Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


-rasm. Tijorat banklarida Kreditlash tarkibi



Download 419,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana02.06.2022
Hajmi419,37 Kb.
#630480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

1-rasm. Tijorat banklarida Kreditlash tarkibi
10
Kreditlash obyekti − bu qarzga olingan pul yoki tovar shaklidagi
moddiy boyliklardan iborat. Uch bazaviy element (kreditlash subyekti,
obyekti va ta’minoti) umumlashgan holda kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi.
Lekin boshqa tomondan yondashadigan bo‘lsak, kredit ta’minotsiz ham ajratilishi
mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan firma, joriy
moliyaviy kiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank
iloji boricha bu kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish
bank uchun foydali emas. Yana bir misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxon
kelajagi juda samarali, istiqbolli va foydali bo‘lgan loyihani bankka taqdim etib,
bu loyihani moliyalash uchun kredit so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha
istiqboliga amin bo‘lib, yuqori foyda olish maqsadida kredit berishi mumkin.
10
Azizov U., Karaliyev T., Babakulov T. va.b. Bank ishi. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016. – B.220.
9
Kreditlash tartibi
Kreditlash subyektlari
Kredit ya’minoti
Kreditlash obyektlari
Kreditor
Kredit oluvchi
Kreditga berilgan pul mablag’I
yoki tovar


Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi
bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum
moddiy va huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida
qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin.
Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak ularni
quyidagilarga bo‘lish mumkin:
—davlat korxona va tashkilotlari;
—kooperativlar;
—ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari;
—yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar,
mikrofirmalar, shirkatlar, birlashmalar;
—boshqa banklar;
boshqa xo‘jaliklar xususan bukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro
birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarni yuridik shaxs maqomini
olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkorlar ham olishlari
mumkin. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faroliyat ko‘rsatsa, tijorat
banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida
namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, banklar banklararo kreditlarda
qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat ko‘rsatadilar. 
10
Kreditlash mexanizmi
Kreditlash
subyektlar
i
Kredit ta’minoti
Kreditlas
h
obyektlari
Kreditlash
usullari
Kredit
monitoringi
Qarzga berilgan qiymat


2-rasm. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibKredit subyekti, obyekti, ta‘minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit
monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizimini tashkil etadi va ular
kreditlash mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit
mexanizmining mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga,
yuqorida keltirilgan elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit
munosabatlarini o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim
ahamiyatni o‘zida mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal
qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z
o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki firma, joriy faoliyatida moliyaviy
qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha
unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank
uchun foydali emas.
Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari;
mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman
olganda, qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3ta asosiy obyektni kreditlashga
yo‘naltiriladi:
– Tovar-moddiy boyliklar; 
– Ishlab chiqarish xarajatlari;
– Hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar.
Uzoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash obyektlariga yo‘naltirilishi
mumkin:
11
Abdullayeva SH.Z. Bank ishi. T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2017. – B. 237.
11
Kreditor
Qarz oluvchi


− ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun;
− ishlab chiqarish obyektlarini qaytata’mirlash, texnik qurollantirish
va kengaytirish uchun;
− texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish
uchun;
− yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;
− noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish va hokazo.
Ko‘rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash
obyekti va subyekti farqlanadi. Masalan:

tijorat kreditida − kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt
esa sotuvchi bilan xaridor hisoblanadi;

bank kreditida yuqorida ko‘rib chiqqan barcha obyektlar
boiishi mumkin;

iste’mol kreditida − kreditlash obyekti iste’mol tovarlari
hisoblanadi;

xalqaro kreditda − kreditlash subyekti bo‘lib asosan davlatlarlar
va xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi va hokazo.
Tijorat banklarida kreditlash jarayoni beshta tamoyil asosida
amalga oshiriladi:
5. Kreditning maqsadliligi.
6. Kreditning muddatliligi..
7. Kreditning qaytaruvchanligi.
8. Kreditning ta’minlanganligi.
9. Kreditning to‘lovliligi. 
12


Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa
pul munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning xarakati qaytarib berish
sharti bilan amalga oshiriladi.
Banklar tomonidan kreditlar albatta ma’lum bir maqsad uchun
ajratiladi. Masalan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vosita xarid
qilish, ish haqi to‘lash va boshqalar uchun ajratiladi.
Kredit so‘ralayotgan maqsad va uning samaradorligi darajasi kredit
olish uchun taqdim etiladigan biznes rejada o‘z aksini topadi. Bank
tomonidan ushbu reja va unda aks ettiriladigan maqsad hamda uning
samaradorligi kreditning belgilangan muddatida qaytishiga to‘liq ishonch
hosil qilingandagina kredit ajratish uchun qaror qabul qilinadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili, qaytarishlik tamoyili bilan uzviy
bog‘liq bo‘ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga
ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan
mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni
aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir
tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish
muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘-
larga bo‘lgan vaqtinchaiik ehtiyojlarining muddatiga bog‘liq. 
Qaytaruvchanlik tamoyili kreditning mazmunini ifodalab, bank
tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana
bankka qaytarilishi lozim. Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mab-
lag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytaruvchanlik kreditning
ajralmas atributi hisoblanadi. Kreditning sanab o‘tilgan tamoyillari uning
qaytaruvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi
.
Kreditning keyingi tamoyili − kreditning ta’minlanganligidir. Bunda
kreditning ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining
mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish
13


xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi, Bu o‘z navbatida
kreditni o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning
samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton
rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy
shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida
qabul qilishdir, degan xulosaga keldi.
12
Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida
olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi
lozim. Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to‘g‘risidagi fikri
respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning
joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos
bo‘lgan holat hisoblanadi.
Ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit
shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan
mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z
vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit
miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha
miqdorida beriladi. 
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash
yoki foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z
ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalan-
ganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi lozim. Amaliyotda bu
tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi 5 ta tamoyil asosida kreditlar mijozlarga taqdim etiladi va
ularning nazorati, monitoringi amalga oshiriladi. 
Banklarning kreditlashini tashkil qilish turli me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga,
ya’ni davlatimiz qonunlari, prezident qaror va farmonlari Markaziy bank nizomlari
12
МакНотон
Д. Банковские учреждения в развивающихся странах.
– Вашингтон : ИЕР МБРР,1993.- 
с.75.
14


va boshqa qonunosti hujjatlariga asoslanadi. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi PQ-2344-son
Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tijorat banklarining
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli
kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat
banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish
ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash
yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga
qadar uzaytirildi.
Imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan
kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni
mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan,
foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya
vazirligining 2013-yil 14-oktyabrdagi 329-B va 98-son qaroriga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 2527-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli
jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi
to‘g‘risida”gi nizomga asosan: 
Davlat maqsadli jamg‘armasi - O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi; 
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi - davlat maqsadli jamg‘armasi
tomonidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga
ajratiladigan mablag‘lar; 
Qarz oluvchilar (qarzdor) - yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar,
kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik
sub'yektlari e'tirof etilgan.
Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli
foydalanish shartlari asosida beriladi.
15


Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish
muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha
miqdorda beriladi.
Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida
belgilanadi. Bunda bank marjasi foiz stavkasining 50 foizini tashkil etadi.
Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan
kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi
kundan boshlab undiriladi.
Mikrokreditlar:

ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;

alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;

savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini
shakllantirish;

savdo va umumiy ovqatlanish ob'yektlarini qurishni moliyalash, qimor va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda ular uchun
uskunalar sotib olish; 

ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib 
olish;

ma'muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta'minoti;
Mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov
maqsadlari uchun berilishi mumkin emas.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar:

chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish; 

mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta
ishlash;

hunarmandchilikni rivojlantirish;

kasanachilikni tashkil etish; 

xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi. 
16


Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni
kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun
ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi:

kam ta'minlangan oilalar a'zolari;

tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a'zolari bo‘lgan oilalar;

tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a'zolari bo‘lgan
oilalar;

boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a'zolari;

yosh oilalarning a'zolari.
Qarz oluvchi o‘zining mazkur bandda nazarda tutilgan oila a'zosi ekanligini
tasdiqlash uchun bankka fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining
ma'lumotnomasini taqdim etishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan
“Kichik tadbirkorlik sub'yektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi
nizom”i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil
27- dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami – 2546) ga asosan:
1.
.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va
fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob'yektlari hisoblanadi.
2.
i
Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va
maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
3.
i
Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit
shartnomasiga muvofiq beriladi.
4. Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan
holda quyidagi muddatlarga beriladi:

qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni
shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab
chiqishga - 12 oy muddatgacha;

aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;
17



qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha.
5.
i
Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini
belgilashlari mumkin.
6. Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish
uchun ajratilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda
1697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Tijorat banklari tomonidan yosh
oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»,
«Mikromoliyalash to‘g‘risida», «Ipoteka to‘g‘risida», «Iste'mol krediti
to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yosh
oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida» 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat
banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, ipoteka
va moliyaviy iste'mol kreditlari berish tartibini belgilaydi. 
Mamlakatimizda paxta va g‘alla yetishtirish uchun kreditlar berish 2007-yil
14-aprelda Adliya vazirligida 1675 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan "Qishloq
xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla
yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi" to‘g‘risidagi
Nizomga asosan amalga oshiriladi va bu kreditlar davlat extiyojlariga sotiladigan
mahsulot qiymatining 60 foizigacha miqdorlarida yillik 3 foizlik ustama haq
to‘lash sharti bilan (2 foizli qismi bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta
xom ashyosi uchun 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi;
Kreditlashni amalga oshirish bilan bog‘liq yana ko‘plab me’yoriy hujjatlarni
nizomlarni keltirish mumkin, misol uchun mikrokreditlar va mikromoliyaviy
xizmatlar 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi
qonunga binoan amalga oshiriladi. Kreditlash jarayoni uchun banklarga yo‘l
boshlovchi bo‘ladigan yana bir me’yor bu ularning o‘zi ishlab chiqadigan kredit
18


siyosati hisoblanadi. Kredit siyosati tijorat banklari kengashi tomonidan har
yili tasdiqlanadigan va bankning kredit faoliyati maqsadlarini, kredit portfelini
samarali boshqarish maqsadida bank tomonidan kreditlashda yuzaga keladigan
risklarni boshqarishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar usullar va yondashuvlarni
belgilab beradigan hujjat hisoblanadi. Tijorat banklari kredit siyosatini
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martda qabul qilingan
«Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida» gi nizomiga
asosan ishlab chiqishadi. Bankning Kredit siyosati bank qanday kreditlar, qancha
miqdorda, qanday shaklda, kimga qaysi shartlar va muddatlarda berilishini
belgilaydi va bank kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning
1-fevraligacha ishlab chiqiladi.
Shunday qilib banklarda kreditlash jarayoni biz yuqorida keltirib o‘tgan
nazariy va huquqiy asoslarga va tamoyillarga binoan amalga oshiriladi va tartibga
solinadi.

Download 419,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish