3. Daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘llari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari uchun asosiy muammolardan
biri bankning likvidligi va daromadliligining eng maqbul darajasini anilash bo‘lib
hisoblanadi. Unga erishish uchun bank aktivlarini samarali boshqarish katta
ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari operatsiyalarini shartli
ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:
- o‘z kapitalini shakllantirish va mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq passiv
operatsiyalar;
- foyda olish maqsadida o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish bilan
bog‘liq aktiv operatsiyalar;
- komission-vositachilik va ishonch operatsiyalar.
Banklar aktiv operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan
likvidlilik me’yorlariga amal qilishlari va ayrim turdagi aktivlar bo‘yicha
tavakkalchiliklarning maqsadga muvofiq taqsimlanishini ta’minlashlari lozim
bo‘ladi.
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik
nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalaridan
ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi.
Bank likvidliligi va uning daromadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik
ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu
mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama – qarshilikni
muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan foyda olishga
erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalroq
o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimdir:
tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan
kreditlar bo‘yicha umumiy kredit summasini hisoblash;
berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va
ularning umumiy karzdagi salmog‘ini aniqlash;
ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining
o‘rtacha darajasini aniqlash;
umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘ini
hisoblash.
bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash;
berilgan
turli
darajadagi
kreditlarning
Markaziy
bank
yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash;
Bulardan tashqari yana ham quyidagi koeffitsientlar borki, bularni ham
hisoblash foydadan holi bo‘lmaydi:
1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz.
Aktivlardan foydalanish
samaradorligi
=
Daromad keltiruvchi aktivlarning
o‘rtacha miqdori
Brutto aktivlar
Bu koeffitsent aktivlarning qancha qismi ishlashini va daromad keltirishini
ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. CHunki
ushbu ko‘rsatkichning juda yuqori bo‘lishi banklar faoliyatida risk darajasining
oshishiga olib keladi.
2. Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish koeffitsenti.
Kredit berishda depozit
mablag‘laridan foydalanish
koeffitsenti
=
Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i
Brutto depozitlar
Tijorat bankining jalb qilingan depozitlaridan foydalanish samaradorligini
ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkich qancha yuqori natijaga ega bo‘lsa, bank jalb
qilingan depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‘rsatadi.
3. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi.
Tijorat banklari
kreditlarining bank jami
aktivlaridagi ulushi
=
Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i
Brutto aktivlar
Ushbu ko‘rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan
iborat ekanligini ko‘rsatadi va xalqaro amaliyot tavsiyasiga ko‘ra 60 foizdan
yuqori bo‘lishi lozim. Bu esa bankning asosiy daromadlari kreditlardan olinishi
bilan izohlanadi.
Ushbu ko‘rsatkichlar bankning kredit siyosati samaradorligini, bankning
aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‘rsatadi, ularning risklilik darajasini
va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta’sirini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda banklar uchun aktivlarni boshqarish asosiy vazifalardan biri
bo‘lib qolmoqda. Har qanday bank, moliyaviy bozorning yuqori darajada
rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorliq sharoitida ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni
engib o‘tishi kerak. Lekin, inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda va bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu tashqi omillar tijorat banklari moliyaviy
ahvoliga ta’sir qilib, bank aktivlarini boshqarish masalasini birinchi darajaga
qo‘ymoqda.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish, o‘z oldiga balans
likvidligiga rioya qilgan holda, bank fodaliligini ta’minlash singari ikki maqsadni
qo‘yadi.
Moliyaviy jihatdan aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi quyidagilardan
iborat:
- Bank likvidligini oshirish;
- Bank daromadini oshirish;
- Tavakkalchiliklarni kamaytirish.
Bundan kelib chiqqan holda, bankning aktivlarini ularning daromadliligi,
tavakkalchilik darajasi va likvidligini e’tiborga olgan holda shakllantirish lozim.
Bank faoliyatining rivojlanishidan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi
va likvidliligi bir-biriga qarama qarshi ko‘rsatkichlardir. Likvid aktivlar va
passivlar muvozanatlanganligi, bankning joylashtirilgan aktivlari va jalb qilingan
resurslari muddatlari muvofiqligi darajasiga ko‘ra belgilanadi. Aktivlarni qaytarish
va majburiyat o‘rtasidagi muddat nomuvofiqligi likvidlilik tavakkalchiligining
asosiy manbasidir. Likvidlilik – bankning tashqi baholash mezoni bo‘lsa, uning
daromadliligi ichki baholash mezonidir. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili
bankning likvidliligi ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon
beradi.
Bank likvidliligi muomaladan chiqarilgan depozitlar hajmini, aktivlarni
qaytarish va majburiyatlarni bajarish muddatidagi farqlarni, pul bozoridagi
tebranishlarni va rejalashtirilmagan xarajatlarni qoplashi kerak.
Bank likvidligini boshqarish konsepsiyasi asosida aktiv va passivlarning
muddati, miqdori va tavakkalchiliklari bo‘yicha boshqarish tamoyili yotadi. Bu
bilan bankning o‘rtacha likvidliligi ta’minlangan holda, uning kreditorlari oldidagi
o‘z majburiyatlarini bajarish uchun to‘liq imkon yaratiladi.
Bank balansi likvidliligiga uning aktivlari tarkibi ta’sir qiladi. YA’ni jami
aktivlar ichida birinchi darajali likvid aktivlarning hissasi ko‘p bo‘lishi bankning
yuqori likvidga egligidan dalolat beradi.
Likvid aktivlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
- Bank aktivlari tez pulga aylanishi uchun ular o‘z bozoriga ega bo‘lishi
kerak;
- Etarli darajada barqaror narxga ega bo‘lishi, ya’ni bozor barcha sotilayotgan
aktivlar narxlarini sezilarsiz darajada pasaytirgan holda qabul qilish qobiliyatiga
ega bo‘lishi lozim;
- Aktivlar qaytadigan bo‘lishi, ya’ni sotuvchi dastlabki investitsiyalarni
yo‘qotishlarsiz yoki minimal tavakkalchilik bilan qoplay olish imkoniyatiga ega
bo‘lishi kerak.
Bank likvidliligi aktiv operatsiyalarning tavakkalchilik darajasiga bog‘liq
bo‘ladi. YA’ni, bank balansida yuqori yuqori tavakkalchilikli aktivlar hissasi
qancha ko‘p bo‘lsa, talab qilinadigan likvidlilik shuncha past bo‘ladi. Bank
tomonidan boshqa muassasalardan va aholidan olingan depozit va qarzlarning
ishonchliligi ham uning likvidliligiga ta’sir qiladi.
Bankning likvidlli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini bozordagi talab va taklif
nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Bankda likvidli mablag‘larga bo‘lgan
talab quyidagi ikkita sabab bo‘yicha vujudga keladi:
- Mijozlarning o‘z hisobvaraqlaridan mablag‘larini olishlari natijasida;
- Mijozlar tomonidan kredit olish uchun buyurtmanomalar kelib tushishi
sababli vujudga keladi.
Likvid mablag‘larga bo‘lgan talabning vujudga kelishiga yana bir sabab,
bankning boshqa kreditorlardan (boshqa bankdan yoki markaziy bank) olgan
qarzlarini qaytarish bilan bog‘liq. Soliqlarni va aksiyadorlarga dividentlarni to‘lash
ham yuqori likvidli aktivlarga bo‘lgan talabni o‘sishiga olib keladi. Bank likvid
mablag‘larga bo‘lgan talabni qondirish uchun barcha salohiyatli taklif manbalarini
jalb qiladi, ya’ni asosiy e’tiborni aholi va jismoniy shaxslarning mablag‘larini
depozitlarga jalb qilishga qaratadi.
Likvid mablag‘larga bo‘lgan umumiy talab uning umumiy taklifidan oshib
ketsa, bank likvid mablag‘lar taqchilligiga tayyor turishi va qancha miqdorda,
qancha muddatga qo‘shimcha likvid mablag‘lar olish masalasini hal qilishi zarur.
O‘z navbatida, jami taklif jami talabdan oshib ketsa, bank rahbariyati likvid
mablag‘larining ortiqchaligiga tayyor bo‘lishi va ushbu mablag‘larga bo‘lgan
talabni qoplash uchun zarur bo‘lgunga qadar qaerga, qancha muddatga mablag‘
yo‘naltirish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi.
Bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan talabini rejalashtirishdagi birinchi
vazifasi naqd pul mablag‘larini boshqarish hisoblanadi, ya’ni mijozlar talabini
qondirish uchun etarli darajada naqd pul zaxiralarini a’minlashdan iboratdir. Lekin
naqd pullar bankka daromad keltirmaydi, o‘z navbatida, bank rahbariyati naqd
pulni minimal darajada ushlab turishi kerak bo‘ladi. Bu vazifani amalga oshirish
bankning pul muomalasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim zimmasiga tushadi, ya’ni
ushbu bo‘lim naqd pulning zaruriy minimal darajasini aniqlab, likvidlilikni
boshqarish bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirish uchun tavsiyalarni bank
rahbariyatiga taqdim qiladi.
Bank aktivlari, muddatlari bo‘yicha, uning passivlari tarkibiga to‘g‘ri
kelishi kerak. Lekin bank bozor munosabatlarining barqaror bo‘lmasligi xataridan
to‘la xolis emas. Bu erda bank rahbariyati oldida bank operatsiyalari
daromadliligini likvidlilik chegaralari doirasidan chiqmagan holda ta’minlash
muammosi paydo bo‘ladi. Lekin likvidlik chegarasi, aktivlar va passivlar
muddatiga qat’iy rioya qilgan holda joylashtirilishi ham bank daromadini
maksimal darajaga chiqarishga ayrim hollarda halaqit beradi. Hozirgi kunda, bank
amaliyotining ko‘rsatishicha, talab qilib olinguncha depozitga qo‘yilgan
mablag‘larning bir qismi tarkibiy xarakter kasb etmoqda, ya’ni uzoq muddat talab
qilinmasdan saqlanmoqda. Bu esa talab qilib olinguncha resurslarni uzoq muddatli,
yuqori daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirishga imkon beradi.
Bank aktivlarini xatarlilik darajalariga qarab turli guruhlarga, ya’ni
tavakkalchiliksiz aktivlardan tortib, 100 foiz tavakkalchilikli guruhlarga ajratish
mumkin. Ushbu guruhlarga ajratish natijasida, bank aktivlarining ma’lum bir qismi
tavakkalchilikli aktivlar, ya’ni tavakkalchilikka asoslangan aktivlardan tashkil
topadi. Tavakkalchilikka asoslangan aktivlar miqdoriga qarab bank aktivlari
sifatiga baho berish mumkin bo‘ladi.
Har bir tijorat banki o‘zining rivojlanish strategiyasidan va bank
faoliyatining
yirikligidan
kelib chiqqan holda,
likvidlilikni boshqarish
strategiyalarini e’tiborga olib, o‘z faoliyatida qo‘llashi bankning likvidliligini
ta’minlab turadi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bank resurslari likvidliligining
samaradorligini oshirish uchun, albatta, likvidlilikni boshqarishda aktiv va
passivlarini shakllantirsa, bu maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning uchun,
bankning aktivlarida daromad keltiruvchi va yuqori likvidlikka ega bo‘lgan
qimmatli qog‘ozlar salmog‘ini oshirib borilishi va qarz majburiyatlarini o‘ziga jalb
qilgan holda passivlarni shakllantirsa, bank faoliyatida likvidlilik, daromadlilik va
tavakkalchilik o‘rtasidagi eng optimal nisbaini saqlab turish imkoniyati kelib
chiqadi.
Aktiv va passivlarni diversifikatsiya qilish Bankning to‘lovga layoqatsizlik
xatarini kamaytirib, likvidlikni boshqarish imkonini beradi.
Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish nazariyalarini atroflicha
o‘rganib xulosa qilish mumkinki, barcha nazariyalar asosan xorijiy davlatlarda
banklar amaliyotida vujudga kelgan.
Tijorat banki aktiv va passivlari strukturasi uning daromad va xarajatlarini
oldindan belgilab beradi va bu bilan uning rivojlanishini ham ko‘rsatadi. Aktiv va
passivlarni boshqarishni iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga yoki bankning
boshqa maqsadlariga yo‘naltirilgan davriy kompleks chora-tadbirlar majmui deyish
mumkin. O‘z navbatida, bu boshqaruv davri uchta fazani o‘z ichiga qamrab oladi.
Ular: rejalashtirish (bank strategiyasini ishlab chiqish, biznes rejani ishlab chiqish,
joriy rejalashtirish), amalga oshirish (har kunlik moliyaviy va kredit xizmatlarini
ko‘rsatish) va nazorat (mavjud risklarni monitoring qilish va bank moliyaviy
holatini tahlil qilish).
Bankni samarali boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarish
strategiyasini to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda bir qancha
banklar aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasi maxsus qo‘mitalar
xulosalariga ko‘ra ishlab chikadilar (masalan, aktiv va passivlarni boshqarish
qo‘mitasi). Bunday qo‘mitalarning foizlarni o‘zgarish riski strategiyasi
ishlab chiqishini belgilaydi, balki qisqa va uzoq muddatli rejalashtirish,
nolikvidlilik riskidan himoyalash choralarini ishlab chiqish, berilayotgan
kreditlar sifatini nazorat qilish, resurslarni jalb qilish xarajatlarini
optimalashtirish bilan ham shug‘ullanadi. Aktiv va passivlarni boshqarish
qo‘mitasi faoliyati aktiv va passivlarni boshqarish strukturasiga asoslanadi.
Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda, xalqaro bank amaliyotida,
«Bank passivlarini boshqarish» nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur
nazariyada asosiy e’tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga
qaratiladi. Tijorat banklarining depozit bazasi o‘zining tarkibiga transaksion
depozitlarni, muddatli depozitlarni va jamg‘arma depozitlarini oladi. Tijorat
banklari depozit bazasining sifatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri
transaksion depozitlarning salmog‘i ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni
hisoblash uchun transaksion depozitlarning so‘mmasi depozitlarning umumiy
so‘mmasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Jahon Tiklash va
Taraqqiyot banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning maksimal
darajasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar bu ko‘rsatkichning natijasi 30 foizdan
oshsa, u holda bankning resurs bazasining holati yomonlashayotgan hisoblanadi.
Nazariy qarashlar va aktiv – passivlarning optimal balanslashtirilgan
strukturasi asosida quyidagilar yotadi:
Birinchidan,
tijorat
banki
aktiv
va
passivlari
strukturasini
optimallashtirishdan maqsad bank daromadini oshirish va xarajatlarini kamaytirish
hisoblanadi, ya’ni:
max
j
j
З
j
СР
П
i
i
Д
i
СР
А
СФД
Do'stlaringiz bilan baham: |