Differentsial renta – I ning hosil bo’lishi (shartli misol)
-
Er uchastka-lari
|
Ishlab chiqarish xarajat-lari (ming so’m)
|
O’rtacha fryda (ming so’m)
|
Umumiy qiymat (ming so’m)
|
Yalpi hosil (tonna)
|
Alohida ishlab chiqaruv-chilar mahsuloti qiymati (so’m)
|
Bozor bahosi (so’m)
|
Yalpi sotilgan tushum
|
Differen-tsial renta-I. (ming so’m)
|
A yuqori unumli
|
8000
|
2000
|
10000
|
30
|
333
|
500
|
15000
|
5000
|
B o’rtacha unumli
|
8000
|
2000
|
10000
|
25
|
400
|
500
|
12500
|
2500
|
V past unumli
|
8000
|
2000
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
x
|
Differentsial renta – I er uchastkalarining shaharlarga, bozorlarga, yo’llarga va suv manbalariga joylashgan joydagi farqlar natijasida ham vujudga keladi.
Differentsial renta – II ning hosil bo’lishi (shartli misol)
-
Er uchastkasi (V past unumlm)
|
Umumiy qiymat (ming so’m)
|
Yalpi hosil. (tonna)
|
Maxsulot birligi bahosi (tonna)
|
Bozor bahosi (tonna)
|
Yalpi sotilgan mahsulot (ming so’m)
|
Differentsial renta-II
|
1-yil
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
x
|
2-yil
|
12000
|
40
|
300
|
500
|
20000
|
8000
|
Differentsial renta – I qishloq xo’jaligini ekstensiv, differentsial renta – II esa intensiv rivojlantirish natijasida hosil bo’ladi.
Differentsial renta II erdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqti-sodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi, ya’ni transport yo’llari qurilishiga, irrigatsiya-meloratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar etkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differentsial renta II er egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida taqsimlanadi.
Absolyut renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida erga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Bu monopoliya ijaraga beriladigan barcha er uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, er egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut er rantasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, er egalari erni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan erdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut er rentasi deb nom olgan. Agar er ijaraga berilganda shu erda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa erda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, tsitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo’lishi ko’pincha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa er egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va,demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari, sharoiti o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan erga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi er rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: erdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), erga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); er uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin: IH = R+r+A.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida er faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-sotdi ob’ekti hamdir. Er ham qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Erning narxi qanday aniqlanadi?
Er va boshqa tabiat in’omlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb ataydilar. Er ham irratsional narxga ega. Er uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yganida, foiz tarzida u keltiradigan daromad shu er uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina erni sotadi. Boshqacha aytganda, erning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori er narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri mutanosib va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga bog’liq: 1) er uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan er rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi normasiga.
Shundan kelib chiqib erning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi. B= bunda R - renta r¢ - ssuda foizi normasi, B - er bahosi.
Faraz qilaylik, R – 15 ming dol. , r¢ = 5%. Bunda B = 300 ming dol. ga teng bo’ladi. Er egasi faqat shu narxdagina erini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi.
Renta miqdori o’sib, ssuda foizi normasi pasayib borgan taqdirda erning narxi o’sib boradi.
Er narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda er narxi, er uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, erga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga bo’lgan talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida erga talab keskin o’sadi, bu tegishli ravishda er narxining o’sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g’arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha er narxi barqaror o’sish tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |