Kafedra mudiri Ҳ.Асатуллаев
18-VARIANT
1.1.27. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
a) cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi;
b) ekologik muammolar;
c) iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilish muammosi;
d) ishsizlik muammosi;
e) ijtimoiy muammolar.
2.1.28. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy voqeylikni aks ettiradi?
a) normativ;
b) pozitiv;
c) deduksiya;
d) induksiya;
e) ilmiy abstraksiya.
3.1.29. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
a) normativ;
b) pozitiv;
c) ilmiy abstraksiya;
d) matematik;
e) tarixiy va mantiqiy.
4.3.78. Shaxsiy mulk obyektlaridan qaysi biri fuqarolarning kelgusidagi iste’molini qondirish va turli tasodiflarni kafolatlashga xizmat qiladi?
a) uy, turar-joy, bog‘ va dala hovli;
b) transport vositalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari;
c) xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari;
d) xo‘jalik faoliyati natijasida olingan mahsulotlar;
e) pul jamg‘armalari.
5.3.25. Iqtisodiy tizimning jamiyatning siklli rivojlanish sivilizatsi-yasi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) ommaviy iste’mol jamiyati;
d) monoiqtisodiyot;
e) neolitik.
6.3.26. Iqtisodiy tizimning amal qilish darajasiga ko‘ra turkum-langan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) o‘tkinchi jamiyat;
d) neolitik;
e) makroiqtisodiyot.
7.3.27. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axbo-rotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) ishlab chiqarish usulini;
b) texnologik usulni;
c) formatsiyani;
d) iqtisodiy tizimni;
e) ishlab chiqarish vositalarini.
8.3.28. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni ba-jaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi qanday nomlanadi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) manifaktura;
c) mashinalashgan ishlab chiqarish;
d) natural xo‘jalik;
e) ixtisoslashish.
9.3.29. Manifakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida qanday ishlab chiqarish vujudga keladi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) manifaktura;
c) mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish;
d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
e) ijtimoiy ishlab chiqarish.
10.3.30. Oddiy kooperatsiyaga birlashgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinishi qanday nomlanadi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) ixtisoslashish;
c) manufaktura;
d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
e) natural ishlab chiqarish.
11.6.21. Bir-biriga butunlay qarama-qarshi bo‘lgan bir iqtisodiyotdan boshqasiga, ya’ni markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tish qaysi mamlakatlarga xos?
a) rivojlangan mamlakatlarga;
b) rivojlanayotgan mamlakatlarga;
c) sobiq sotsial mamlakatlarga;
d) Osiyo mamlakatlariga;
e) Yevropa mamlakatlariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |