Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga
mo‘ljallab rejalashtiriladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, birinchi yil ko‘rsatkichlari har
chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko‘rsatkichlari esa har yarim yil yoki bir yilda
aniqlashtiriladi va to‘g‘rilashlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja
ko‘rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fan-texnika taraqqiyotida yuz berayotgan
o‘zgarishlarni to‘laroq aks ettirishga intilishni ko‘rsatish mumkin.
Rejalashtirishning istalgan turi korxona faoliyatining biron-bir jihatini aks ettiruvchi,
umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |