1-rasm. 2020 yil I chorakda Markaziy Bankning pul-kredit operetsiyalari(mlrd.so’m)
Joriy yilning dastlabki choragi davomida jami 587 mlrd. so‘mlik REPO va 305 mlrd. so‘mlik SVOP auksionlari o‘tkazildi. Kunlik overnayt SVOP operatsiyalari bo‘yicha 48 mlrd. so‘mdan 460 mlrd. so‘mgacha va kunlik overnayt REPO operatsiyalari bo‘yicha 95 mlrd. so‘mdan 218 mlrd. so‘mgacha mablag‘lar taqdim etildi. Ta'kidlash joizki, agar fevral' va mart oylarida tijorat banklari tomonidan asosiy talab Markaziy bankning depozit instrumentlariga nisbatan kuzatilgan bo‘lsa, apreldan boshlab sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi va asosan likvidlikni ta'minlash instrumentlariga bo‘lgan talab oshdi. Xususan, 1-28 aprel' kunlarida jami 464 mlrd. so‘mlik depozit auksionlari o‘tkazilgan bo‘lsa, REPO va SVOP auksionlari hajmi mos ravishda 610 va 296 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari, ushbu davrda overnayt depozitlar hajmi kunlik o‘rtacha 113 mlrd. so‘mdan 237 mlrd. so‘mgacha, overnayt SVOP operatsiyalari 97 mlrd. so‘mdan 446 mlrd. so‘mgacha va overnayt REPO operatsiyalari 50 mlrd. so‘mdan 486 mlrd. so‘mgachani tashkil qildi. Markaziy bank tomonidan tezkor pul-kredit operatsiyalarining joriy etilishi va qo‘llanilishi bank tizimida likvidlikning samarali qayta taqsimlanishiga hamda foiz kanali orqali Markaziy bank pulkredit siyosati qarorlarining iqtisodiyotga o‘tishiga xizmat qilmoqda. Qaysidir ma'noda, bank-moliya tizimida “pulning narxi” shakllana boshladi. Xususan, to‘laqonli pul-kredit operatsiyalarning boshlanishi orqali pul bozori o‘rtacha foiz stavkasi hamda davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz stavkalarning Markaziy bank foiz koridori oralig‘ida asosiy stavkaga yaqin darajada bo‘lishi ta'minlandi. Pul-kredit operatsiyalari, ma'lum ma'noda kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish sharoitida banklarning depozitlar bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. O‘z o‘rnida, doimiy ravishda likvidlikni taqdim etishning yo‘lga qo‘yilganligi ham banklarga to‘lovlar to‘xtab qolishi bilan bog‘liq muammolarni o‘ylamasdan bank xizmatlarini ko‘rsatish imkonini bermoqda, sababi banklar istalgan paytda garov evaziga Markaziy bankdan likvidlik jalb etishlari mumkin. Shundan kelib chiqib, II chorakda banklar tomonidan pul-kredit operatsiyalariga talab yana ham ortishi, xususan, tarkibiy profisitning chiqib ketishi hamda asosan kunlik amaliyotlar uchun yetarli likvidlik qolganligi hisobiga auksion operatsiyalariga talab mo‘'tadillashib, overnayt operatsiyalariga talabning sezilarli ortishi prognoz qilinmoqda. Banklar o‘rtasida likvidlikning samarali qayta taqsimlanishida banklararo pul bozori muhim o‘rin tutishi kerak. Bunda, Markaziy bank operatsiyalari qo‘llab-quvvatlovchi xarakter kasb etadi8.
Markaziy bank 2020 yilning II choragida ham nisbatan qat'iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qoldi. Jumladan, Markaziy bank Boshqaruvining 2020 yil 14 apreldagi qaroriga asosan asosiy stavka1 foiz bandga pasaytirilgan bo‘lsa ham, banklararo pul bozoridagi 2 haftagacha muddatli depozitlar bo‘yicha ijobiy foiz stavkalartafovuti (spred) shakllandi (2-rasm).Asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilishda Markaziy bank birinchi navbatda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, joriy koronavirus pandemiyasi sharoitida narxlar barqarorligini ta'minlash bilaniqtisodiy faollikni qo‘llabquvvatlash maqsadlari o‘rtasida muvozanat ta'minlab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |