5-rasm. Pul massasi o’sishi dekompozitsiyasi (trln.so’m)
6-rasm. Kredit qo’yilmalari o’sishi dekompozitsiyasi (trln.so’m)
May-iyun oylarida iqtisodiy holatning nisbatan muvozanatlashishi va karantin cheklovlarining yumshatilishi bilan iqtisodiy faollik oshib, milliy valyutadagi depozitlar hajmida sezilarli o‘sishi kuzatildi.
Shu o‘rinda, umumiy pul massasi o‘sishiga valyuta kursi qadrsizlanishi ham ta'sir ko‘rsatgan, xususan, I yarim yillik davomida ta'siri 2,0 trln. so‘mga teng bo‘lgan.Ta'kidlash joizki, birgina aprel oyida (milliy valyutaning sezilarli qadrsizlanishi shu oyga to‘g‘ri keladi) 1,7 trln. so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiyotda karantin choralari ta'sirida kuzatilgan iqtisodiy faollikning pasayishiga qaramasdan kredit qo‘yilmalari joriy yil I yarim yilligi davomida 18,2 foizga yoki 38 trln. so‘mga o‘sdi. Bunda, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 18,7 foizga yoki 7,5 trln. so‘mga ko‘paygan9.Yuridik shaxslarga milliy valyutada berilgan kreditlar qoldig‘ining o‘sishi 10,6 foizni yoki 7,9 trln. so‘mni tashkil etgan.(6-rasm)
Karantin davrida aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining jami 24,5 trln. so‘mlik kredit to‘lovlari muddati 1 oktyabrgacha uzaytirib berildi va ushbu mablag‘larning 7,4 trln. so‘mi joriy yilning I yarim yilligida to‘lanishi lozim edi.
Mazkur kreditlar bo‘yicha to‘lov intizomi ko‘p jihatdan koronavirus pandemiyasining qancha muddat davom etishiga, iqtisodiy faollikning tiklanishiga hamda tadbirkorlik sub'ektlari moliyaviy holatining yaxshilanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan xususiy tadbirkorlik korxonalariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratila boshlandi. Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan koronavirus inqirozi davrida tijorat banklari va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida:
tijorat banklariga 2020 yil 1 apreldan boshlab Markaziy bankda depozitga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy zaxiralarning 35 foizini (2020 yil 31 martga qadar 25 foiz) vakillik hisobvaraqlarida saqlab qoldirishga ruxsat berildi; pul-kredit siyosatining mazkur instrumentiga kiritilgan o‘zgartirish yaqin kelajakda tijorat banklarini 2,6 trln. so‘m hajmidagi qo‘shimcha likvidlik bilan ta’minlashga imkon beradi;
likvidlilik yetishmovchiligiga duch kelgan tijorat banklariga har oyda umumiy summasi 1 trln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda qisqa muddatli likvidlik taqdim etish va zaruriyatdan kelib chiqib, 3 yil muddatgacha 2 trln. so‘mgacha miqdorda qo‘shicha likvidlik taqdim etishning maxsus mexanizmini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda10.
Xulosa
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta'sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyasion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyasion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta'minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyasiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikasion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyasion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.
Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyasion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi. O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e'tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta'sir kanallarini kuchaytirishga, komunikasion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi. Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa'y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Umuman olganda, inflyasion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |