Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Agrobiznes va uning turlari



Download 2,68 Mb.
bet137/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

4. Agrobiznes va uning turlari

Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmati ko’rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.

Agrobiznesning asosiy turlari quyidagilar:



  • Fermer va dehqon xo’jaliklari.

  • Agrofirmalar.

  • Agrosanoat birlashmalari.

  • Agrosanoat kombinatalri.

  • Shirkatlar va boshqa jamoa xo’jaliklari.

Qo’shma korxonalari (agar sohadagi)

Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.

Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo’jaliklar o’z erida yoki ijaraga olingan erda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mexnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa yuqori samarani ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklari mustaqil tuzilma bo’lishi sababli o’z faoliyatini bozor konyukturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo’jaligining yashovchanligini ta’minlaydi.

Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqich-laridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko’rsatishi lozimligini ta’kidlab o’tgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jalik-laridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklarini uyushtirish hamda dehqonning o’z mol-mulki negizidan bunday xo’jaliklarni dehqon xo’jaligi tashkil qilish yo’li bilan boradi. Fermer xo’jaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat erida faoliyat ko’rsatadi. Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi, «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’ri-sida»gi qonunlarga hamda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlash-tirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitmlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish