birlamchi maqsad qilib belgilangan.
Albatta, iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita
bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to‘g‘ri
bog‘liqlikda kechadi. Zero, prezidentimiz Sh. M.
Mirziyoyevning tashabbusi
bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi
ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish
va barqarorligini ta’minlash, banklarning
kapitallashuv darajasi va
depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini
mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni
yanada kengaytirish
keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib
belgilanganligi ham bejiz emas.
1
Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish
yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini
yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul
kredit siyosatini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi. Bu
qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta
konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin
ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat
uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning
barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir.
So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan
rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5
baravar oshib 2017 yil so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga
yetdi va yiliga
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami. - Toshkent, 2017. - № 6 (766).
3
o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil
sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining
kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan
yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini
qayd etib kelmoqda.
2
Albatta, bundan banklarimizning
kreditlash amaliyotining
jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo
bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi
va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish
ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati
bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.
3
Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani
iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016
yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga
oshirilgan devalvatsiya
natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar
ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash
shakllari: forfeyting, faktoring,
kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali
kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar
bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy
ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: