Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


6. Markaziy bank va uning asosiy vazifalari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

 


 
140
6. Markaziy bank va uning asosiy vazifalari. 
 
Kredit tizimida bosh rolni Markaziy bank o’ynaydi. 
Markaziy bank 
 
banklar  bankidir.
 Markaziy bank tijorat banklari ichida XVIII-XIX asr
kapitalizmning dastlabki bosqichidayok ajralib turgan. Davlat faqat Markaziy 
bankkagina pul emissiyasini topshirgan. Ba’zi Markaziy banklar boshidayoq davlat  
muassasasi tarzida tashkil etilgan. Masalan, Nemis federal banki, Avstraliya Rezerv 
banki. Boshqalari ikkinchi jaxon urushidan so’ng milliylashtirilgan. Masalan 
Frantsiya, Angliya, Yaponiya, Kanada, Gollandiya banklari. Ba’zi MB lar hozirgacha  
davlat, xususiy mulk asosida faoliyat yuritadi. Masalan: AQSh  Federal rezerv 
(tizimi) sistemasi, 1913 yilda tashkil topgan. 
MB, Davlat banki, lekin ba’zi mamlakatlarda tijorat-aktsionerlik banki tarzida 
ish yuritadi. Bunda bosh aktsioner bo’lib davlat maydonga chiqadi. Masalan: 
Shvetsariya banki.  
MB, eng avvalo davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshiradi. MB qator 
vazifalarni bajaradi, ular ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: MB  
banklarini ro’yxatga oladi. Ularga ruxsatnoma beradi. Ana shundan keyingina bank 
o’z faoliyatini boshlashi mumkin. 
MB tijorat banklarini faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi. MB 
faoliyatini tarkibiy qismi monitoring - ssudaga berilgan pulni olingan maqsad 
bo’yicha ishlatishini nazorat qilish, olingan mablag’larini muddatida qaytarish 
imkonini kuchaytirishga xizmat qiladi.  
Tijorat banklarini barqaror bo’lishini ta’minlash maqsadida qator majburiy 
normativlar o’rnatadi: 
1.  Ustav fondini minimal miqdorini belgilaydi.  
2.  
Bankning o’z mablag’lari bilan bank aktivlari o’rtasida nisbatni, balans 
likvidliligini ko’rsatkichini  belgilash.  
3.  MB da saqlanadigan majburiy rezerv normalarini belgilash.      
4.  
Tijorat banklari o’rtasida korrespondentlik schyotlari orqali hisob-kitob 
ishlarini tashkil etadi. 
Tijorat banklari MB ga moliyaviy hisobot topshiradi. U bunga majbur. 
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan hamkorlikda sug’urta va rezerv fondlarini hosil 
qilish tartibini ishlab chiqadi.  
MBning asosiy aktiv operatsiyalari - bu qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va 
ssuda berishdir. 
Qimmatbaho qog’ozlar chiqarish.  Davlatning qimmatbaho qog’ozlari bu 
xazina veksellari, obligatsiyalar bo’lib, ular daromadlarning muhim manbai. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida obligatsiyalar daromad manbai sifatidagina emas, ko’proq 
tijorat banklari rezervlari miqdoriga ta’sir etishi va bu bilan mamlakatdagi pul 
massasi miqdoriga ta’sir etish vositasi sifatida maydonga chiqadi. 
MB ssudalari. Aktivlarni joylashtirishni boshqa yo’li - bu ssuda berish. MB 
hukumatga qarz beradi.  
Ma’lumki, YaMM ning yarmi va undan ko’prog’i mamlakatlarning davlat 
byudjetlarida jamg’ariladi. Bu mablag’lar MB ning hisob schetlarida yig’iladi va 
ulardan xarajat qilinadi. Shuning uchun MB hukumat, muassasa va tashkilotlarning


 
141
milliy hokimiyatlarining hisob varaqalarini yuritadi. Ularda mablag’larni jamlaydi va 
to’lovlarni bajaradi. Bank davlatga qisqa va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki 
davlat obligatsiyalarini sotib olish yo’li bilan kredit beradi.  MB tijorat banklariga 
ham ssuda beradi. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ssuda berilmaydi. MB 
hamma banklarga qarz olish uchun teng sharoit yaratishi kerak. Ssuda asosan uch 
maqsadga qaratiladi: rezerv majburiyatlarini bajarish, mavsumiy ssudalar, hamda 
moliyaviy ahvoli beqaror banklarga shu holatdan chiqib olish uchun yordam berish. 
Bundan tashqari MB aktivlarida chet el valyutasi bo’lib, xalqaro valyuta 
bozorlarida dollar, marka, yena, kabilardan valyuta interventsiyasi o’tkazish vositasi 
sifatida foydalanadi. MB davlat topshirig’i bo’yicha oltin va chet el valyutasi bilan 
operatsiyalar o’tkazadi.  
O’zaro talabnoma va majburiyatlarni hisobga olishda, ya’ni kliringga 
asoslangan naqd pulsiz hisob-kitoblar MBning muhim vazifasidir.  
MB ning passiv operatsiyalari.       
1. Hukumatning oldi-berdi operatsiyalariga xizmat ko’rsatadi,  depozitlaridan 
o’z majburiyatlarini to’laydi, o’z depozitlarini soliqlar hamda zahiralarini banklar va 
aholiga qimmatbaho qog’ozlar sotib to’ldirib turadi. 
2. Tijorat banklari rezervlarini saqlash. 
     MB  nuqtai  nazaridan  tijorat  banklari rezervlari - bu uning tijorat banklari 
oldidagi majburiyatlari bo’lib, MB uchun passivlar hisoblanadi.  
 
3. Banknota chiqarish, boshqacha aytganda pul emissiyasi. Bunday xuquqga 
faqat MB ega. U banknotlar tarzida qog’oz pullar emissiya qiladi. Ular muomilaga 
kiritilgach qo’ldan qo’lga o’tib uning egalarini tovarlar va xizmat  bilan ta’minlash 
majburiyati tarzda  yuzaga  chiqadi. 
MB har qanday miqdorda pul emissiya qilishi mumkin. Lekin u o’z vazifasini 
chiqargan pullarini iqtisodiy rivojlanishga mos tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan 
bo’lsagina bajarishi mumkin. Banknotlar MB ning o’ziga nisbatan qarz 
majburiyatlari sifatida qaraladi. Undan tashqari MB ning o’z kapitali bor. U bankning 
a) mulki, b) schyotlari, v) protsent shaklida olgan foydasidir. 
MB ning soddalashtirilgan balans sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.           
   


 
142
 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish