitsiyalarni baholash.

Yuqorida qayd qilinganidek, investitsion loyihalarning TIAni ishlab chiqishning “YuNIDO” uslubiyoti 10 bo'limdan tashkil topgan. Har bir bo'limning to'liq va sifatli bajarilishi loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Ushbu bo'limlarning har biriga kengrok to'xtalib o'tamiz:

  1. TIAni tayyorlash loyihaning muqobil variantlarini ko'rib chiqqandan

so'ng uning barcha jihatlari yuzasidan aniq xulosa va tavsiyalarni shakllantirishga imkon berishi lozim. Ushbu xulosa va tavsiyalar loyihada qatnashuvchi barcha ishtirokchilar uchun batafsil tushuntirilishi va asoslanishi kerak. Ushbu bo'limda investitsiyalash yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlarning barcha muhim jihatlari, ya'ni ma'lumotlarning to'g'riligi va to'liqligi darajasi, mablag' kiritishi va loyihaning qaytimi, noaniqlik va risk, bozor bashorati va loyihani amalga oshirish sxemasi yoritilish lozim. Loyihaning qisqacha izohi TIAning asosiy mazmuni kabi tarkibga ega bo'lishi lozim.

  1. TIAni tayyorlashni muvaffaqiyatli ta'minlash uchun loyiha g'oyasini mufassal tushunib olish kerak. Bunda loyihaning maqsadi, loyiha strategiyasi, ya'ni geografik hududi va bozor (ichki, tashqi) ulushi, loyihaning joylashuvi, bozor mo'ljali, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, loyihani amalga oshirish grafigi, loyihani amalga oshirishga ko'maklashuvchi iqtisodiy siyosat, loyiha tashabbuskorining moliyaviy imkoniyatlari, loyihaning yaratilish tarixi, oldin olib borilgan tadqiqotlar asosida qabul qilingan xulosa va qarorlar, investitsiya oldi tadqiqotlari, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA), TIA kabilar yoritilishi lozim.

  2. Har qanday investitsion loyihaning asosiy maqsadi - mavjud resurslardan foydalanish natijasida daromad olish hamda loyihani amalga oshirishning natijasi hisoblangan tovarga bo'lgan mavjud talabni qondirishdir. Investitsion loyiha firmaning bozordagi holatini kuchaytirish kabi korporativ strategiyalarga ham xizmat qilishi mumkin. Biroq, barcha investitsion loyihalar uchun mavjud resurslarni ishlatishda bozor tahlili asosiy vazifani o'taydi. TIAni tayyorlashda bozor holatini o'rganuvchi mutaxassislar bozor tahlili usullari, marketing, asosiy va yordamchi mahsulotlarning sifati va miqdori to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishlari lozim.

Loyihada ko'rib chiqilayotgan mahsulotga bo'lgan mavjud talab hamda marketing kontseptsiyasi aniqlangandan so'ng zarur materiallar, texnologik va mehnat resurslari, shuningdek, qulay joylashuv joyini qo'shgan holda
mo'ljallangan ishlab chiqarish dasturini tanlash mumkin. Talab yoki bozor tahlili asosiy maqsadga erishishda talab qilinayotgan ishlab chiqarish va marketing strategiyalarini aniqlash, qo'shimcha xarajatlarsiz va o'z vaqtida zarur ma'lumotlarni olish uchun pishiq-puxta rejalashtirilishi lozim.

  1. Ushbu bo'limda korxona ishlashi uchun zarur bo'lgan turli xil materiallar va ishlatiluvchi resurslar aniqlanadi, ularning mavjudligi va etkazib berish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Resurslarga bo'lgan ehtiyoj bilan texnologiya va uskunani tanlash, loyihaning joylashuvi, ishlab chiqarish quvvatini aniqlash kabi loyihani shakllantirishning boshqa jihatlari o'rtasida uzviy boqliqlik mavjud. Xom ashyo va materiallarni tanlash, birinchi navbatda, loyihaga bo'lgan texnik talab hamda etkazib berishni tahlil qilishga bog'liq bo'ladi. Xom ashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallarini tanlash uchun muhim aniqlovchi omil - bu atrof-muhitning ifloslanishi va resurslarning tugab borish muammolari, shuningdek, loyiha strategiyasiga kiruvchi mezonlar, ya'ni moddiy resurslarga bo'lgan xarajatlarni minimallashtirish va etkazib berishga oid risklar kabi atrof-muhit omillaridir.

  2. Mahsulotga bo'lgan talab va loyiha strategiyasi baholangandan so'ng, TIAning mazkur bo'limida loyiha uchun qulay bo'lgan maydon va joylashish joyi aniqlanadi. Investitsion loyiha atrof-muhitga ta'sir etish nuqtai nazaridan ko'rib chiqilishi kerak. Baz'an, sanoat majmualari atrof-muhitga sezilarli ta'sir ko'rsatsa, unda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlar chuqur o'rganilishi lozim, ularni baholash esa so'nggi qabul qilinadigan qarorga ta'sir etishi kerak.

Ob'ektning joylashuv joyini tanlashdagi an'anaviy yondashuvda asosiy e'tibor transport xarajatlarini minimallashtirish nuqtai nazaridan xom ashyo va bozorga yaqin joyga mo'ljallanadi. “YuNIDO” uslubiyoti bo'yicha esa nafaqat texnik, tijorat yoki moliyaviy omillar, balki loyihaning ijtimoiy va ekologik jihatlarini ko'rib chiqish ham talab etiladi.

  1. Mazkur bo'limda ishlab chiqarish dasturi va korxonaning ishlab chiqarish quvvati, texnologiya tanlovi, texnologiyalarni sotib olish va etkazish, korxona faoliyatini rejalashtirish va asosiy loyiha-konstruktorlik ishlari, mashina

va ukunalar tanlovi, fuqarolik qurilishi, texnik xizmat talablari, umumiy investitsion xarajatlarni baholash kabi masalalar yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshiriladi.
Loyihalashtirish - bu muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan funktsional sxemani ishlab chiqish va investitsion xarajatlarni, shuningdek, ekspluatatsiya bosqichida yuzaga keluvchi xarajatlarni aniqlashdir. Shu bilan birga loyihalashtirish doirasiga korxona maydoni hamda ishlatiluvchi resurslarni etkazib berishdagi barcha faoliyat turlari kiradi. Ushbu har tomonlama yondashuv loyihada qatnashuvchi investorlar va boshqa ishtirokchilar uchun texnik qarorlarni aniqlashga yordam berishi zarur.
TIAda texnologiyani tanlash va sotib olish hamda u bilan bog'liq bo'lgan barcha texnik xizmat xarajatlari baholanishi kerak.

  1. Ushbu bo'limda investitsyalash ob'ektidagi barcha ishlarni nazorat qilish va boshqarish uchun zarur bo'lgan tashkiliy sxemani barpo etish va u bilan bog'liq ustama xarajatlar ko'rib chiqiladi. Mazkur bo'limning maqsadi loyihaning moliyaviy jihatdan amalga oshirilishi uchun hal qiluvchi ustama xarajatlar tarkibi va tashkiliy rejalashtirish jarayoni batafsil yoritiladi. Loyihani amalga oshirish uchun uning tashkiliy tuzilmasi kompaniyaning strategiyasi va siyosatiga muvofiq aniqlanishi muhimdir. Tavsiya etiladigan tashkiliy sxema ijtimoiy muhitga ham, texnik-iqtisodiy ehtiyojga ham bog'liq bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, tashkiliy tuzilma loyiha bosqichlari (investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya) bilan birga rivojlanib boradi. Ushbu bo'limda, asosan, tashkiliy sxema va korxona boshqaruvi, tashkiliy loyihalashtirish (buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazorat, marketingni tashkil etish, sotishni tashkil etish, kadrlar bilan ishlashni tashkil etish), ustama xarajatlar (ishlab chiqarish ustama xarajatlari, boshqaruv ustama xarajatlari, marketing xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari, moliyalashtirish xarajatlari) mufassal ochib berilishi kerak.

