Международный
научный
журнал
№
3 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
737
DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI VA IQTISODIY SIYOSATINING MAQSADI
VOSITALARI
Pulatov Jahongir Shuxratjon o'g'li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi
Sharipova Umida Adxamovna
O’qituvchi
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Annotatsiya:
Bugungi kunda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ko’plab
muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Ayrimlar davlat iqtisodiyotda muhim rol egallaydi deb
hisoblashsa, boshqalar esa davlat iqtisodiyotga aralashmasligi kerak deb o’ylashadi.
Shunday ekan bu mavzu juda muhim deb hisobladim.
Kalit so’zlar
:
ijtimoiy zanjir, investitsiya, tashqi savdo, fiskal, Keyns nazariyasi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish har bir davlat uchun ustuvor vazifa
hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot sohasi davlatning eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Iqtisodiyot
ortda qolgan sari davlat ham qashshoqlashib ketaveradi. Shunday ekan davlat iqtisodiyotda
muhim rol ijro etadi. Ammo davlatning iqtisodiyotdagi roli haqida bir qancha iliq yoki sovuq
qarashlar ham mavjud. Masalan, Smit nazariyasiga qaraydigan bo’lsak,
Smit davlat
umuman aralshmasligi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, xususiy tadbirkorlar ishlarida
davlat qatnshsa, faqatgina ularga zarar olib keladi deb hisoblaydi.
Shundagina ishlab
chiqruvchilar erkinlikda xohlaganidek zaruriy narsalarni ishlab chiqarib foyda ko’proq
olishadi deb o’ylaydi. Aksincha, Keyns nazariyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu
nazariyada davlat tartib solish vositalaridan foydalangan holda jamiyatning yalpi talabini
rag’batlantirishni va aholining ish bilan ta’minlanishi kerakligini aytib o’tadi.
Ayniqsa
urushdan keyin Keyns nazariyasi haqiqatga yaqinlashib boraverdi. Davlatning
iqtisodiyotdagi roli oshib boraverdi. Darhaqiqat, mening fikrimcha ham davlat iqtisodiyotda
muhim rol sifatida qatnashishi va uni har doim tartibga solib turishi, uni rivojlantirish
uchun
nima qilish kerak bo’lsa, barchasini qilishi kerak deb o’ylayman.
Bugungi kunda davlat iqtisodiy taraqqiyot jarayonining ko'p jihatdan faol ishtirokchisi
sifatida maydonga chiqdi. Hozirgi vaqtda hukumat ishlab chiqarish faoliyatida tobora
ko'proq ishtirok eta boshladi va o'zining pul-kredit va fiskal siyosati orqali iqtisodiy
faoliyatning yo'nalishini boshqarmoqda. Shuningdek, u tovar va xizmatlarning iqtisodiyotda
taqsimlanishini belgilaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda rivojlanish jarayoni
uzoq davrlarga yoyilgan, ammo kam
rivojlangan mamlakatlarda bugun kutishga vaqtlari yo'q va ular uchun rivojlanish davrini
qisqartirish zarur. Bunday holda, rivojlanish jarayonida hukumat muhim rol o'ynaydi.
Bu mamlakatlar turg'unligicha qolmoqda va ularni o'sish yo'liga solib qo'yish uchun
hukumatning ijobiy aralashuvi zarur. Rivojlanmagan mamlakatga xos bo'lgan
turli