Ipoteka krediti -
ko’chmas mulk (er, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo’yib
olinadigan kredit. Odatda ipoteka kreditidan asosan qishloq xo’jaligida asosiy
fondlarni yangilash uchun yirik kapital quyilmalarni qoplash uchun foydalaniladi.
Davlat krediti -
Davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz
beruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Xo’jaliklararo pul krediti -
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni bir-birriga
beradigan krediti. Korxona, tashkilotlar aktsiya, obligatsiya, kredit biletlari va boshqa
qimmatbaho qog’ozlar chiqarish orqali beriladi. Bu operatsiyalar korxonalarni
markazlashtirilmagan moliyalashtirish (aktsiya chiqarish) va kreditlash (obligatsiya
va boshqa qimmatbaho qog’ozlar) degan nom olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |