17.3.10. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatga;
e) aralash iqtisodiyotga.
18.3.11. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi?
a) iqtisodiyot;
b) iqtisodiy tizim;
c) iqtisodiy tizim modeli;
d) jamiyat;
e) xo‘jalik.
19.3.12. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi?
a) iqtisodiy munosabatlar;
b) texnologiya;
c) ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmi;
e) iqtisodiy siyosat.
20.3.13. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) iqtisodiy munosabatlarni;
b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
e) iqtisodiy tizimni
Do'stlaringiz bilan baham: |