  2. Bu bo'lim mehnat resurslarini rejalashtirishga bag'ishlangandir. Ishlab chiqarish dasturi, korxona quvvati, texnologik jarayonlar va tashkiliy tuzilma

aniqlangandan keyin loyihani amalga oshirishning turli bosqichlari uchun mehnat resurslariga bo'lgan ehtiyoj, shuningdek, ushbu resurslarning majudligi va ular bilan bog'liq xarajatlar aniqlanadi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi turli toifadagi mehnat resurslarini (etarlicha malaka va tajribaga ega bo'lgan boshqaruvchilar, xizmatchilar va ishchilar) talab etadi. TIAda shu kabi ehtiyojlarni aniqlash, mavjud mehnat resurslarini baholash kerak. Loyiha talab etuvchi mehnat resurslarining soni va sifati to'g'risidagi ma'lumotlar asosida moliyaviy tahlil uchu nish haqiga va u bilan bog'liq xarajatlarni baholash amalga oshiriladi. Mazkur bo'limda mehnat resurslarining toifasi va funktsiyalari (boshqaruvchi va nazorat qiluvchi personallar, malakaviy ishchilar), ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy muhit,loyiha bilan bog'liq ehtiyojlar, ishchilar ta'minoti, ishchilarni o'qitish rejasi, mehnat resurslari bilan bog'liq xarajatlarni baholash kabi masalalar batafsil ko'rib o'tiladi.

  1. Loyihani amalga oshirish bosqichi investitsiyalash bo'yicha qaror qabul qilishdan ishlab chiqarishgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Loyiha tsiklining ushbu bosqichini puxta rejalashtirish va chuqur tahlil qilish muhimdir, chunki investitsiya oldi tadqiqotida rejalashtirilgan tadbirlar va moliyaviy smetalarning o'zgarishi loyihani barbod qilish mumkin. Shunga muvofiq, bosh maqsad loyihani amalga oshirishning turli bosqichlarida texnik va moliyaviy oqibatlarni aniqlashdir. Asosiy e'tiborni moliyalashtirish manbalarini tanlashga hamda ishlab chiqarish va investitsiyalashga salbiy ta'sir etuvchi omillarga qaratish lozim.

  2. Ushbu bo'lim TIAning eng ma'suliyatli bosqichi bo'lib, uning mukammal bajarilishi loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini kafolatlaydi ta'minlaydi. Investitsiyalarni baholash moliyaviy va iqtisodiy tahlil talablariga muvofiq olib borilishi kerak. Bunda moliyaviy tahlilning maqsadlari aniqlangandan keyin uning asosiy jihatlri va investitsiyalarni baholash kontseptsiyasi batafsil yoritiladi.

XX asrning so'nggi yillarida investitsion loyihalarning samaradorligini baholash imkoniyatlarini kengaytiruvchi ko'pgina dasturli mahsulotlar va
vositalari paydo bo'ldi. Ularning barchasi ko'pgina davlatlar tomonidan takomillashtirilayotgan, “YuNIDO” tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlar asosida rivojlandi. O'zbekistonda ham investitsion loyihalarni baholash tizimida shu kabi kompyuter dasturlaridan foydalanish kengayib bormoqda. Barcha mamlakatlar investitsion loyihalarni baholashda ikki ko'rinishdagi kompyuter dasturlardan foydalanishmoqda. Birinchi turdagi dasturli mahsulotlar korxonalarning o'tgan yillardagi moliyaviy natijalarini, shuningdek, kelgusi imkoniyatlarini baholashga mo'ljallangan. Bu guruh dasturlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • “Alt-Finansi”;

    • “Analitik 4.0;

    • “Finansoviy analiz 1.0”;

    • “OLIMP: FinEkspert”.

Ikkinchi turdagi dasturli mahsulotlar moliyalashtirishning optimal shaklini tanlash maqsadida investitsion loyihalarni rejalashtirish, hisob-kitob qilish va qiyosiy tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan. Ular “YuNIDO” tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflik huquqi bilan himoyalangan va unga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Xorijiy paketlar: COMFAR (Computer Model for Feasibility Analysis and Reporting); PROPSPIN (PROject Profile Screening and Preappraisal Information system).

  2. Milliy paketlar: “Project-Expert”; “Alt-Invest”; “FOCCAL”; “Investor 4.1”; “TEO-INVEST”.

Ushbu dasturli mahsulotlar barchasining asosida “YuNIDO”ning uslubiy yondashuvi yotadi.



    1. Download 146,64 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish