Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«
Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni anglatadi
.
SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning
rivojlanishiga muvofiq
necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik
talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor
Platon
ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va
shakl-shamoyili har xil jismlar paydo
bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan
sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida
materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb
etishi mumkin
bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |