55
esa, qolgan masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq masofa cheksiz miqdordagi yarim
bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim. Hech kim
cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib bora olmaydi.
Bularning hammasi harakat jarayonini formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini ko‘rsatadi. Ayrim
faylasuflar Zenon aporiyalarini rad etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham ancha asosli
e’tirozlar topilgan. Sezgi harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari – eleatlar tomonidan tan olingan,
lekin aql uni «tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa
hodisalar va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga olsak,eleatlar mantig‘iga ko‘ra, aynan
mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash mumkin emasligini ko‘rsata
olgani e’tirof etilgan. Binobarin, harakat qarama-qarshilik demakdir. Zenon aporiyalarining alohida qimmati
shundaki, ular amalda mavjud qarama-qarshiliklarni ko‘rsata olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak,
ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon dialektika asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini
Parmenidning «Hamma narsa bir» degan shiorini «Hamma narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi
yondashuvdan himoya qilish uchun yozganini ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha
faylasuflar teran anglagan. Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan
va borliqning turlari qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning
fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish,
mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»
12
. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish,
o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo Aristotel jonsiz, passiv
materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich – har qanday
faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat
materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir,u faqat birinchi turtki vositasida
beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida
harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta
asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib
taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan
chegaralanmagan
13
. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va
osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir3.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos bo‘lgan
ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun olamni
ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini
ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch
ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik
hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar
shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish
sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z
ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki
modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.Bunday yondashuvlarning
nomukammalligini ko‘pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722)
dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim
xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u
12
Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159
13
Forobiy // Falsafa qomusiy lug’at. –Т.: «Sharq», 2005 й. 431-b
.
Do'stlaringiz bilan baham: |