5-jadval
ATB “Aloqabank” Likvid aktivlari tahlili
9
Ko‘rsatkich nomi
2013 yil 1 yanvar
2014 yil 1 yanvar
O‘zgarishi (+/-)
summasi
ulushi
summasi
ulushi
so‘mda
%da
A V
1
2
3
4
5 = 3 - 1
6=3/1
LIKVID AKTIVLAR
102 927 126
100
155 354 521
100
52 427 394
51
1 Naqd pullar
11 624 957
11,30
13 326 904
8,60
1 701 946
15
2
Banklardan
olinishi
lozim
bo‘lgan
mablag‘lar
78 502 734
76,30
120 442 822
77,50
41 940 088
53
3
Tez
sotiladigan
qimmatli qog‘ozlar
1 967 120
1,90
2 225 863
1,40
258 743
13
4
Qaytarish muddati 30
kungacha
bo‘lgan
kreditlar
10 832 315
10,50
19 358 932
12,50
8 526 617
79
5
Minus:
Muddati o‘tgan
va uzaytirilgan kreditlar
0
0
6 AKTIVLAR umumiy
summasi
466 647 289
629 035 105
162387816
35
7
Likvid aktivlarning jami
aktivlar
summasidagi
ulushi
22,1%
24,7%
2,6%
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, ATB “Aloqabank” ning
2012- va 2013 – yillar oralig‘ida bankning likvid aktivlarining o‘sishi bir muncha
sezilarli darajada ekanligini ko‘rishimiz mumkin. YA’ni bank likvid aktivlari
o‘tgan yilga nisbatan 2.6 % ga oshgan. Likvid aktivlar ichida eng katta salmoqqa
ega bo‘lgan aktivlar bu banklardan olinishi kerak bo‘lgan mablag‘lar hisoblanadi,
ya’ni bu aktivlar likvid aktivlarning taminan 76 % ini tashkil etadi. Qolgan
9
AT “Aloqabank” 2012-2013 y. dagi hisobot ma’lumotlari.
o‘rinlarda esa kassadagi naqd pullar (11 %) va tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlar
(taxminan 2%) tashkil etadi. Ikki yil ichidagi likvid aktivlar tarkibini tahlil
qiladigan bo‘lsak, tarkibdagi barcha aktivlar yuqori ravishda va keskin
o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, kassadagi naqd pullar 15 % ga,
banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar 53 % ga, Tez sotiladigan qimmatli
qog‘ozlar 13 % ga, Qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan kreditlar 79 % ga
o‘sganligi fikrimizning yaqqol dalili sifatida qarashimiz mumkin. Bankning
umumiy likvid aktivlari esa o‘tgan yilga nisbatan 51% ga o‘sganligini ko‘rishimiz
mumkin. Bankning likvid aktivlarining o‘sishi bank uchun foydali hisoblanadi
qachonki bu holat bankning qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish uchun ijobiy
hisoblanadi, lekin likvid aktivlar bank uchun daromad keltirmaydigan aktivlar
hisoblanadi, shuning uchun likvid aktivlarning hajmi normal holatda bo‘lishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hozirgi kunda bizning bank tizimimizda markaziy
bank tomonidan joriy likvidlik koeeffisienti qo‘llaniladi va bu ko‘rsatkich
Respublikamiz banklari uchun 30 % yoki 0.3 koeeffisientni tashkil etadi.
SHunday qilib jadval ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarishimiz
mumkinki, bankning likvid aktivlari o‘sish dinamikasi bank uchun ancha ijobiy
o‘zgarish sifatida baxolashimiz mumkin.
Tijorat banklari aktivlarini sifat ko‘rsatkichini taxlil kilish uchun kuyidagi
kursatkichlardan foydalaniladi:
A1 – daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy summasiga nisbati sifatida
belgilanadigan daromadli aktivlar darajasi. Rossiya banklarida bu koeffitsientning
kiymati koidaga kura. 55-65% ni tashkil etadi. Xalqaro standartlar bo‘yicha bu
koeffitsient kiymati 76-83% bo‘lganda,optimal xisoblanadi. Bu koeffitsientning
o‘ta past qiymati bank ishi samarasizligi va mablag‘lar immobilizasiyasi yuqori
darajaligidan, o‘ta yuqorisi bankning yuqori darajali riskni o‘ziga olganidan dalolat
beradi.
A2 – yuqori riskli aktivlar koeffitsienti, yuqori riskli aktivlar summasi nisbati
aktivlarning umumiy summasiga teng. YUkori riskli aktivlarga aksiyalarga
kuyilmalar, veksellarga, faktoring, lizing, to‘gridan-to‘g‘ri investitsiyalar, kredit
qarzdorligidan debet qarzdorlikning oshib ketishi kabilar kiradi. Bu koeffitsient
uchun diapozon belgilanmaydi, lekin uning salmog‘i bo‘yicha bank aktiv
siyosatining tavakkalchilik darajasini taxminan baxolash mumkin.
A3 – kreditlar buyicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning joylashtirilgan
aktivlarning umumiy summasi nisbatiga teng bo‘lgan gumonli qarzdorlik darajasi.
Bu ko‘rsatkichning qiymati 5% dan oshmasligi lozim. Aslida u 0-2% diapozonda
bo‘lishi kerak.
A4 – rezervlarning (ssudalar buyicha extimoliy yukotishlarga, ta’minlangan
qimmatli
qog‘ozlarga,
debitorlar
bilan
hisob-kitoblar
yo‘qotishlarga)
joylashtirilgan aktivlar summasiga nisbati rezervlar darajasi. Garchi, bu
koeffitsient bankning rezervlar yaratish bo‘yicha siyosati va uning kredit portfeli
sifatiga kuchli darajada bog‘liq bo‘lsada, rezervlar darajasi 5-7% bo‘lganda,
optimal hisoblanadi.
A5 – daromad keltirmaydigan aktivlardagi debitorlik qarzlari darajasi.
Ko‘rsatkich daromad keltirmaydigan aktivlar sifatini baxolash uchun
mo‘ljallangan. Bu koeffitsientning maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan qiymati
40% yanada yuqoriroq qiymat bank likvidliligi pasayganligi va unda qo‘yilgan
mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha muammolar mavjudligidan darak
beradi.
A6 – immobilizasiya qilingan aktivlarning netto-aktivlar summasiga nisbatiga
teng sifatidagi aktivlarning immobilizasiya koeffitsienti. Bu koeffitsient kiymati
15-17% atrofida bulsa, normal xisoblanadi. Bu qiymatning ortib ketishi bank
ishidagi samaradorlik qisqarishiga olib keladi.
A7 – aktivlarni «undirish» koeffitsienti, netto aktivlar summasining balans
jamiga nisbati. Rossiya banklarida bu koeffitsient o‘rtacha 75-80% ga teng. Netto
aktivlar brutto aktivlarning kamida 65% ni tashkil esa, normal xisoblanadi.
Kamroq qiymat bank tomonidan o‘z reytingi va istiqbolini ko‘tarish uchun sun’iy
ravishda oshirib ko‘rsatilganini bildiradi.
Miqdoriy parametrlar faqat aktivlar sifatini oldindan baxolash bo‘lib,bankning
rasmiy xisobotlari ma’lumotlari bilan bajarilishi mumkin. YAnada batafsilroq
baholash uchun dastlabki ma’lumotlar asosida aktivlar tarkibidan qaytarilishi
shubxa tug‘diradiganlari ajratiladi. Bu to‘lov shartlari qayta ko‘rib chiqilganligi
bo‘yicha kreditlar; bankda yuzaga kelgan amaliyot tufayli og‘ishlar va buzilishlar
bilan joylashtirilgan nostandart aktivlar; yirik kreditlar; bank insayderi tomonidan
berilgan mablaglar va boshkalar bo‘lishi mumkin. Bunday taxlilni faqat bankning
o‘zi, shuningdek, tekshiruvchi idoralar (O‘zR Markaziy banki va tashki auditorlar)
o‘tkazish imkoniga ega.
Tijorat banklari aktivlari sifatini baxolash uchun O‘zR Markaziy banki
tomonidan bir qarzdorga yoki bir gurux o‘zaro bog‘liq qarzdorlarga riskning
maksimal miqdori singari majburiy normativlari; yirik kredit risklarining maksimal
miqdori; bir kreditorga (omonatiga) riskning maksimal miqdori; bankning o‘z
ishtirokchilariga (aksionerlarga) berilgan kreditlari va taqdimnoma (topshiriklar)
lari, kafolatlarning maksimal miqdori; bank insayderlari bo‘yicha risklarning
jamlangan miqdori belgilab berilgan.
Aktivlar sifatini dastlabki baholash bankning rasmiy hisobotlari asosida
hisoblanib, u miqdoriy ko‘rsatkich hisoblanadi. Aktivlar sifatini yanada chuqurroq
baholash uchun birlamchi ma’lumotlar asosida aktivlar tarkibidagi yomon
aktivlarni ajratib olish zarur. Bular so‘ndirish sharti qayta ko‘rib chiqilgan
kreditlar, shubhali va umidsiz aktivlar, yirik kreditlar, bank insayderlariga taqdim
etilgan mablag‘lar va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday tahlilni
bankning o‘zi, shuningdek nazorat qiluvchi organlar amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |