127
Pulga umumiy talab Dm bilan taklif Sm o’rtasidagi muvozanatni pul
bozorida protsent stavkasi belgilaydi. Misolimizda r
A
ekan.
Kapital bozorida kapitalning muvozanat narxi ya’ni to’lanadigan
protsent bir tomondan kapitalning me’yoriy unumdorligi (me’yoriy daromad)
ning pasayishi, ikkinchi tomondan
boy berilgan imkoniyatlar, me’yoriy
xarajatlar xullas bozor qonuniyatlari asosida shakllanadi.
Protsent stavkasini belgilashda qarz berishni xatarlilik darajasi ham katta rol
o’ynaydi. Iqtisodiy faoliyatdagi xavf - xatarning mavjud bo’lishi, bu bozor
iqtisodiyotiga xos. O’z pulini qarzga berar ekan uning egasi doimo tavakkal
qiladi. Chunki hisobga olinmagan omillar bo’lishi mumkin, yoki hisobga olingan
taqdirda ham siyosatning o’zgarishi, soliqlar va boshqalarni o’zgarishi va
boshqalar sodir bo’lishi mumkin. Ssuda berilayotganda
xavf - xatar qancha
yuqori bo’lsa, shuncha protsent stavkasi yuqori bo’ladi. Bu ayniqsa qimmatbaho
qog’ozlar bozorini tahlil qilganda aniqroq bo’ladi. Chunki qimmatbaho
qog’ozlarni ishonchliligi, daromadliligi doimo bank protsentiga teskari
proportsional.
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy echimlarning alternativ (muqobilligi),
ya’ni pul egasining ular orasidan o’zi uchun
eng optimalini tanlash
imkoniyatiga ega ekanligi bozor iqtisodiyotini afzalligini yana bir bor ko’rsatadi.
Protsent belgilashda vaqt omili juda muhim rol o’ynaydi. Pul egasi o’z pulini shu
kundagi ehtiyojiga sarflamay qarzga berayapti. Uni nima majbur qiladi?
Iqtisodiyot nazaryasi shuni ta’kidlaydiki inson doimo hozirgi kundagi
ne’matlardan foydalanishni, kelajakdagi iste’moldan yuqori baholaydi. Bu xalq
maqollarida ham o’z ifodasini topgan: ”Osmondagi turnadan,
guldagi chittak
yaxshi”, ”Yutganim o’zimniki, chaynaganim gumon”. Qanday tizim bo’lishidan
qat’iy nazar, insonning ana shu fazilati o’zgarmas ekan. Insonni xozir qondirishi
mumkin bo’lgan ehtiyoji keyinga qoldirmasdan qondirishga, ne’matlardan
foydalanishga intiladi. Bunga sabab eng avvalo insonning xayoti cheklangan, o’lim
haq uni qachon yuz berishini bilmaymiz. Turli ne’matlarni iste’mol qilishni
keyinga surish bilan ulardan umuman foydalanmasligimiz mumkinligi xavfiga yo’l
qo’yamiz, chunki kelajakda nima bo’lishi noma’lum. Bundan
kelib chiqadiki pul
egasini ana shu xatarga yo’l qo’yib o’z resurslarini bugungi kunda tasarruf
qilishni boshqa birovga berishni taqdirlangandagina u qarz berar ekan. Taniqli
iqtisodchi P.Xeyne protsent bu insonlar boshqalar puli hisobiga resurslardan
hozirda foydalangangani, ya’ni o’zi
ishlab daromad olib, keyin shu resurslarni
sotib olish o’rniga hozirda foydalanishi imkoniga ega bo’lgani uchun
to’lanadigan xaq deydi.
Protsent darajasiga bulardan tashqari quydagilar kiradi;
•
Qarzga olinadigan pulni
ishlatishdan olinadigan naf;
Stavka %
G
G
A
A
M d
M
D
m
S
m