Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 2,68 Mb.
bet38/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Taqsimot bu yaratilgan mahsulotni taqsimlashgina bo’lib qolmay, u resurslar yoki ishlab chiqarish omillarini taqsimotini ham ifodalaydi.

Taqsimot, avvalo har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning yaratgan mahsulotdagi hissasini aniqlaydi. Bu hissa eng avvalo yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning sotilishiga bog’liq. Taqsimot va ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni shunchaki bog’lamaydi. Ko’p jihatdan ishlab chiqarishning samarali bo’lishiga ayirboshlash va taqsimotsiz erishib bo’lmaydi.

G’arb iqtisodchilari iqtisodiy xo’jalik yuritish faoliyatining tahlilini A.Smitdan boshlab, hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayirboshlash va taqsimlash jarayonini tadqiq qilishdan boshlashgan. Bu tasodif emas, chunki iqtisodiyotda ayirboshlash yuz berganda, taqsimot esa ayrim kishilarning hohishiga qarab emas, balki ob’ektiv tarzda bozordan oladigan signallar asosida amalga oshganda, erkin iqtisodiyot sifatida tarkib topadi. Mahsulotlarning mo’l-ko’lligi uchun taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexanizmidan minnatdor bo’lishimiz kerak degan edi, asrimizning taniqli iqtisodchilaridan F.Xayek.

Iqtisodiy resurslar taqsimoti narx mexanizmi orqali amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida taqsimot mulkchilikka bog’liq. Yaratilgan mahsulotdagi ulush har bir omilning mulk egasi sifatidagi hissasi orqali aniqlanadi. Taqsimot qay tarzda bo’lishiga qarab, ishlab chiqarishni faol yangilanishiga ta’sir ko’rsatadi.

Iste’mol – ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, ehtiyojni qondirish jarayonini ifodalaydi. Iste’mol ikki xil: shaxsiy va ishlab chiqarish iste’mollariga bo’linadi. Birinchidan tirikchilik kechirish uchun odamlarning o’zlari tomonidan iste’mol qilinadi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlab chiqarishning o’zida aks ettiriladi.

Iste’mol faoliyat sifatida yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi. Iste’mol yana takroran mahsulot va xizmatlar yaratishni zarur qilib qo’yadi.

Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. Iqtisodiy faoliyat kishilarning ma’lum bir maqsad yo’lidagi xatti-harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, korxona, firma, xo’jalik va davlatlar bo’lib, ularni umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat sub’ektlari deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam aloqada bo’ladilar.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish