Iqtisodiy siyosat – bu davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan chora-tadbirlari yig’indisidir.
2. Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga formatsion va texnologik yondashuvning o’ziga xosligi
Tizim deb elementlar, qismlardan iborat o’zaro uzviy bog’langan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlikni tushuniladi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir xo’jalik, faoliyat yuritish sub’ekti ana shu zanjirning xalqasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar, munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda iqtisodiy tizim va uning rivojlanish tamoyillariga turlicha yondashiladi. Ayrimlar, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga uning tarkibiy qismlarini umumiy jihatiga ko’ra rivojlanish tamoyilini aniqlash kerak, deyishadi. Chunki tizimlar rivojlanishining asosiy tamoyili bu umumiylikka, unifikatsiyaga intilishdir. Boshqalari, iqtisodiy tizimlarni ularning farqlariga ko’proq ahamiyat berib o’rganish kerak, chunki ularning farqlari sifat jihatidan yangi xo’jalik tizimi vujudga kelishiga va iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi.
Hozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ular tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga qonuniy bosqichlar va ishlab chiqarish usullari asos qilib olinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlari ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat. Ishlab chiqarish munosabalari esa ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabalari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o’rni, ular o’rtasida faoliyat ayirboshlash, yaratilgan mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat. Uni 1- shartli chizma orqali quyidagicha ifodalash mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli
Ustqurtma (davlat)
Ishlab chiqarish kuchlari
Ishchi kuchi, (malaka, ish tajribasiga ega) кишилар)
Ishlab chiqarish vositalari
Mehnat vositalari
Mehnat ashyolari
Ishlab chiqarish munosabatlari
Asrimizning 60-yillarida klassik ta’limotdan tubdan farq qiladigan, uni almashtira oladigan ta’limot sifatida rivojlanish bosqichlariga tsivilizatsion yondashuv nazariyasi paydo bo’ldi. Bu nazariyaga amerikalik iqtisodchi Uolter Rostou o’zining 1960 yilda nashr qilingan «Iqtisodiy o’sish bosqichlari» kitobi bilan asos soldi. U jamiyat taraqqiyotini 5 bosqichga bo’ladi. Ular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |