Umumiy va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar korxonada ishlab chiqarish
rivojlanishining yo‘nalishi va darajasini aks ettiradi. Bunday ko‘rsatkichlar qatoriga ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmi, mehnat, tannarx va jamg‘armalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni
kiritish mumkin.
Xususiy ko‘rsatkichlar umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar asosini tashkil qiluvchi
alohida elementlarni, masalan, material, yoqilg‘i, energiya va shu kabilarning mahsulot
tannarxidagi salmog‘ini tavsiflaydi.
Umumlashtiruvchi hamda xususiy ko‘rsatkichlar ikkita kategoriyaga - miqdor
(absolyut) va sifat (nisbiy) kategoriyalariga bo‘linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |