9.3.83. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda qaysi usulga ustuvorlik berildi?
a) pulli yoki haqini to‘lash;
b) pulsiz yoki tekin;
c) imtiyozli;
d) vaucherlar orqali;
e) pulsiz va imtiyozli.
10.3.84. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga bo‘lgan yondashuvning qaysi xususiyati iqtisodiy islohotlarning asosiy tamoyillaridan birini aks ettiradi?
a) maqsadli yo‘naltirilganligi;
b) manzilliligi;
c) to‘lovliligi;
d) dasturlar asosida bosqichma–bosqich amalga oshirilishi;
e) manzilliligi va to‘lovliligi.
11.3.39. Quyidagi iqtisodiy tizim yoki jamiyatdan qaysisi monoiq-tisodiyotni nisbatan to‘liq ifodalamaydi?
a) sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyoti;
b) quldorlik jamiyati;
c) feodalizm;
d) sof kapitalizm;
e) aralash iqtisodiyot.
12.3.40. Alohida mulk shakli ustuvorligi inkor qiladigan va turli–tuman mulk shakllariga asoslangan iqtisodiy tizim qanday nom-lanadi?
a) monoiqtisodiyot;
b) poliiqtisodiyot;
c) mikroiqtisodiyot;
d) makroiqtisodiyot;
e) mezoiqtisodiyot.
13.3.41. Davlat mulki ustuvorlikka ega bo‘lgan hamda iqtisodiy jarayonlar bir markazdan turib boshqariladigan va uyg‘unlash-tiriladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
a) an’anaviy iqtisodiyot;
b) aralash iqtisodiyot;
c) bozor iqtisodiyoti;
d) buyruqli iqtisodiyot;
e) super makroiqtisodiyot.
14.3.42. Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jara-yonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
e) makroiqtisodiyot.
15.3.43. Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nom bilan ataladi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
e) makroiqtisodiyot.
16.3.44. Mulkchilik munosabatlarida merosxo‘rlik va sulolalar mav-qei hukmron bo‘lgan, iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar, an’analar va turli tartiblar (ijtimoiy, diniy) yordamida boshqa-riladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
e) mikroiqtisodiyot.
17.6.15. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning qaysi tamoyili bozor munosabatlariga o‘tishning izchilligini ta’minlaydi?
a) iqtisodiyotning mafkuradan ustunligi;
b) davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
c) qonunlarga asoslanish;
d) bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish;
e) kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi.
18.6.16. Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi?
a) ommaviy xususiylashtirish amalga oshirildi;
b) kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;
c) chek vositasida xususiylashtirish amalga oshirildi;
d) ko‘p ukladli iqtisodiyot real shakllandi;
e) davlat mulki aksiyadorlik mulkiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |