5.3.79. Ayrim tadbirkorlarga tegishli, yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulk qanday nomlanadi?
a) shaxsiy mulk;
b) xususiy mulk;
c) korporativ mulk;
d) oilaviy mulk;
e) xonadon mulki.
6.3.80. Alohida olingan mulk obyektlari va undan foydalanish natijalari turli mulkdorlar tomonidan o‘zlashtirilsa, qanday mulk qaror topadi?
a) shaxsiy mulk;
b) xususiy mulk;
c) jamoa mulki;
d) davlat mulki;
e) aralash mulk.
7.3.81. Davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirish qanday jarayonni anglatadi?
a) xususiylashtirish;
b) milliylashtirish;
c) davlat tasarrufidan chiqarish;
d) erkinlashtirish;
e) liberallashtirish.
8.3.82. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish yo‘llaridan qaysi biri bu jarayonda butun jamiyat a’zolari ishtirokini taqozo etadi?
a) davlat korxonasini hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
b) davlat korxonasini jamoa mulkiga aylantirish;
c) davlat mulkini cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish;
d) mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga ma’lum shartlar bo‘yicha berish;
e) chet elliklarga sotish yoki qarz hisobiga berish, kimoshdi savdosi orqali sotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |